Administrator

Administrator

Seshanba, 29 Noyabr 2022 09:57

E'lon

2022-yil 25-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy Seminarda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti mustaqil izlanuvchisi Samiyev Siroj Saitovichning 08.00.17 –“Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekistonda hududiy ishbilarmonlik turizmni rivojlantirish yo‘llari” mavzusida falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Har yili 1 dekabr sanasi an’anaviy ravishda “OITSga qarshi butunjahon kurash kuni” sifatida nishonlanadi. Bu sanada OITS bilan og‘riganlarni qo‘llab-quvvatlash, xastalik alomatlari, undan saqlanish bo‘yicha ogohlikni oshirish masalalariga keng jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsad qilinadi. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida  “OITSni yo‘q qilish va pandemiyani to‘xtatish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Viloyat OITSga qarshi kurash markazi uslubiy prafilaktik va epidemiyaga qarshi  ishlarni tashkillashtirish bo‘limi sanitariya vrachi A.U.Jo‘rayev, Yoshlar bilan mahallaby shlash a tadbirlar bo‘limi xodimlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

▪️ OITS sababsiz uzoq davom etuvchi yo‘tal, qisqa vaqt ichida keskin ozib ketish, harorat sababsiz ko‘tarilishi, uzoq vaqt ich ketishi (diareya), og‘iz bo‘shlig‘i va turli a’zolar yallig‘lanishi, xavfli o‘smalar rivojlanishi kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Bu surunkali tarzda kechuvchi tizimli xastalik. U faqat bitta organni zararlaydi, deb tushunish xato. Organizmning viruslar bilan mahv etilishi natijasida immun tizimi o‘z vazifasini bajara olmaydi, natijada inson har qanday tashqi ta’sirga sezuvchan bo‘ladi, oddiy kasalliklarni ham og‘ir kechiradi. Organizmning kurashuvchanligi yo‘qolgani bois yondosh kasalliklar rivojlanib boraveradi. Tadbirda mutaxassislar mazkur kasallikning kelib chiqish sabablari, yuqish holatlari hamda unga qarshi kurashishning samarali yo‘llari haqida ma’ruza qildilar. Shuningdek, mavzu doirasida savol-javoblar ham bo‘lib o‘tdi.

FGBOU VO Ufa davlat neft texnika universitetimaktab o‘quvchilari, kollej va oliy o‘quv yurtlari talabalari, bakalavriat va magistratura talabalari uchun “Mening kasbim: turizm va mehmondo‘stlik sanoati – 2022” xalqaro ilmiy-ijodiy ishlar va loyihalar tanlovini o‘tkazmoqda.

Tanlov ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi:

1. Sirtqi bosqich – ishtirokchilar tanlovda ishtirok etish uchun ariza (talablarga muvofiq) 2022-yil 23-noyabrgacha yuboradilar.

2. Yuzma-yuz bosqich - loyihalar taqdimoti.

Ushbu bosqich 2022-yil 6-dekabrda Boshqirdiston Respublikasi, Ufa  Chernishevskiy ko‘chasi 145, 511-auditoriya. manzilida bo‘lib o‘tadi. Yuzma-yuz bosqich uchun arizalar va materiallar to‘plami 2022-yil 3-dekabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov natijalariga ko'ra tanlov materiallarining elektron to‘plami nashr etiladi.

Turizm sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini o‘z ichiga olgan materiallar tanlov materiallari to‘plamiga nashr qilish uchun qabul qilinadi (ular www.elibrary.ru veb-saytida joylashtirish bilan RSCI tizimiga kiritiladi).

To‘plam tanlov ishtirokchilariga arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzillariga yuboriladi.

Elektron to‘plamda materiallarni nashr etish bepul.

Tanlov uchun yuborilgan ilmiy ishlar 2022-yil 3-dekabrgacha quyidagi elektron pochta orqali qabul qilinadi: Kasbim 2022 Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.. Elektron xat mavzusiga “tanlov uchun maqola” deb yozishingiz kerak. Yuborilgan ishlar qabul qilinganligi to‘g‘risidagi ma'lumot 7 kun ichida elektron pochta manzilingizga yuboriladi. Tasdiqlanmagan bo‘lsa, maqola va arizani yana yuborishingizni so'raymiz.

Tanlovning tahririyat a’zolari mavzuga, asosiy mezonlarga, format talablariga va topshirish muddatlariga to‘g‘ri kelmagan ishlarni rad etish huquqiga egalar.

Tanlovda ishtirok etish bepul.

Xitoy elchixonasi tashabbusi bilan Xitoy tilini boshlangich darajada o’rganayotgan talabalar o’rtasidagi musobaqa g'oliblari uchun bir martalik grant e’lon qilindi. joriy yilning 14- noyabr kuni universitetimizning xitoy tili o’qituvchilari K. Baykabilov hamda O. Nabiev rahbarligida o’tkazilgan oraliq nazorat imtihon natijalariga ko’ra, xitoy tilini boshlang’ich darajada o’rganayotgan talabalar orasidan eng yaxshi natija ko’rsatgan uch nafar talaba aniqlab olindi. Ular Bakaeva Iroda (Guid 220), Akbar Khasanov (Tour 320), Yusupova Odinaxonlardir. 21-noyabr kuni o’qituvchi Baykabilov K. boshchiligida Toshkent shahridagi Xitoy elchixonasi tomonidan mazkur talabalarning har biriga bir martalik to’rt million so’m miqdoridagi rag’bat pullari to’lab berildi. Taqdirlash marosimi xitoy elchixonasi vakili Mr. Lou amalga oshirdi va talabalarning kelgusidagi o’qishlariga omad tiladi.

2022-yilning 24-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Madaniy meros menejmenti yo‘nalishi talabalari uchun vebinar bo‘lib o‘tdi. Ushbu vebinarning maqsadi talabalarning turizm sohasida madaniy merosni boshqarish bo'yicha ko'nikmalarini o'rganish va oshirishdan iborat.
Ushbu vebinar JICA homiyligida tashkil etildi. Vebinarda JICA direktorining bosh o‘rinbosari Yuka Asakava xonim, Teikyo universiteti dotsenti janob Yamada ishtirok etdi. U interaktiv tarzda talabalarga juda qiziqarli va mazmunli ma’ruza o‘tkazdi.

Mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 30 yillik bayramini keng nishonlash maqsadida 2022-yilning 5-dekabr kuni soat 10:00da Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida “Konstitutsiya – mamlakat taraqqiyotining huquqiy poydevori” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyani o‘tkaziladi.

Ilmiy maqola va tezislaringizni 2022-yilning 20-dekabr kuniga qadar Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. eletron pochta manzili yoki https://t.me/Nozima_Mukhtorkhonovna telegram manzili orqali elektron shaklda yuborishingiz mumkin.

Qadriyatlar har bir millatning o‘tmishi, buguni va kelajagini oynadek ko‘rsatib turuvchi eng muhim omillardan biri.

Qadriyatlar har bir millatning o‘tmishi, buguni va kelajagini oynadek ko‘rsatib turuvchi eng muhim omillardan biri. Olimlar qadriyatlarni milliy, diniy, mahalliy, mintaqaviy va umuminsoniy kabi bir qator turlarga shartli bo‘ladilar.  Milliy qadriyatlar mahalliy va diniy qadriyatlarga, umuminsoniy qadriyatlar esa ko‘plab milliy qadriyatlarga tayanib shakllanadi va asrlar osha takomillashib boraveradi. Ammo bugungi tezkor globallashuv sharoitida ham o‘z milliy moddiy va ma’naviy boyliklarini asrab-avaylayotgan, boyitib rivojlantirayotgan har qanday millat o‘ziga xos an’analari, urf-odatlari va o‘lmas qadriyatlari bilan boshqa millatlardan ajralib turadi.

Tabiiyki, millatlarning bebaho qadriyatlari shunchaki bir-ikki yoki o‘n-yigirma yil ichida paydo bo‘lib qolmaydi. Chunki xalq diliga chuqur o‘rnashgan biror-bir muhim urf-odat, kiyim-kechak, kundalik hayot tarziga xos alohida “narsa”ning an’anaga, ayniqsa, qadriyatga aylanishi uzoq asrlarni talab qiladi. Yillar, asrlar davomida ma’lum bir qarash, odat, tushuncha, tajribalar shafqatsiz zamonlar, bir necha avlodlar sinovidan muvaffaqiyatli o‘tsagina yanada sayqal topadi, rivojlanadi, xalq hayotida o‘z o‘rnini egallaydi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Madaniy meros” kafedasi katta o‘qituvchisi Odiljon Boynazarov tomonidan  madaniy meros yo‘nalishida tahsil olayotgan mahalliy va xorijiy magistrantlar uchun  Mid Term- imtihonlarini saralash bosqichini topshirish uchun, madaniy qadriyatlar bo‘yicha taqdimotlar tayyorlash  vazifasini berdi, magistrantlar bunga ijodiy yondashib, taqdimot - ko‘rgazma shaklida tashkil etildi.

Xorijiy magistrantlar tomonidan zamonlar baland-past dovonlaridan o‘tgan qadriyatlar, insonlarni tinchlik-totuvlikka, mehr-oqibatga, ezgulikka, hamjihatlikka chorlaydigan katta ma’naviy kuchga ega bo‘lgan sur’atlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

 Mahalliy magistrantlar tomonidan esa turli millatning kundalik hayotida, madaniyati va ma’naviyatida, ongu shuurida, o‘zaro madaniy muloqotida, boshqalarga bo‘lgan munosabatida, har bir tashlagan qadamida o‘z ifodasini topgan qadriyatlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Magistrantlar bu ko‘rgazma orqali, jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy-tarixiy hodisalarga turlicha munosabatda yondashish natijasida insonlarning dunyoqarashi, turmush tarzi, mentaliteti shakllanishi barobarida, milliy qadriyatlar ham takomillasha borishini ko‘rsatib berishdi.

 Yoshlarimiz ko‘rgazmada har bir millatning tili, urf-odatlari, tarixi, madaniyati, an’analarini, barcha moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini o‘z ichiga qamrab olishdi. Shu orqali, qadriyatlar millatlarning ma’naviy qiyofasi ekanligini yana bir bor e’tirof qilishdi. Ushbu kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan mamlakatimiz mustaqillikga erishgach zahmatkash xalqimizning tarixiy xotirasini, qadimgi urf-odatlari, an’analari, qadriyatlarini tiklash va e’zozlash, muqaddas qadamjolarni asl holiga qaytarish bo‘yicha ko‘plab ishlarni  amalga oshirishmoqda. O‘qituvchilarimiz bu jarayonda faqat tubjoy aholisininggina tili, dini va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish bilan cheklanilmasdan, shu yurtda istiqomat qiluvchi yuzdan ortiq millat va elatlarning ham nodir qadriyatlari kamol topishiga ham alohida e’tibor qaratishmoqda. Ta’lim jarayonida esa, talabalarga qadriyatlar xalqimizning bebaho boyligi, jamiyatimiz, millatimiz, davlatimiz taraqqiyotining asosiy omillaridan biri ekanligini o‘rgatishmoqda. Shuningdek, yoshlarimizga azal-azaldan xalqimizga xos bo‘lgan milliy qiyofani shakllantiruvchi mardlik, tantilik, mehmondo‘stlik, saxovatpeshalik, o‘zaro hurmat, birodarlik, bag‘ri kenglik, mehribonlik kabi betakror fazilatlar,  har bir talaba  tomonidan amalda e’zozlanishi, asrab-avaylanishi, ijobiy jihatlar qo‘shib boyitilishi, rivojlantirilishi baxtli kelajagimiz uchun eng muhim shartlardan ekanligi o‘rgatilmoqda.

Ushbu ko‘rgazmani yuqori saviyada tashkil qilgan barcha magistrantlarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz!

Samarqand shahrida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Konferensiyalar zalida “Turizm sohasida yangi konsepsiyalar, imkoniyatlar va korxonalarni innovatsion rivojlantirish vositalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning 2-kunida universitet tayanch doktorantlari o‘z tadqiqotlari doirasida chiqish qildilar.

2022-yil 22-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Konferensiyalar zalida “Turizm sohasida yangi konsepsiyalar, imkoniyatlar va korxonalarni innovatsion rivojlantirish vositalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyani Ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish hamda tadqiqotlar Departamenti boshlig‘i, i.f.d., Eshtayev Alisher Abdug‘aniyevich hamda universitet birinchi prorektori, f.f.d., professor Eltazarov Jo‘liboy Danabayevich ochib berdilar. Konferensiyaning birinchi kunida chiqish qilish uchun bir qator chet davlatlardan olimlar va soha mutaxassislari offlayn va onlayn tarzda qatnashdilar:

  • Liping Cai, Purdue universiteti sog‘liqni saqlash va gumanitar fanlar kolleji global ta’lim fakulteti direktori, Purdue turizm va mehmondo‘stlik tadqiqot markazi professori (AQSH)
  • Ton Zou Qian, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori, Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti prezidenti yordamchisi, Xitoy madaniyat va turizm akademiyasi kafedrasi mudiri, professor (Xitoy)
  • Erdog‘an Ekiz, TEAMS universiteti Moliya fakulteti dekani, professori (Toshkent)
  • Aleks Kandor, PhD, TEAMS universiteti (Toshkent)
  • Liu Yakong, “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi xalqaro taraqqiyot akademiyasi ijrochi prezidenti, professori (Moʻgʻuliston)
  • Kang Zhang, Xitoyning hisoblash vositalari va san’at maktabi hamda Gonkong fan va texnologiya universiteti professori (Guanjou, Xitoy)
  • Aleksey Kilasov, Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti qoshidagi Oliy menejment maktabi bosh ilmiy xodimi, professori (Rossiya)
  • Ian Patterson, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, “Turizm menejmenti” kafedrasi professori
  • Dr Li Ying, Markaziy Osiyo madaniyati va turizmi markazi ijro etuvchi direktori, Beijing xalqaro universiteti professori (Xitoy)
  • Ma Aiping, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining tashrif buyuruvchi professori, Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti professori (Xitoy)
  • Nik Naumov, Oliy texnologiya kolleji professori (BAA)
  • Yin Laetitia, Xalqaro turizm instituti, Parij Pantheon Sorbone universiteti professori (Fransiya)
  • Ahmad Rasmi Albattat, Oliy menejment maktabi va Menejment hamda fan universiteti professori (Malayziya)

Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz
Nafosat, go'zallik, latofat... bu ta'riflar qizlar uchun atalgan. Joriy yilning 18-noyabr kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi qoshida tashkil etilgan "Lider qizlar" klubining navbatdagi yig’ilishi noan’anaviy tarzda tashkil etildi. “O'zbek milliy liboslari” va “Buvijonim kiygan liboslar tarixi” mavzusida mazkur klub talaba-qizlari o'rtasida tadbir o'tkazildi. Bunday tadbirni o'tkazishdan maqsad o'zbek milliy liboslari va buvijonlarimiz kiygan milliy liboslarimizga bo'lgan hurmat tuyg'usini, betakror urf-odatlarimizga nisbatan faxr tuyg'usini uyg'otish, shu bilan birga, ularga sharqona odob-axloq fazilatlari, ularni kelajakda haqiqiy uy bekasi, sevimli ona va e'zozdagi buvijon bo'lishlariga zamin yaratishdir. Tadbir talaba-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, islohotlarga daxldorlik hissini yanada oshirishga qaratilgan. Bu kabi olib borilayotgan ezgu harakatlar kelgusida xotin-qizlar faolligini oshirishda hamda farovon turmushida muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

42 dan 149 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar