Administrator

Administrator

Juma, 15 Oktyabr 2021 09:43

Mehr ulashing, muruvvat ko‘rsating!

11-oktyabr – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi maslahatchisi M.Abbasova, psixolog D.Turdieva, 3-bosqich iqtidorli talabasi Sh.Hamroqulova boshchiligida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi 1-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchi qizlari bilan uchrashuv tashkil qilishdi.

Iqtidorli talaba qizlar qo‘lga kiritgan yutuqlari, ularga erishish yo‘llari haqida hikoya qiluvchi taqdimot o‘tkazishdi. Motivatsion ruhdagi ma'ruzalar tarbiyalanuvchi qizlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu kabi uchrashuvlar kelgusida ularning kasb tanlashida amaliy yordam berishiga umid qilib qolamiz.

Tadbir so‘nggida faol ishtirok etgan tarbiyalanuvchi qizlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Targʻibotchilar universitetning professor-oʻqituvchilari hamda talaba yoshlari tomonidan kutib olindi. Tadbirni universitetning birinchi prorektori J.D.Eltazarov ochib berdi, tarix fanlari doktori Farhod Nabiyev ertangi kunimizni belgilab beradigan saylov haqida kichik ma’ruza oʻqidi. “Targʻibot poyezdi” guruhi a’zolari universitetning talaba yoshlari oʻrtasida saylovoldi targʻibot-tashviqot ishlarini olib borishdi, saylov va uning olib borilish tartibi toʻgʻrisida ma’lumotlar berishdi. Tadbirda saylov mavzusidagi turli xil kichik viktorinalar oʻtkazildi, faol ishtirok etgan talabalar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Chorshanba, 13 Oktyabr 2021 17:22

1-kurs talabalari uchun “oltin qoidalar”

2021-yilning 13-oktyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining Faollar zalida psixolog Dildora Turdiyeva va Xotin-qizlar kengashi maslahatchisi Muhayyo Abbasova tomonidan birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun uchrashuv o‘tkazildi.

Seminar-trening shaklida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda psixolog talabalarning yangi sharoitga moslashishi, o‘quv jarayonining yengil va muammosiz o‘tishi borasida konstruktiv tavsiya va maslahatlar bilan o‘rtoqlashdi. Bundan tashqari, u yosh yigit-qizlarni ochiq muloqotga chaqirib, ularning har qanday ijobiy ishlari, faoliyati universitet tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini tasdiqlab o‘tdi. Shuningdek, universitetda ijobiy psixologik muhit hukm surishida ikki tomonning uyg‘unligi, kelishuvi, birdamligi muhim rol' o‘ynashi haqida fikr bildirdi.

Shundan so‘ng so‘zga chiqqan universitet Xotin-qizlar kengashi maslahatchisi Muhayyo Abbasova talaba qizlarga universitet Xotin-qizlar kengashining boshqaruv tarkibiy tuzilmasi bilan tanishtirdi. Shu bilan birga, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish haqida tushunchalar berdi. Qizlarning kelgusi hayotida asqotadigan qimmatli maslahatlari, samimiy tilaklari bilan to‘planganlarning mehrini qozondi.

"Ipak yo'li" turizm xalqaro universiteti Germaniyaning Dresden Amaliy Fanlar Universiteti va Ekvadorning Milagro Davlat Universiteti bilan hamkorlikda 18-22-Oktabr kunlari tashkil etayotgan "Turizmni Boshqarish Tendentsiyalari" nomli online yozgi maktabiga talabalarimizni taklif etadi. Besh kun davomida uchta davlatdan turizm industriyasida yetuk malakaga ega mutaxassis va professorlar seminarlar tashkil etishadi. Seminarlarda faol qatnashgan talabalar 6 ECTS bilan taqdirlanadilar. Talaba bu kreditlar bilan qarzdorlik fanidan xalos bo'lishi yoki kelasi o'quv semestrida tanlov fanlarning biridan vos kechish imkoniyatiga ega. Yozgi ta'til ingliz tilida tashkil etiladi.
Registratsiyadan o'tish uchun quyidagi havolani ishlatishingiz mumkin: http://www.fh-dresden.eu/conference

To'lov haqida malumot:
Talabalar uchun: 60€
Mutaxassislar uchun: 95€

"Ipak yo'li" turizm xalqaro universiteti talabalari uchun 8 ta grant joy ajratilgan.
Yozgi maktab haqida, hamda grantlar haqida to'liq ma'lumot olish uchun universitetimizning xalqaro hamkorlik bo'limiga bog'lanishingizni so'raymiz: Mironshoh Uktamov
Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Joriy yilning 7-oktyabr kuni "Ipak yo'li" turizm xalqaro universiteti kampusida birinchi kurs talabalari uchun "Orientation days" ("talabalarga bag'ishlanish") tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir doirasida "Ipak yo'li" universiteti xodimlari va o'qituvchilari, shuningdek, yuqori kurs talabalari yangi kelgan talabalarni kutib olishdi, universitet hayoti haqida batafsil ma'lumot berib, ko'plab savollarga faol javob berishdi.
Tantanali ochilish marosimi universitetning konferensiya zalida bo'lib o'tdi. Ochilish marosimida universitetning birinchi prorektori professor Eltazarov Juliboy Danaboevich nutqining avvalida, talabalarning kundalik kashfiyotlar vaqti, yangi bilim olish, kasb – hunarga ega bo'lish, hayotiy pozitsiyalarni mustahkamlash vaqti ekanini ta'kidladi. Shuningdek, rektor maslahatchisi Aliya Ospanova tabrik so'zi bilan ishtirok etdi.
Universitet kampusi bilan yaqindan tanishish uchun qiziqarli ekskursiyalar tashkil etildi. Tashkil etilgan tadbirga ko'ra, birinchi kurs talabalari maktab o'qituvchilari tomonidan faoliyatning turli jihatlari bilan tanishishga qaratilgan ko'rgazma ekspozitsiyalari namoyish etildi.

Payshanba, 07 Oktyabr 2021 16:25

Hurmatli talabgorlar!!!

"Ipak yo'li" turizm xalqaro universiteti  turizm sohasida Sirtqi (masofaviy) ta'lim shaklida ikkinchi oliy ma'lumot olish uchun quyidagi yo’nalishlarda ariza topshirgan talabgorlarga imtihon sanasini e’lon qiladi:

  • Menejment: Оmmaviy tadbirlar menejmenti
  • Marketing (turizm marketingi)
  • Turizm faoliyat yo'nalishlari bo'yicha

Imtihon 2021-yil 9-oktyabr soat 10:00 da “Ipak Yo’li” turizm xalqaro universiteti o’quv binosida bo’lib o’tadi. Talabgorlar online ZOOM platformasida va offline shaklda ishtirok etishlari mumkin.

Qo'shimcha ma'lumotga ega bo'lish uchun https://t.me/univ_silkroad_uz  rasmiy kanalimizni kuzatib boring yoki quyidagi raqamlarga qo’ng’iroq  qiling:

+998(91) 5199363

+998(66) 2408608

Joriy yil 8-10-oktabr kunlari "Ipak yo'li" turizm xalqaro universitetida "Art & Heritage: yosh zamonaviy rassomlar nigohida O'zbekiston merosi" G'uncha Art bshqaruvi ostida ko'rgazma bo'lib o'tadi, unda mamlakatimizning yosh iste'dodli rassomlari asarlari namoyish etiladi.

G'uncha Art-zamonaviy san'at va ijodiy sohaning yosh vakillariniqo'llab-quvvatlash, xorijiy kuratorlar va olimlar bilan birlashtirishga qaratilgan loyiha.

ko'rgazmada Isomiddin Eshonqulov, Seviliya Akramova, Xurshed Xalilov, Ahmadxon Isoyev, Sardor Erkinov, Sharifa Sharofxodjayeva, Bobur Ismoilovlar kabi ko'plab yosh rassomlar ishtirok etadilar.

Ko'rgazmaning ochilishi 8-oktabr kuni soat 18: 00 da bo'lib o'tadi.

Seshanba, 05 Oktyabr 2021 12:04

Hurmatli abituriyentlar!

Shoshiling! Bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang! Bakalavr va magistratura uchun qo'shimcha qabul 12.10.2021 soat 23.59 gacha uzaytirildi.

Jahon standartlariga ega tarixiy markazda malakali mutaxassis darajasini qo’lga kiriting.
Bizning xalqaro universitetimizda ingliz tilida ta’lim olasiz. Biz eng yaxshi talabalarimiz uchun bakalavr va magistraturada o'qishini taklif etamiz
Ipak yo'li sayohatlarida bizga qo'shiling.

Yo’nalishlar (bakalabriat):
Smart turizm
Amaliy tillar
Media va kommunikatsiya
Turizm
 Gid hamrohligi va tarjimonligi faoliyati
IELTS 5.0 talab qilinadi

Yo’nalishlar (magistratura):
Ziyorat turizmi
Turizmda transport logistikasi
 Madaniy,tabiiy va aralash meroslarini boshqarish

IELTS 5.5 talab qilinadi

Hujjat topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish linki http://admissions.univ-silkroad.uz/

 

Seshanba, 05 Oktyabr 2021 11:48

Hurmatli birinchi kurs talabalari!!!

Sizni 7-8- Oktyabr kunlari boʻlib oʻtadigan "ORIENTATION DAYS" tadbiriga va 2021-2022-o’quv yilining tantanali ochilishiga taklif etamiz. Siz "Ipak yo'li" turizm xalqaro universiteti katta va do’stona oilaning a'zosi bo’lish nimani anglatishini his qilishingiz mumkin. Biz tadbirning barcha kutilmagan hodisalarini oshkor qilmaymiz – keling, o’zingiz guvoh bo’ling!

Sizni quyidagi manzilida joylashgan universitetning kampusida kutib qolamiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Joriy yilning 30-sentabr kuni Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasi madaniyat va hamkorlik bo'yicha maslahatchisi Janob Loran Oriol “Ipak yo'li” turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. “Ipak yo'li” turizm xalqaro universiteti rahbariyati bilan uchrashuv chog'ida  Fransiya oliy o'quv yurtlari o'rtasida o'zaro hamkorlik istiqbollari atroflicha muhokama qilinib, xalqaro hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Faxriy mehmon uchun kampus bo'ylab ekskursiya tashkil etilib, xususan: laboratoriyalar, universitet konferensiya-zali, oshxonasi, sport zali va Universitet kutubxonasi bilan tanishtirildi.

88 dan 149 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar