Administrator

Administrator

“Ipak Yo‘li” turizm xalqaro universitetining “Turist” jamoasi “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovining 2021-yilgi mavsum chorak finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi va Samarqand viloyatida yo‘llanmani qo‘lga kiritgan yagona jamoaga aylandi. Eslatib o‘tamiz “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovining chorak final o‘yinlari yoshlarimizning sevimli telikanallarindan biri “Zo‘rTv” telekanali orqali efirga uzatiladi. Universitetimizning “Turist” jamoasiga chorak final va barcha bosqichlardagi ishtiroklariga omad tilab qolamiz.

“Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovi 2021 yilgi mavsum chorakfinal (1/4) bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan jamoalar ro‘yxati

1. Universal – Andijon davlat universiteti

2. Beklar – Andijon mashinasozlik instituti

3. Ogʻalar – Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

4. Oʻsh terma jamoasi – Qizgʻiziston respublikasi, Oʻsh shahri madaniyat boshqarmasi

5. Akademiya – Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali

6. Pegas shou – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali

7. Turon – Nukus davlat pedagogika instituti

8. Olmos – Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali

9. Kegeyli – Kegeyli tuman Xalq ta’limi bo‘limi

10. Shumanay – Qoraqalpog‘iston respublikasi, Shumanay tumani hokimligi

11. Turist – “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti

12. Shov-shuv – Navoiy davlat pedagogika instituti

13. Aurum 79 – Navoiy kon metallurgiya kombinati

14. Bojalar – Guliston davlat universiteti

15. Jizzaxlik jiyanlar – “Shakhzod vision group” MChJ

16. Med stars – Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali

17. Surxon yoshlari – Termiz davlat universiteti

18. Omadli jentelmenlar – Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

19. Univer – Buxoro davlat universiteti

20. Hollywood – “Isiriq corporation” MChJ

21. Turkiston terma jamoasi – Qozog‘iston KVN ittifoqi

22. Adrenalin – Toshkent tibbiyot akademiyasi

23. Shovvozlar – O‘zbekiston milliy universiteti

24. Yosh Gvardiyachilar – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy texnika instituti

25. Kulgi postidagi posbonlar “KPP” –  Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari

26. Targʻibot – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari Instituti

27. Tsulart – Toshkent davlat yuridik universiteti

28. Yangi yulduzlar – Toshkent davlat agrar universiteti

29. A’lo – Toshkent davlat pedagogika universiteti

30. Yosh dizayn – Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institute

          13-14 sentabr kunlari “Ipak yo'li” turizm xalqaro universitetida Magistratura yo'nalishlari bo'yicha yetakchi “Examus” onlayn-proktoring tizimi yordamida kirish imtihonlari o'tkazilmoqda.

           "Examus" - bu masofadan sinov jarayoniga bo'lgan ishonchni bartaraf etish va hisobdan chiqarishga qaratilgan onlayn testlarning xatti-harakatlarini tahlil qilish uchun foydalaniladigan shaffof yechim. “Examus” tizimi kompyuterni ko'rish va sun'iy aql texnologiyalariga asoslangan bo'lib, kamera, audio oqim va ish stoli tasvirlari video oqimini tahlil qilish asosida imtihon jarayonida qoida buzilganini ko‘radi va hisobotda qayd etadi.

           Shuni ham ta'kidlash joizki, kirish imtihonlarini topshirishning butun jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari, shuningdek, universitet imtihon komissiyasi boʻlimi xodimlari tomonidan qat'iy nazorat qilinmoqda.

SOS O’zbekiston bolalar mahallasi bilan tuzilgan memorandum asosida “Ipak yo’li” turizm xalqaro univeraiteti Xotin-qizlar kengashi qoshida tashkil etilgan “Qizlarjon” klubining iqtidorli talabasi Xamraqulova Shahlo ingliz tili fanidan “Kids English” nomli to’garak faoliyatini yo’lga qo’ygan.  13-sentabr kuni to’garakning navbatdagi dars mashg’uloti yuqori saviyada tashkil etildi. SOS O’zbekiston bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilari ushbu to’garakda faol ishtirok etib kelishmoqda.

  “Creative spark” oliy ta'limida tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida Britaniya Kengashi “Ipak yo'li” turizm xalqaro universiteti kutubxonasini biznes va ishlab chiqarish sohasidagi turli nashrlar bilan boyitdi.

  “Startap” loyihalari bo'yicha boy adabiyotlarga alohida o'rin berilishi kerak. Bu barcha holatlar uchun haqiqiy retseptlar to'plami. Bunday kitoblarni kamida oyda bir marta ochish kerak, chunki ular har safar yangidan kashf etiladi va o'zlari uchun yangi narsalarni topadilar. Ushbu investorlar kimligini tushunish uchun, biznes farishtalari yoki biznes shaytonlari, Venchur fondlari va urugʻ investitsiya fondlari, ular qanday ishlaydi, boshlang'ichlardan nimani xohlaydi va ularga qanday yordam berishi mumkin, shu haqida universitet talabalariga katta kitoblar to'plami berildi.      Malumot uchun: “Creative Spark” -bu buyuk Britaniya va universitetlari va ta'lim muassasalari o'rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha besh yillik dastur va ijodiy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun ijodiy tadbirkorlik ko'nikmalarini rivojlantirish bo'yicha loyiha ishtirokchilari bo'lgan mamlakatlar. Ta'kidlash joizki, “Ipak yo'li” turizm xalqaro universiteti talabalari “Big Idea Challenge” videokonferensaloqa tanlovida faol ishtirok etib, dastur amalga oshirilayotgan mamlakatlardan yoshlarni rag'batlantirish, innovatsion "startap" yaratish va bu haqda dunyoga aytib berish.

Dushanba, 13 Sentyabr 2021 13:59

Hurmatli talabalar!!!

“Ipak yo'li” turizm xalqaro universiteti ma'muriyati universitetda kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga, Covid-19 ga qarshi emlash sertifikatini universitet ma’muriyatiga joriy yilning 1 noyabriga qadar topshirgan talabalar uchun (2021/2022 o'quv yilida 1 - kursga qabul qilingan talabalar bundan mustasno) kontrakt to'loviga 10% chegirma olishini ma'lum qiladi.

Sertifikat, havolani bosish orqali onlayn yuklashingiz mumkin: https://goo.su/7lwA

Hurmat bilan, universitet ma'muriyati.

"Ipak yo'li" turizm xalqaro universitetiga 2021-2022-o'quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan ko'chirish maqsadida Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlari natijalari ko'chirishga tavsiya etilgan talabalar ro'yxati. Ichki ko'chirishga tavsiya qilingan talabalar ro'yhati. 

Hurmatli talabalar!

Sizga shuni ma’lum qilamizki, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti Turkiya xalqaro hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) bilan birgalikda Turkiya Respublikasida bepul stajirovka o‘tash uchun talabalar guruhini shakllantirish tanlovini e’lon qiladi.

Ushbu dasturda ishtirok etish uchun 3-4- kurs talabalari turk tili fanidan intensiv kurs (onlayn)dan o‘tib, Turkiyaga safar qilishlari kerak.

Guruhlarni yig‘ish uchun tanlov e’lon qilinadi!!!

“Universitet talaba nigohida” tanlovida ishtirok etish uchun talabalar quyidagi shartni bajarishlari kerak:

  • Ingliz tilida insho yozish: “Nima uchun Turkiyaga borishni istayman?”, kamida 200 so‘zdan iborat.
  • Mavzuda quyidagi bandlar yoritilishi kerak:

- sayohatning maqsadi (25 ball),

- men nima olib kelaman (bilim, tajriba) (25 ball),

- Turkiya va O‘zbekiston sayyohlik salohiyati (25 ball),

- bu safar universitetga qanday yordam beradi? (25 ball).

Har bir band uchun 25 balldan, jami 100 ball beriladi.

Inshoni +998 97 3978285 (Telegram) raqamiga jo‘natishingiz so‘raladi.

Insholar 2021- yil 16- sentabr soat 23.00 gacha qabul qilinadi. G‘oliblar 2021- yil 20- sentabr kuni e’lon qilinadi. 15 nafar g‘olib 2021-yil oktabr oyida Turkiyada bepul amaliyot o‘tash imkoniga ega bo‘ladi.

Turkiyaga tekin tashrif buyurish imkoniyatini boy bermang!

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti magistratura bosqichining “Muzeyshunoslik” yoʻnalishini tanlagan barcha talabgorlarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan taqdim etilgan 10 ta grantga kirish imtihonining ilk bosqichi 2021- yil 13-sentabrda Examus proktoring tizimi orqali oʻtkaziladi.

Talabgor 50 ta savoldan iborat onlayn testni universitetda imtihon uchun ajratilgan xonada yoki o‘ziga qulay joyda (uyida, ishxonasida) zarur texnik talablarga javob beradigan internet va shaxsiy kompyuter mavjud bo‘lganda topshirishi mumkin.

Agar talabgor testni o‘ziga qulay joyda shaxsiy kompyuteri vositasida topshirsa, internetga barqaror ulanishini ta’minlash uning o‘z zimmasidagi majburiyat hisoblanadi.

Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun universitet rasmiy sayti www.univ-silkroad.uz  yoki +998973978285 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Hurmatli talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar. Sizlardan quyidagi hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim etishlaringizni so‘raymiz:
- Rektor nomiga ariza (shu yerda to‘ldiriladi);
- Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
- Diplom yoki attestat (ilovalari bilan)ning asl nusxasi;
- Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi (IELTS, CEFR, TOEFL) hujjatning asl nusxasi;
- 3,5x4,5 hajmdagi 4 ta fotosurat;
- Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun imtiyoz beruvchi hujjatning asli (universitetda belgilangan tartiblar bo‘yicha);
- Hujjatlar uchun papka

Universitet qabul komissiyasi

          Bugundan boshlab “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida besh yildan ortiq vaqt mobaynida AQSh, Yevropa, Osiyo, Rossiya va Qozogʻistonning yetakchi universitetlari tomonidan qoʻllanilayotgan yetakchi “Examus” onlayn-proktoring tizimi yordamida kirish imtihonlari boshlandi.

           Ta'kidlash joizki, bakalavriat yo'nalishlari bo'yicha ilgari o'tkazilgan kirish imtihonlari natijalari "Examus"onlayn-proktoringi tizimi yordamida imtihonni o'tkazishning yuqori samaradorligi, tezligi, eng muhimi, butun jarayoni shaffofligini tasdiqladi.

           Shuni ham ta'kidlash joizki, kirish imtihonlarini topshirishning butun jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari, shuningdek, universitet imtihon komissiyasi boʻlimi xodimlari tomonidan qat'iy nazorat qilinmoqda.

91 dan 149 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar