Administrator

Administrator

“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar Kengashi qoshida tashkil etilgan “Lider qizlar” klubi a‘zosi Xamraqulova Shaxloxon tomonidan tayyorlangan “25 – noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni” hamda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” kampaniyasiga bag‘ishlangan rolik.

“Ziyorat turizmi xaftaligi” doirasida kelgan bir qator mehmonlar orasida Yaponiyaning Vakayama univesiteti Prezidenti janob Itoh Chichiro boshchiligidagi delegatsiya “Ipak yo‘li” Turizm va Madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida “Ipak yo‘li” Turizm va Madaniy meros xalqaro universiteti va Yaponiyanining Vakayama Universiteti o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.

Imzolangan bitimga ko‘ra, ikkala universitet tomonidan talabalar almashinuvi prorammasi (student exchange) bo‘yicha 2023 akademik yildan boshlab “Ipak yo‘li” Turizm va Madaniy meros xalqaro universitetidan 2 nafar talabani Vakayama universitetiga o‘qishga yuborishi, hamda Vakayama universitetidan 2 nafar talaba “Ipak yo‘li” Turizm va Madaniy meros xalqaro universitetiga kelib o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Eslatma: 2020 yil 16 dekabr kuni Yaponiyadagi Vakayama universiteti va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘rtasida  xamkorlik memorandumi imzolangan

Joriy yilning 1-noyabr kuni “Ziyorat turizmi haftaligi” doirasida Malayziyalik delegatsiya, aniqrog’i Malayziya Turizm, san’at va madaniyat vazirligi qoshida Islom Turizmi Markazi bosh derektori janob Mohmed Razip Hasan va Malayziya Turizm, san’at va madaniyat vazirligi qoshida Islom Turizmi Markazi bosh menejeri Mohd Zaidi Bahirin Zainal “Ipak yoʻli” xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga tashrif buyurdi.

Tashkillashtirilgan ekskursiya davomida mehmonlar noyob smart-kampus va universitetning innovatsion kutubxonasi bilan tanishdilar. O‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan boshqaruv modeli va ilg‘or texnologiyalar, shuningdek, Buyuk Ipak yo‘lining tarixini aks etgan galereyalar va universitet kutubxonasi mehmonda katta taassurot qoldirdi.

Shuni ta’kidlab o’tish zarurki, mazkur tashrif madaniy diplomatic aloqalarni rivojlantirishda yo’rqin misol bo’lib xizmat qiladi va Uzbekiston-|Malayziya o’rtasidagi akademik va turizm yo’nalishidagi aloqalarni rivojlantirishda kata hissa qo’shadi. 

 

Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bo‘limlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov e’lon qiladi.

  • Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis.
  • Yuridik byuro bo‘limiga yetakchi mutaxassis.
  • Bosh auditor.
  • Marketing va rekruting bo‘limiga yetakchi mutaxassis.
  • Universitet 4.0 modeliga tayyorlov bo‘limiga bo‘lim boshlig‘i va yetakchi mutaxassis.
  • IT (Axborot texnologiyalari) bo‘limiga yetakchi mutaxassis.
  • PR va matbuot bo‘limiga bo‘lim boshlig‘i va bosh mutaxassis.
  • Magistratura bo‘limiga bosh mutaxassis.
  • Professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limiga bo‘lim boshlig‘i.
  • Turk dunyosi tadqiqotlari va Turk kengashi bilan hamkorlik bo‘limiga bo‘lim boshlig‘i.
  • HoReCa akademiyasi bo‘limiga bo‘lim boshlig‘i va bosh mutaxassis.
  • SHHT (Shanxay hamkorlik tashkiloti) mamlakatlari bilan ishlash bo‘limiga bo‘lim boshlig‘i.
  • Xalqaro grantlarni jalb qilish bo‘limiga bo‘lim boshlig‘i.

       Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

         Nomzod tomonidan shaxsan ingliz, o‘zbek va rus tillarida tuzilgan  mehnat samaradorligi ko‘rsatkichi – KPI;

         Ingliz, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi;

         Nomzod ma’lumoti bo‘yicha oliy bo‘lishi lozim.

  • Ta’lim sohasida eng kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  • kompyuter savodxonligini (MS Word, MS Excel, MS Power Point, MS Access) yaxshi egallagan bo‘lishi;
  • soha bilan bog‘liq me’yoriy-hujjatlarni yurita olishi;
  • zarurat tug‘ilganda xizmat safarlariga chiqishga tayyor turishi;
  • shaxsiy fazilatlardan: shijoatlilik, faollik, mas’uliyatlilik, qat’iyatlilik, tashabbuskorlik talab etiladi.

  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti nomzodlarga:

  • barqaror oylik maosh,
  • istiqbolli karyerani nazarda tutgan qiziqarli mehnat faoliyatini,
  • Respublika va xorij davlatlariga xizmat safarlarini taklif qiladi.

Ish  tartibi: dushanbadan juma kuniga qadar

Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha

Dam olish kuni: shanba, yakshanba.

Hujjatlarni topshirish muddati: 2022- yil 22- noyabr.

Nomzodlar  Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga va +998 93 523 22 95 telegram raqamiga  quyidagi ma’lumotlarni yuborishi kerak:

O‘zbek yoki (rus), ingliz tilidagi KPI .

Ma’lumotnoma yoki CV.

 Ma’lumot uchun telefonlar:

+998 66 240-67-73

+998 66 240-67-68

 

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Sport klubi qoshida maktab o‘quvchilarini armrestling sport turi bo‘yicha o‘z iste’dodlarini yuzaga chiqarish, ular orasidan sport sohasida alohida iqtidor egalarini saralab olish maqsadida shaxmat sport turi bo‘yicha haftada 2 marta mashg‘ulotlar tashkil etilgan.
Ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun shahrimizdagi barcha maktab o‘quvchilarini taklif etamiz. Mashg‘ulotlarni yuqori malakali sport murabbiylari olib borishadi. Imkoniyatni boy bermang! Mashg‘ulotlar bepul amalga oshiriladi!
Mashg‘ulotlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan maktab o‘quvchilari ushbu raqamga +99890224-02-22 qo‘ng‘iroq qilishi va mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin!

11-noyabr "O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni" munosabati bilan 7-noyabr kuni sportning Volleyboll, Stol tennisi, shaxmat va shahka bo'yicha universitet o'qituvchi va xodimlari o'rtasida musobaqa o'tkazildi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra har bir tur bo‘yicha g'oliblar kubok, medallar va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadilar. Musobaqa so‘ngida Madaniyat, sport va turizm xodimlari Samarqand viloyat birlashgan kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi Ochilov Jo‘shqin Mardiyevich hamda O’zbekiston Kasaba uyushmasi Federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport sog’lomlashtirish ishlari boshqarmasining Samarqand viloyat mas’ul tashkilotchisi Baxtiyor Turopovlar ishtirokida o’qituvchi va xodimlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Sport klubi qoshida  maktab o‘quvchilarini suzish sport turi bo‘yicha  o‘z iste’dodlarini yuzaga chiqarish, ular orasidan sport sohasida alohida iqtidor egalarini saralab olish maqsadida shaxmat, stol tennisi va suzish sport turlari bo‘yicha haftada 2 marta mashg‘ulotlar tashkil etilgan.

Ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun shahrimizdagi barcha maktab o‘quvchilarini taklif etamiz. Mashg‘ulotlarni yuqori malakali sport murabbiylari olib borishadi. Imkoniyatni boy bermang! Mashg‘ulotlar bepul amalga oshiriladi!

Mashg‘ulotlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan maktab o‘quvchilari ushbu raqamga +99890224-02-22 qo‘ng‘iroq qilishi va mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin!

 “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Sport klubi qoshida  maktab o‘quvchilarini stol tennisi turi bo‘yicha  o‘z iste’dodlarini yuzaga chiqarish, ular orasidan sport sohasida alohida iqtidor egalarini saralab olish maqsadida shaxmat, stol tennisi va suzish sport turlari bo‘yicha haftada 2 marta mashg‘ulotlar tashkil etilgan.

Ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun shahrimizdagi barcha maktab o‘quvchilarini taklif etamiz. Mashg‘ulotlarni yuqori malakali sport murabbiylari olib borishadi. Imkoniyatni boy bermang! Mashg‘ulotlar bepul amalga oshiriladi!

Mashg‘ulotlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan maktab o‘quvchilari ushbu raqamga +99890224-02-22 qo‘ng‘iroq qilishi va mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin!

 “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Sport klubi qoshida  maktab o‘quvchilarini shaxmat, stol tennisi va suzish sport turlari bo‘yicha  o‘z iste’dodlarini yuzaga chiqarish, ular orasidan sport sohasida alohida iqtidor egalarini saralab olish maqsadida shaxmat sport turi bo‘yicha haftada 2 marta mashg‘ulotlar tashkil etilgan.

Ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun shahrimizdagi barcha maktab o‘quvchilarini taklif etamiz. Mashg‘ulotlarni yuqori malakali sport murabbiylari olib borishadi. Imkoniyatni boy bermang! Mashg‘ulotlar bepul amalga oshiriladi!

Mashg‘ulotlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan maktab o‘quvchilari ushbu raqamga +99890224-02-22 qo‘ng‘iroq qilishi va mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin!

“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mas'ul xodimlari va tyutori D.Xusanova tomonidan TTJ da istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoitlari ko'zdan kechirildi. Sovuq havo kuzatilayotganligi tufayli, talabalarga gazpechlar hamda isitish tizimlaridan oqilona va to'g'ri foydalanish to'g'risida tushunchalar berildi.

45 dan 149 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar