Administrator

Administrator

Joriy yil 11 noyabr kuni Fransiyaning Ruan Normandiya universiteti rasmiy delegasiyasi “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda universitetning Ilmiy va innovatsion rivojlantirish bo‘yicha prorektori A.Kilasov va o'quv ishlar buyicha prorektor J.Hoffmann tomonidan qabul qulindi. Muzokaralar asosan ilmiy tadqiqotlar va loyihalarni boshqarish, xususan magistratura va doktatantura dissertasiyalarni birgalikda tashkil etish va kelgusida turizm, mehmonxona va madaniy meros sohalarida Evropa Ittifoqi va boshqa xalqaro grantlarga ishtirok etish haqida bo‘lib o‘tdi. Mehmonlarga universitet o'quv kampusi buylab sayohat tashkillashtirildi.

   Hurmatli “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o’qituvchilari, xodimlar hamda talabalar!

Sizlarni “HoReCa menejmenti” kafedrasi tomonidan 21-oktabr – O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan universitet talabalari ishtirokida sahnalashtirilgan Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” asari namoyishiga taklif etamiz.

 Teatr namoyishi 12-noyabr kuni soat 10.00 da faollar zalida boshlanadi.

Payshanba, 11 Noyabr 2021 12:47

O'zbekistonning madaniy merosi

O‘zbekiston madaniyati, Markaziy Osiyo xalqlarining ko‘p asrlik an’analari va turmush tarzi bilan chambarchas bog‘liq boy tarixga ega. Buyuk Ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan O‘zbekiston hududida ko‘plab me’moriy yodgorliklar, qadimiy qal’a va qasrlar, sirli va noyob tabiat yodgorliklari va folklor elementlari joylashgan bo‘lib ularning aksariyati hozirda YUNESKOning Butunjahon merosi ob’ektlari tomonidan muhofaza qilinmoqda.

Bugungi kunda YUNESKOning Butunjahon merosi ob’ektlari Reprezentativ ro‘yxatiga 4 ta me’moriy majmua - Xivadagi Ichan qal’a muzey-qo‘riqxonasi (1990), Buxoroning tarixiy markazi (1993), Samarqandning tarixiy markazi “Samarqand - madaniyatlar chorrahasi” (2001), Shahrisabzning tarixiy markazi, shuningdek Ugam-Chotqol milliy bog‘i (2016) va 9 nomoddiy meros ob’ektlari kiradi.

O’zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon mamlakatda nafaqat yodgorliklarni tiklash ishlari orqali madaniy merosni saqlashga, balki milliy o‘ziga xoslikni mustahkamlashga va jahon madaniyatida tan olinishga ham katta e’tibor qaratilmoqda.

Ming yillar mobaynida, minoralar va qadimiy gumbazlar ko‘plab shaharlarning tashrif qog‘ozi, shahar manzaralari, ularning diniy va ma’rifiy muassasalari - masjid va madrasalarining go‘zal aksiga aylandi.

Mustaqil O‘zbekistonda, qadimiy me’morlarning ushbu noyob asarlari, bebaho madaniy meros ob’ektlari sifatida maxsus maqomga ega bo‘ldi va ular davlatning alohida muhofazasi ostida.

Manba: Uzbekistan Travel

9 - noyabr kuni 2-bosqich magistratura talabalari o'z sohasidagi professional, Cluster bosh menejeri va yarim vaqtda amaliy kurs rahbari Debra Xeynes bilan uchrashuvda to'plandilar.

Birinchi dars o'z tozaligiga rioya qilish va mehmonxona xodimlarining tashqi ko'rinishini muhokama qilish bilan bog'liq bo'lib, u belgilangan standartlarga javob berishi kerak, chunki birinchi ta’surot mijozlar ehtiyojini qondirishning asosi hisoblanadi. So'ng, mehmonxona xodimlarining to'g'ri xatti-harakatining ahamiyati muhokama qilindi, chunki ular qulaylik va muhit yaratadigan xodimlar sanaladi.

“Mehmonxana – bu, qalbi, qoni va hayoti yo‘q shunchaki bino va faqat unda ishlaydigan odamlargina sizni qaytib kelishingiz uchun shinam joy va juda yoqimli muhitni yaratadi.  Shu sababli, kelajakdagi va hozirda mavjud xodimlarni kerakli darajada xizmat ko'rsatishi, har qanday vaziyatda to'g'ri yo'l tutishni bilishlari uchun o'qitish va tayyorlash juda muhim: oddiy yoki ekstremal", deb ta'kidladi Debra.

"Dars samarali va juda informatsion o‘tdi. Eng muhimi, talabalar mehmonxonaning bevosita ishiga kirib, front-ofis xodimlari sifatida insonlarga qanday munosabatda bo'lishni va bosh menejer sifatida xodimlar va mehmonxona muammolarini qanday hal qilishni tushunishdi", deydi ikkinchi kurs talabasi R.Ulmasova.

Chorshanba, 10 Noyabr 2021 15:54

"What is Cultural Heritage!"

Professor Raymond Joseph Hofmann is Vice Rector for Academic Affairs of the "SILK ROAD" University. A graduate of Harvard and Oxford Universities. Professor Hoffmann is an expert in the social scientific study of religions. His lecture deals with how societies have shaped their identities through culture, and how humans over were shapes , distinguished, and described by their own cultural products.

We invite you all to his lecture on "What is Cultural Heritage!"
 At 15:00, November 17, 2021

"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining ikkinchi va uchinchi bosqich talabalari O'zbekistonning yetakchi mehmonxonalari faoliyati bilan tanishish maqsadida Hilton Tashkent City Hotel va Courtyard by Marriott Tashkent mehmonxonasiga tashrif buyurishdi. Sayyor amaliy mashg'ulotlarning tashabbuskori Z.Mahmudova, "Turizm va mehmondo'stlik biznesiga kirish" kursi o'qituvchisi bo'ldi, HoReCa universitet akademiyasi ko'magida. Amaliy mashg'ulotlar davomida talabalar mehmonxona tashkil etish tarixi, xonalar fondi bilan, eng muhimi, mehmonxona biznesini yuritish strategiyasi bilan tanishib o'rgandilar.

Joriy yilning 10-noyabr kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida "FEEDBACKPRO"seminar trening bo'lib o'tdi.

FEEDBACKPRO- “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 3-bosqich talabasi Amirbek Mirzayev tomonidan ishlab chiqilgan mualliflik dasturi bo'lib, u iste'molchilarni raqamli so'roq qilish orqali o'z fikr-mulohazalarini, shikoyatlarini va takliflarini uzluksiz qabul qilish imkonini beradi va oylik konsolidatsiyalangan hisobotni olib tashlash orqali ularni to'g'ridan-to'g'ri boshqarishga imkon beradi. Mijozlarning fikr-mulohazalarini yig'ish iste'molchilarni mahsulotingiz yoki xizmatlaringizdan qanchalar qoniqishini aniqlashga yordam beradi va kelgusida yaxshilash uchun joylarni aniqlaydi.

Tadbirda mehmonxona va restoran biznesi sohasidagi xodimlar faol ishtirok etdilar.

Seshanba, 09 Noyabr 2021 18:10

"Sport-salomatlik garovi"

Joriy yilning 9-noyabr kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida professor-o'qituvchilar, shuningdek, universitet xodimlari o'rtasida "sport-salomatlik garovi" shiori ostida quyidagi yo'nalishlar bo'yicha musobaqalar o'tkazildi:

1. Shaxmat

2. Shashka

3. Stol tennisi

Ta'kidlash joizki, mazkur tadbir "kasaba uyushmasi kuni" munosabati bilan universitetimiz sport klubi  hamkorligida kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan tashkil etildi.

Faol ishtirokchilarga sertifikatlar va qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

Seshanba, 09 Noyabr 2021 15:35

Cultural Heritage

In Celebration of the Silk Road University’s renaming as the International University of Tourism and Cultural Heritage, Silk Road, the University is offering a Faculty Lecturing a monthly series on Aspects of Cultural Heritage given by distinguished members of our own and sister Universities:

November: Professor R. Joseph Hoffmann.

 “What is Cultural Heritage?”

December: Assistant Professor Maria Daghmehchi.

 The Persian Version:  Cultural Heritage in Iran ancient things and modern techniques

January:  Assistant Professor Sono Fukama.

 Where is Asia?  Geographical and Cultural Carromatas and Customs

February:  Vice Rectors. R. Joseph Hoffmann. Aleksey Kilasov, Eltazarov Juliboy

Forum Defining Culture

March: Dr Ammar Younas, Westminster University in Tashkent.

Who Owns What?  The Difficulty of Cultural Patrimony.

April:  Professor Aleksey Kilasov.

UNESCO’s role in efimning and Preserving Cultural Heritage

May: Professor, Sultonov Tulkin.

The Turkish Connation.  Distinctive Cultural Feature of a Turkish Diaspora

June:  Professor, Cho

 The Korean Element in Uzbek Culture, Synthesizing Culture

July: All lecturers.

Closing Seminar

“Hilton Tashkent City” mehmonxonasida Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi vakillari ishtirokida “Ipak yo‘li”  turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga kitoblarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov hamda Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Darxan Satibaldi ishtirok etdi.

Muloqot davomida D.Satibaldi qozog‘istonliklar O‘zbekistonda ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor va mamlakat oliy ta’lim muassasalariga eng ilg’or texnologiyalar joriy etilayotganini yuksak qadrlashini ta’kidladi. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasining Buyuk Ipak yo‘lidagi turizm, tarixi va madaniyatiga oid jahon adabiyoti bilan jihozlangan kutubxonaning shakllantirilishi mamlakatimizda kadrlar malakasini yanada yuksaltirish hamda Markaziy Osiyoda turizm industriyasini rivojlantirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

A.Abduhakimov Qozog‘iston tomonining tashabbusi uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari bilan turizm sohasini rivojlantirish, bu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash, yangi mintaqaviy turistik yo‘nalishlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, Markaziy Osiyoga tashrif buyuruvchi mamlakatlar uchun yagona “SilkVisa”ning tez orada yo’lga qo’yilishida hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

84 dan 149 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar