Kонференция будет проходить онлайн через Zoom на английском языке под общей темой: "Обеспечение всеобъемлющей безопасности суверенного государства в глобализированном мире", с участием двух комитетов Палаты представителей: Мировая продовольственная программа (ВПП): Повышение устойчивости государств в рамках глобальной цепочки поставок продовольствия Экономический и Социальный Совет (ЭКОСОС): Переосмысление энергетической безопасности в условиях глобального энергетического кризиса.
Заявка на делегирование открыта до 5 марта 2023 года. Конференция также открыта для публики. Вы можете подать заявку здесь:
https://www.toyo.ac.jp/en/news/international-exchange/MUN2022/
Ma'lumki, shu yil 6-fevral kuni Turkiya Respublikasining sharqiy qismida yuz bergan kuchli yer qimirlash tufayli 10 dan ziyod shaharlar va boshqa aholi punktlari vayron bo'ldi, 4500 dan ortiq kishi halok bo'ldi, 27.000 dan ortiq kishi yaralandi. Shu munosabat bilan Turkiya Respublikasida bir haftalik motam e'lon qilingan. Xorijdagi Turk elchixona va konsulxonalarida ta'ziya daftarlari ochilgan va hamdardlik tadbirlari o'tkazilmoqda. Universitetimizning Birinchi prorektori prof. Jo'liboy Eltazarov 7 fevral kuni Samarqanddagi Turkiya Respublikasi konsulxonasiga tashrif buyurib, konsul Salih Janer janoblariga ''Ipak yo'li' Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti nomidan ta'ziya bildirdi. bu yerdagi hamdardlik daftariga qardosh turk xalqiga tinchlik va omonlik tilaklarini yozib, imzoladi.
#“Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz”
#“Youth against drug addiction”
#«Мы – молодежь против наркомании»
Joriy yilning 7 fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti volontyor-talabalari “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” oyligi doirasida, voleybol sport turi bo‘yicha talaba-yoshlar o‘rtasida o’rtoqlik o’yinlari o’tkazildi.
Barcha talabalarimizni sport-aksiyasida faol bo‘lishlarini va sog‘lom turmush tarzi bilan shug‘ullanishlariga chorlab qolamiz!
Hurmatli talaba! Is gazidan himoyalanish va is gazidan zaharlanganda uni davolash usullari
Har yili qish oylarida minglab insonlar is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etadi.
Hurmatli talaba, quyida is gazidan zaharlanishning oldini olishda qanday yo‘l tutish kerakligini eslatib o‘tamiz.
Ma’lumki, is gazi (SO) rangsiz, hidsiz, korxona sharoitida eng ko‘p uchraydigan zaharli birikma bo‘lib, tabiiy gaz, yoqilg‘i, ko‘mir, o‘tin cho‘g‘lari to‘liq yonmasligi oqibatida hosil bo‘ladi.
Tutun tarkibida 3%, ishlangan gazda 13%, portlovchi gazlar tarkibida esa 50-60% gacha is gazi bo‘ladi.
Is gazi organizmga nafas a’zolari orqali ta’sir etadi. Zaharlanishning eng og‘ir hollarida inson hayotdan ko‘z yumishi mumkin.
Tahlillarga ko‘ra, is gazidan zaharlanish holatlarining aksariyati quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga keladi:
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sabablarga ko‘ra isitish uchun foydalanilayotgan yoqilg‘i (gaz, ko‘mir, o‘tin va boshqa)ni chala yonishi natijasida is gazi hosil bo‘ladi.
Is gazidan zaharlanganda quyidagi usullar bilan davolash tavsiya etiladi:
Zaharlangan kishini zudlik bilan toza havoga olib chiqish zarur. Nafas olishi to‘xtab qolganda sun’iy nafas berish lozim. Bu tadbir bemor mustaqil nafas olgunga qadar yoki biologik o‘lim alomatlari paydo bo‘lguncha davom ettiriladi. Badanni ishqalash, oyoqlarga grelka qo‘yish, qisqa vaqt nashatir spirt bug‘larini hidlattirish (nashatir spirti bemor burnidan kamida 1 sm uzoqlikda shimdirilgan paxta yoki marlidan hidlattirish shart. Aks holda spirtning o‘tkir hidi bemorni paralich holatiga olib kelishi mumkin) zaharlanish oqibatlarini tugatishga imkon beradi.
Zaharlanib qolgan kishilar gospitalizatsiya qilinishi kerak. Chunki zaharlanish oqibatida o‘pka va asab sistemasi tomonidan og‘ir asoratlar vujudga kelishi mumkin. Agar bemor xushida bo‘lsa, tananing yuqori qismini qisib turuvchi kiyimlardan bo‘shatiladi, issiq choy qahva ichiriladi. Is gazidan zaharlanishning barcha darajasida bemorlar shoshilinch holda reanimatsiya yoki toksikologiya bo‘limiga yotqiziladi. Kasalxonadan chiqqan bemorlar umumiy amaliyot shifokori va nevropatolog kuzatuvida bo‘lishi kerak.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalariga “Is gazidan zaharlanishning oldini olish” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 6-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalariga tashkil etilgan tadbir davomida talaba-yoshlarga is gazidan zaharlanishning oldini olishda qanday yo‘l tutish kerakligini, isitish pechlari va ularning mo‘rilarini sozligiga, ularni turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida tozalanishiga alohida e’tibor berishlik to‘g‘risida mas’ullar tomonidan
Talaba-yoshlar o‘zlari va yaqinlarini xavfsizligi hamda salomatligini asrash kerakligi to‘g‘risida profilaktik-tushuntirish ishlari olib borildi!
Hamkorlikni rivojlantirish va jamoatchilikning oʻzaro munisabatlarini rivojlantirish, shuningdek, Isroil va Oʻzbekiston universitetlari talabalari va oʻqituvchilarining toʻsiqsiz harakatlanishi uchun akademik koʻprikni oʻrnatish maqsadida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Isroildagi Xolon texnologiya instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tomonlar o’rtasida avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan o‘tkazilgan onlayn uchrashuvda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Xolon texnologiya instituti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ma’lumot uchun: 2022-yilda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti negizida Birinchi O‘zbekiston-Isroil akademik forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur forumda “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori – Aziz Abduhakimov, Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi Senati aʼzosi professor Rustam Xolmurodov, Isroilning Oʻzbekiston va Tojikistondagi elchisi M. Ben-Hillel Zexavit, Xolon texnologik instituti prezidenti prof.Eduard Yakubov, shuningdek, Xolon universiteti professorlari ishtirok etishdi.
Ushbu forumdan koʻzlangan maqsad Isroil va Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish surʼatlarini oshirish, bunda talabalar almashinuvi muhim jihati boʻlgan, shuningdek, qoʻshma taʼlim dasturlari va ilmiy tadqiqotlar ustida ishlash boʻlgan. loyihalar.
Marosimda har ikki universitet vakillari ishtirok etdi. O‘z nutqi davomida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros хalqaro universiteti rektori A.A. Abduhakimov Xolon texnologiya instituti prezidenti professor Eduard Yakubovga o‘z minnatdorchiligini bildirib, ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yuksak qadrlashini ta’kidladi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” oyligi doirasida, Sport klubi tomonidan tashkil etilgan sport-aksiyasida voleybol, badminton, shaxmat-shashka, suzish, stol tennisi, lakros sport turlari bo‘yicha talaba-yoshlar o‘rtasida do‘stona-chempionatlar tashkil etildi. Sport tugaraklari haftaning belgilangan kunlarida universitet sport zalida o‘tkaziladi.Barcha talabalarimizni sport-aksiyasida faol bo‘lishlarini va sog‘lom turmush tarzi bilan shug‘ullanishlariga chorlab qolamiz!
Bolgariyaning SMART TOUR kompaniyasi turism soxasida ta’lim olayotgan talabalar uchun mehmonxona biznesi sohasida mashhur bo’lgan Bolgariyaning Varna shaxri, Qora dengiz bo’yida joylashgan dam olish maskanlarida yozgi amaliyot va ta’til davrida 3 oy va 5 oy muddatga amaliyot o‘tash imkoniyatini beradi!
Quyidagi bo'sh ish o'rinlari taklif etiladi:
Amaliyot o’tish uchun 18 yoshdan oshgan talabalar qabul qilinadi
Talabalar bepul turar joy, ovqatlanish, transfer va tibbiy sug'urta bilan ta'minlanadi. Har bir talaba oylik maosh oladi. Talabalar amaliyot davrida Uzbekistonlik amaliyot raxbarlari tamonidan nazorat qilinadilar. Amaliyot yakunida har bir talaba xalqaro sertifikat oladi. Bolgariyada stajirovka - bu yozgi ta'tilni qiziqarli o'tkazish, yangi do'stlar bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyat, shuningdek, sayohat qilishning juda tejamli usuli.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talaba-yoshlari va universitet o‘qituvchisi Obid Nabiyev rahbarligida
“Xitoy bahori bayrami” tadbiri tashkil etildi.
Joriy yilning 2 fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faollar zalida tashkil etilgan bayram tadbiri davomida talaba-yoshlari tomonidan Xitoy milliy raqs va qo‘shiqlari, milliy urf-odatlaridan parchalar namoyish etildi.
Xitoy taqvimiga ko‘ra, Xitoyda Yangi yil 22 yanvarda boshlanishini bilasizmi?
- Bilamizki, Xitoy takvimiga ko‘ra, har-bir yilning o‘ziga yarasha talqin etadigan jonivori bor. Xitoyliklarning oy-quyosh taqvimidagi Yangi yil grigoryan taqvimiga ko‘ra kechroq kirib keladi. Albatta, Xitoyda grigoryan taqvimidan ham foydalanishadi, lekin Xitoyda udum bo‘lgan bayramlar sanasi xitoy taqvimiga ko‘ra belgilanadi. Bu bayramlar qatoriga Xitoy Yangi yili ham kiradi, u bahor bayrami deb ham hisoblanadi. Grigoryan taqvimiga kiritilgandan keyin uni YEvropadagi Yangi yildan alohida holda shunday atay boshlashgan. Bilamizki, 1yanvar-Yangi yil boshlanishi bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik xalqlarda Yangi yil aynan bahorda bo‘ladi, tabiatning qishki uyqudan uyg‘onishiga to‘g‘ri keladi. Udumga ko‘ra, Xitoyda Yangi yil - yangi oy chiqishidan to birinchi oy siklining tugashigacha qishki quyosh turishi mavsumiga to‘g‘ri keladi. Grigoryan taqvimiga ko‘ra, Xitoy Yangi yili 21yanvar va 21 fevral oralig‘iga to‘g‘ri keladi. Azaldan Xitoyda Yangi yil asosiy va eng uzoq davom etadigan bayram bo‘lgan. Xitoy Yangi yilini faqatgina Xitoy mintaqasidagina emas, balki Gonkongda, Makaoda, Tayvanda, Bruneyda va Indoneziyada, umuman xitoy aholisi yashaydigan barcha yerlarda nishonlanaydilar. Yangi yilga bag‘ishlangan bayram marosimlari 2 haftaga cho‘ziladi va fonuslar bayrami bilan yakunlanadi. Xitoy Yangi yili birinchidan – oilaviy bayram. Garchand, inson uzoq yillar davomida yolg‘iz yashasada, imkon qadar bu bayramni ota-onasi va oilasi bilan o‘tkazishi shart. Yangi yildan oldin Xitoyda temir yo‘l kassalarida chiptalarga navbat ko‘p bo‘ladi, shuning uchun chiptalarni oldindan olish kerak. Yangi yil kechasida dasturxon bayramona, to‘yimli va mo‘l bo‘ladi. S tolda albatta tovuq, baliq, soyali pishloq bo‘ladi, chunki bu masalliqlarning nomi Xitoy tilidagi “farovonlik” va “baxt” so‘zlariga yaqin uyg‘unlikni bildiradi. Mamlakatning shimoliy qismida bayramda chuchvaralar iste’mol qilishadi. Janubda esa “nyan gao” deb nomlangan taom iste’mol qilinadi. Bu taom yopishqoq guruch bo‘lakchalaridan bo‘lib, ular yildan yilga hayotni yaxshilanishini ramzidir. Xitoy Yangi yilida tuni bilan hech kim uxlamaydi. Bu marosim “shou suy” – “yilni saqlamoq” deb nomlanadi.
Xitoyliklar eshik yondoriga yangi yil tilaklari yozilgan qizil qog‘ozchalar yopishtirib qo‘yishadi. Bundan tashqari, eshikka teskari qilib baxt iyeroglifi yopishtiriladi.Yangi yilning birinchi kunida mushakbozlik va xushbo‘y hidli cho‘pchalar yoqiladi. Yangi yilning birinchi 5 kunida do‘stlar, sinfdoshlar, qarindoshlar,hamkasblar bilan uchrashib, ularni bayram bilan tabriklaydilar, lekin Yangi yilda sovg‘a taqdim qilinmaydi. Biroq,bolalarga “ya-suy-syan”sovg‘a qilinadi - maxsus qizil konvertlarda pul beriladi. Qadimiy an’anaga ko‘ra, Yangi yilning 15 kuni davomida uyga kelgan har bir bolaga pul sovg‘a qilinadi.
O‘tmish tariximiz bilan yaqindan tanishmoqchimisiz?
Unda biz bilan muzeyga sayohat qiling!
2023 yilning 2-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 1-kurs talabalari Samarqand viloyat oʻlkashunoslik muzeyiga tashrif buyurdilar.
Talabalar muzeyda tashkil etilgan ekspozitsiyalar bilan tanishdilar. Muzeydagi tarix, tabiat va mintaqadagi yahudiylar ekspozitsiyasilari va tarixiy san’at asarlar talabalarda boy taassurot qoldirdi.
Музей хақида қисқача маълумот!
Samarqand viloyat oʻlkashunoslik muzeyi – Samarqand viloyat oʻlkashunoslik muzeyi - Samarqanddagi tarixiy profilli muzey boʻlib, mahalliy oʻlkaning qadim zamonlardan 20-asr boshlarigacha boʻlgan tarixiga bagʻishlangan. 1982-yildan Samarqand davlat birlashgan tarixiy meʼmorlik va badiiy muzey - qoʻriqxonasi (hozirda Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi) tarkibiga kiritilgan.
Muzey binosi haqida
Muzey 1981-yil dekabr oyida Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi muzeyi toʻplamlari negizida birinchi gildiya savdogari Abram Kalantaroga tegishli boʻlgan me'mor E.O.Nelle loyihasi bo'yicha 1902-yildan 1916-yilgacha tarixiy uslubda qurilgan tarixiy binoda ochilgan. Hovlida 1902—1916-yillar davomida beshta bino qad koʻtargan.
Binoning interyeri har doim tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uygʻotadi. Binoni bezashda tajribali hunarmandlar – Usta Kamol, Usta Sodiq, Usta Hofiz va boshqalar qatnashgan. Saroyning qurilishi uchun 130 ming oltin rubldan koʻproq mablagʻ sarflangan. Bugungi kunda saroy haqli ravishda 20-asr boshidagi me'moriy yodgorlik hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Yorqin rang-barang zal – mehmonxona boshqa xonalar singari oʻzining asl bezaklarini saqlab qolgan.
Ekspozitsiya
Muzeyda tarix, tabiat va mintaqadagi yahudiylar ekspozitsiyasilari faoliyat koʻrsatmoqda.
Bino ichidagi barcha xonalar ketma-ketlikda joylashgan boʻlib, enfiladani hosil qiladi.
Mehmonxona va ayrim xonalar asl holida saqlangan. Mehmonxona chiroyli va xilma-xil ranglar bilan bezatilgan. Shift choʻp ustida oʻymakorlik bilan bezatilgan va moyli boʻyoqlar bilan boʻyalgan, devorlarga ganch ustida oʻymakorlik "pardoz" uslubida ishlangan, ganchdan yasalgan panjaralar bilan birga rang-barang shishali vitrajlar oʻzgacha husn bagʻishlaydi. Mehmonxonaga nafis, yaltiroq billur qandil osilgan.
Binoni qishda isitish uchun 7 ta sirli sopol bezakli “kamin” pechlar oʻrnatilgan, ularning bezaklari xonalarga alohida chiroy bagʻishlagan.
Binoning birinchi qavatiga oʻlkamizning turli hududlaridan topilgan qadimdan to XX asrning boshigacha hikoya qiluvchi ashyolar namoyish etilgan boʻlib, mintaqaning o'ziga xos tarixi, mintaqa xalqlarining urf-odatlari va marosimlari, ibtidoiy madaniyat, Oʻrta Osiyoning eng qadimgi davlatlaridan biri boʻlgan Sogʻdning shakllanishi, erta, rivojlangan va kech oʻrta asrlarning moddiy madaniyati yodgorliklari, an'anaviy milliy madaniyat bilan tanishtiradi.
Mehmonxonada 18-asr oxiri va 19-asr boshlariga oid "ampir" uslubidagi mebellar koʻrgazmaga qoʻyilgan. Ayrim mutaxassislarning farazlariga koʻra, mebel imperator Napoleonga tegishli boʻlishi mumkin va imperator Aleksandr I tomonidan Sankt-Peterburgga olib kelinib saroy amaldorlaridan biriga sovgʻa qilingan.
Muzeyning 2-qavatida joylashgan tabiat ekspozitsiyasida viloyat hayvonot va oʻsimlik dunyosi, shu jumladan, "Qizil kitob"ga kiritilgan yoʻqolib borayotgan hayvonlar va qushlar tulumlari, oʻsimlik turlari va gerbariylar ham namoyish qilinmoqda.
Ayni paytda muzeyda xalqaro Joint tashkiloti koʻmagida tashkil etilgan "oʻtmishdagi va hozirgi mintaqadagi yahudiylar" koʻrgazmasi faoliyat koʻrsatmoqda. Eksponatlar Yahudiyon kvartalining tarixi, mintaqa yahudiylarining hayoti, urf-odatlari, marosimlari haqida hikoya qiladi.
Bugungi kunda muzey ekspozitsiyasida 2000 dan ortiq eksponatlar mavjud.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz