“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori Juliboy Eltazarov va Malayziyaning MARA Texnologiya universiteti (UiTM) rektori Roziya Mohd Janor o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
2023-yil 2-fevral kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari va "Konfutsiy" instituti bilan hamkorlikda "Xitoy bahor bayrami" uchun tayyorlangan tadbirga universitetimiz professor-o'qituvchilari va talabalarini taklif etamiz!!!
Tadbir davomida siz:
Xitoy milliy musiqasi va bir qancha Xitoy madaniyatiga xos lavhalardan bahramand bo'lasiz.
Samarqand viloyati delegatsiyasi Malayziyadagi tashrifi davomida O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi R. Usmanov hamrohligida QS jahon universitetlari reytingida yuqori 300 talik o‘rinda turuvchi UCSI xalqaro univesitetiga tashrif buyurdi.
Dastlab R. Usmanov tomonidan O‘zbekistondagi universitetlar hamda hukumat tomonidan rivojlangan mamlakatlarning ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
UCSI universitet rektori Hamisah Binti Tapsir delegatsiyani iliq kutib olib, anglashinuv memorandum imzolashga tayyorlgini bildirdi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining birinchi prorektori J. Eltazarov Samarqanddagi xalqaro universitet bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.
Viloyat hokimi o‘rinbosari R. Qobilov UCSI xalqao universiteting Samarqandda filialini tashkil etishni taklif etdi.
Bildirilgan takliflar asosida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda UCSI xalqaro universiteti o‘rtasida anglashinuv memorandum imzolandi.
Joriy yilning 30-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiyeva qishning sovuq kunlarida jamoadoshlari qalbiga iliqlik bag‘ishlash va ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida “Xayr, stress!” nomli motivatsion trening tashkil qildi.
Qiziqarli tarzda o‘tgan tadbirda zamonaviy kishi hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan stressning biz uchun ijobiy (Ajablanayapsizmi? Aslida ham shunday!) tomonlari, undan xalos bo‘lish usullari haqida gapirildi. Turli relaksatsion mashqlar, to‘g‘ri nafas olish gimnastikasi ichki zo‘riqishning oldini oluvchi, emotsional balans va xotirjamlikka eltuvchi ajoyib vosita bo‘ldi. Trening davomida o‘zaro guruhiy munosabatlarni yaxshilashga erishish, guruhda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan rolli va harakatli o‘yinlar barcha ishtirokchilarga pozitiv kayfiyat ulashdi. “Qalqon” metodikasi har bir kishining ayni damdagi ruhiy holatini ochib, emotsional-hissiy sohadagi buzilishlar, aybdorlik hissini psixokorreksiya qilishda yordam berdi.
Ish unumdorligi, birinchi navbatda, insonning ruhiy holatiga bog‘liq. Zero, qalb xotirjam, ruhiyat sog‘lom bo‘lsa, qolgan barcha faoliyati samarali va ijobiy kechadi. Dildora Turdiyeva tomonidan o‘tkazilgan motivatsion trening maqsadi ham shu edi.
Joriy yilning 27 - yanvar sanasida Samarqand viloyatidagi Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ananaviy tarzda o‘tkaziladigan “Universiada” sport musobaqalarining shaxmat-shashka o‘yin turi bo‘yicha saralash o‘yinlari tashkil etildi.
Musobaqada ikki nafar talabamiz munosib ishtirok etdi. Shashkachi qizlar bahslarida universitet shanini himoya qilgan 4-bosqich talabasi Qodirova Onajon 3-o‘rinni, shaxmat o‘g‘il bolalar bahslarida esa universitetmizning 3-bosqich talabasi Yo‘ldoshev Shahriddin 3-o‘rini egalladi.
Hozirgi vaqtda dunyoda yuqori o‘rinlarda turuvchi Hamad Xalqaro Aeraportida Yuqori martabali mijozlarga xizmat ko‘rsatish agenti (Senior Customer Service Agent) sifatida amaliyot o‘tayotgan universitetimiz talabasi Sultonov Shohruh futbol bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionati davrida aeraport Operation Managementda yuqori darajadagi faoliyati uchun ushbu soha bo‘yicha dunyoning eng kuchli mutaxassisi Mr Denis Blankdan maxsus sertifikatni qabul qildi.
Bu sertifikatning muhim jihati shundaki, dunyodagi eng nomdor musobaqa davrida eng muhim bo‘g‘in bo‘lgan aeraportdagi tajribani o‘zida aks ettiradi va talabamizning kelajakdagi faoliyati uchun juda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
Samarqand viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi, "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rahbariyati va professor o'qituvchilari tomonidan talabalarning qishki ta'til dvrida vaqtlarini mazmunli o'tkazilishini ta'minlash maqsadida ilmiy maqola va tezislar yozish tartibi, plagiatga tekshirish metodologiyasi bo’yicha onlayn seminar-trening tashkil etilmoqda.Seminarda universitetimiz Ilmiy tadqiqotlat bo'limi boshlig'i Mansurova Nargiz Shamsidinovna, "Turizm menejmenti' kafedrasi o'qituvchisi Raximova Nilufar Aminovna hamda "Tarix va madaniy meros" kafedrasi o'qituvchisi Xushvaqtov Nodir Xakimovichlar o'zlarining ma'ruzalari bilan ishtirok etadilar.
-------------------------------------------------------------------------------------------------
“Silk Road” International University of Tourism and Cultural Heritage is inviting you to a scheduled Zoom meeting.
Topic: Online-seminar
Time: Jan 28, 2023 15:00 Islamabad, Karachi, Tashkent
Join Zoom Meeting
https://us02web.zoom.us/j/81854519900?pwd=MUhqZGx5R1B3WU9PU2l3dUtzWWw0Zz09
Meeting ID: 818 5451 9900
Passcode: 844818
Anjumanga maqola va tezislar 2023-yilning 15-fevraligacha qabul qilinadi.
Anjuman jarayonida muhokama qilinadigan yo’nalishlar:
?1- sho’’ba. Globallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash va axborot muhofazasini yanada takomillashtirish;
?2- sho’’ba. Bank-moliya tizimida xavfsizlikni ta’minlash va axborot muhofazasini yanada takomillashtirish;
?3- sho’’ba. Innovatsiya va iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari;
?4- sho’’ba. Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida agrar sohada transformatsiya jarayonlari: global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash.
☎️Murojaat uchun: +998 97 462 25 84 (M. Umarova)
Email: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра..
Qirg'iziston mintaqalarini kompleks rivojlantirish bo'yicha GIZ dasturidan Qirg'ziston Respublikasining Jalol Obod viloyatidagi davlat va nodavlat sektorlar namoyandalarining “Ipak Yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrifi.
Dastur doirasida 2023-yil, 18-yanvar kuni Qirg'ziston Respublikasining Jalol Obod viloyatidagi davlat va nodavlat sektorlar vakillari “Ipak Yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi. Faxriy mehmonlarni universitet birinchi prorektori J.Eltazarov kutib oldi. Tashrif davomida mehmonlarga universitetning o'quv jarayoni, O'zbekiston ta'lim tizimi faoliyati haqida ma'lumot berildi. Mehmonlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Universitetning noyob smart-kampusi, o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan boshqaruv modeli va ilg‘or texnologiyalar, Buyuk Ipak yo‘lining noyob tarixiy elementlariga boy unikal galereya, hamda universitetning innovatsion kutubxonasi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Xorijiy va nodavlat universitetlardan o‘qishlarini “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga ko‘chirishni istagan talabalar diqqatiga!
Agar siz o‘qishingizni zamonaviy va qulay ta’lim muhitiga ega “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida davom ettirishni xohlasangiz unda bu yangilik siz uchun.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2023-yilning
20-yanvardan 10-fevraliga qadar o‘qishini ko‘chirishni istagan talabalarning hujjatlarini universitetning 317-xonasida qabul qiladi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz