Administrator

Administrator

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari bilan Yaponiya universiteti talabalari orasida birinchi xalqaro Zoom uchrashuvi o‘tkazildi. Bu Vakayama universiteti bilan almashinuv shartnomasi orqali aloqalarimizni mustahkamlash uchun urinish edi. Biz dastlab 2019-yilda ular bilan almashuv hamkorligini o‘rnatdik, ammo Covid-19 pandemiyasi tufayli so‘nggi uch yil davomida hech qanday hamkorlik chorasini topa olmadik.

Joriy yilning sentabr oyida “Tillar” kafedrasi yapon tili va madaniyati o‘qituvchisi, doktor Chiharu Tsurutani tomonidan yapon tili kursini ochish taklif qilinganida, talabalarimizning yapon tilini o‘rganishi g‘oyasi bizni almashinuv munosabatlarimizni qayta faollashtirishga undadi. Doktor Tsurutani va Xalqaro hamkorlik va reyting bo‘limi yetakchi mutaxassisi Feruza Akramova tomonidan uyushtirilgan bir qator Zoom uchrashuvlari orqali biz hozirgi kelishuvga erishdik. Biz ikki nafar talabani Vakayamaga jo‘natishni va 2023-yilda ularning talabalaridan ham tashrif buyurishini kutayapmiz.

Dushanba, 12 Dekabr 2022 17:44

QUTLOV

           “Ipak yo'li” sport klubi “Ipak Yo'li” Turizm va madaniy meros universiteti rahbariyati va talabalari nomidan armrestling bo‘yicha Osiyo chempionatida 75 kg gacha bo'lgan vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni egallagan 4-kurs talabasi Islom Isomitdinovni qizg'in qutlaydi hamda unga  o'qish va sportda muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Juma, 09 Dekabr 2022 23:26

Mukofot muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi Farmoniga binoan “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni taʼsis etilgan edi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori filologiya fanlari doktori, professor Eltazarov Jo‘liboy Danabayevich mamlakatimiz ilm-fan salohiyatini yuksaltirish, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissasi uchun “O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASINING 30 YILLIGI” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Esdalik nishoni O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirining investitsiyalar, turizm klasterlari va litsenziyalash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Nusratilla Zikrillayev tomonidan topshirildi. 

Chorshanba, 07 Dekabr 2022 19:05

Konstitutsiyamiz 30 yoshda!

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida joriy yilning
7-dekabr sanasida “8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi” hamda Samarqand viloyatida o‘tkazilayotgan “Harbiy-vatanparvarlik oyligi” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda universitet xodimlari, talabalar, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi 29080 harbiy qism harbiy xizmatchilari, orkestr jamoalari ishtirok etib, harbiy xizmatchilar tomonidan vatanparvarlik ruhini oshirishga xizmat qiluvchi qo‘l jangi usullaridagi chiqishlari hamda universitet talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlarni bayram ishtirokchilariga namoyish etildi.
Hayotimiz qomusi bo‘lgan Konstitutsiyamiz mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib kelayotganini barchamiz yuksak qadrlaymiz.

Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2022-2023-o‘quv yili uchun quyida fanlar uchun o‘zbek, rus va ingliz tilida dars mashg‘ulotlari olib borish tajribasiga ega yuqori malakali professor-oʻqituvchilarni ishga taklif etadi:

  • Turizm asoslari (o‘zbek va rus tilida);
  • Iqtisodiyot nazariyasi (o‘zbek va rus tilida);
  • Turizm huquqi (o‘zbek va rus tilida);
  • Amaliy matematika (o‘zbek va rus tilida);
  • Iqtisodiyotda axborot komunikatsion texnologiyalar va tizimlar (o‘zbek va rus tilida);
  • Menejmentga kirish (o‘zbek va rus tilida);
  • Mehmonxona boshqaruvi;
  • Sayohat xizmatlarini tashkil qilish va boshqarish (o‘zbek va rus tilida);
  • Tadbirlarni boshqarish (o‘zbek va rus tilida);
  • Iqtisod (o‘zbek va rus tilida);
  • Marketing (o‘zbek va rus tilida);
  • Buxgalteriya (o‘zbek va rus tilida);
  • Logistika (ingliz tilida)
  • Iqtisodiyot asoslari (ingliz tilida);

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

  • PhD yoki DSc ilmiy darajasi (agar mavjud bo‘lsa);
  • nomzodning ingliz, oʻzbek yoki rus tillaridagi CV/rezumesi;
  • ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi sertifikat;
  • taʼlim sohasida eng kamida 2 yillik tajribaga ega boʻlish;
  • kompyuter va elektron qurilmalardan erkin foydalana olish.

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ishga qabul qilingan professor-o‘qituvchilarni quyidagi imkoniyatlar bilan ta’minlaydi:

  • barqaror maosh (oylik ustama haqi bilan);
  • istiqbolli karyerani nazarda tutgan qiziqarli mehnat faoliyati;
  • xorij davlatlariga xizmat safari.

Ish tartibi: dushanbadan jumaga qadar (soat 09:00 dan 18:00 gacha).

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlardan quyidagi hujjatlar yig‘ma jildini Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. va Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga yuborishi so‘raladi:

Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2023-yil 8-yanvar.

Murojaat uchun telefon: +99866-240-67-73, +99866-240-67-68, +99899-600-99-09

Seshanba, 06 Dekabr 2022 18:43

Zo‘ravonliksiz hayot sari!

Joriy yilning 5 dekabr kunida dunyo bo‘ylab, jumladan mamlakatimizda keng miqyosda olib borilayotgan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida universitet Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova va psixolog D.Turdieva talabalar turar-joyiga tashrif buyurib, ma’anviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazishdi. Unda xorijlik talabalar, ya’ni Eron, Hindiston, Malayziya, Tojikistondan o‘qishga kelgan qizlar ham ishtirok etishdi.

M.Abbasova gender tenglik mavzusi yuzasidan tushunchalar berib, O‘zbekiston Qomusida belgilangan va ayollarni himoya qilishga qaratilgan qonunlar haqida so‘zladi va yig‘ilganlarni O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30-yilligi bilan qutladi. Mamlakatimizda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, uning qurbonlari bo‘lgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha qabul qilingan 8 ta normativ-huquqiy hujjat haqida so‘z yuritib, shulardan ikkitasi qonuniy kuchga kirganligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Uchrashuvda talaba qizlarni qiynayotgan dolzarb ijtimoiy masalalar muhokama qilindi.

Universitet psixologi D.Turdieva qizlarning psixologik holati, ruhiy kechinmalari bilan bog‘liq savollariga javob berdi. “Hammasi o‘z qo‘lingizda!” motivatsion treningi barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Seshanba, 06 Dekabr 2022 13:36

Yil talabasi - 2022

 “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o'tkazilgan "Yil talabasi - 2022" tanlovi bo’yicha Sultonov Shohruh 1-o'rinni, Mustafaqulova Sabina 2-o'rinni, 3-o'rinni Amirulloyev Shodiyorlar qo'lga kiritdi.

"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o'qituvchisi Akramova Taxmina Kamiljonovna O’zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining “Turizm fidoyisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.
Universitet ma’muriyati hamda barcha o’qituvchi va talabalar nomidan tabriklab, keyingi ishlariga omad tilaymiz!

Seshanba, 06 Dekabr 2022 09:17

IPAK YOʻLIDA CHOY ICHISH MAROSIMI

“Sadu” choy marosimi Yaponiyaning keng qamrovli, badiiy madaniyatidir. Marosim orqali mehmonlar shirinliklar, choy piyolalarini tanlash va ular uchun yaratilgan muhitga e’tibor va g‘amxo‘rlikni o‘rganadilar, mezbonning mehmondo‘stligini qadrlashadi.

Samarqanddagi yapon talabalari Yaponiyaning ushbu an’anaviy san’atini O‘zbekistonga olib kelish imkonini berdi. Yaqinda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi Yapon tili klubining tadbiri sifatida choy ichish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar yapon yashil choyining ta’mi va rangidan bahramand bo‘lishdi (ular qanchalik YASHIL ekanligini bilib oldilar). Tadbir ishtirokchilarga yapon madaniyatini o‘rganish hamda yangi do‘stlar bilan tanishish imkonini berdi.

Shuningdek, xotin-qizlar uchun tayyorlangan Yukata (yoz uchun Kimono) burchagi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Kelgusi yilda o‘g‘il bolalar uchun ham xuddi shunday burchak tayyorlash rejashtirilgan.

Dushanba, 05 Dekabr 2022 16:25

Diqqat E’lon

      2022-yil 7-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zou Tong Qian tomonidan universitetimiz professor o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari hamda talabalari uchun xalqaro jurnallarda maqolalar chop etish hamda ilmiy tadqiqot ishlarini sifatini oshirish maqsadida webinar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Webinarda Amerika Qo‘shma Shtatlari George Washington universiteti, Mehmondo‘stlik sanoati boshqaruvi hamda Biznes maktablari professori, Dr Larry Yu o‘zining Scopus va Google Schoolarda indexlanuvchi Tourism Management, Journal of Travel Research, International Journal of Hospitality Management, International Journal of Contemporary Hospitality Management, Tourism Geographies, Event Management, Journal of Hospitality Marketing and Management, Journal of Heritage Tourism, Cornell Hotel and Restaurant Administration Quarterly, Journal of Hospitality and Tourism Research kabi top jurnallarda maqolalar chop etish bo‘yicha o‘zining maruzasi bilan ishtirok etadi.

Webinar  o‘tkazilish vaqti: 17:00, 7-dekabr, 2022-yil

Webinar o‘tkaziladigan joy: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti majlislar zali (108-xona).

40 dan 149 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar