Administrator

Administrator

Bugun, 30-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros Xalqaro universitetida Rossiya Federatsiyasi Ta'lim vazirligi ko'magida “Rus tili va madaniyati zamonaviy ta’lim texnologiyalari diqqat markazida” birinchi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda.

Anjuman avvalida F.M.Dostoyevskiy hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli filmning ochiq namoyishi bo'lib o'tdi. Keyinchalik, ishtirokchilar universitetning majlislar zalida bo‘lib o‘tgan davra suhbatiga yig‘ilishdi.  Shuningdek, davra suhbatida ishtirokchilar o‘z ma’ruzalari bilan chiqishdi, hamkasblarini qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdi.  Davra suhbatlari va muhokama maydonchalarida rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitishning zamonaviy innovatsion usullari, chet elda rus tilini o‘qitishni tashkil etishdagi muvaffaqiyatli tajriba va madaniyatlararo o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Konferensiya yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Nufuzli va malakali olimlar, jahon miqyosidagi mutaxassislar ishtirokida ilmiy-amaliy xususiyatga ega bo‘lgan miqyosdagi xalqaro anjumanning o‘tkazilishi madaniyatlararo munosabatlarni mustahkamlash va yanada rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgani alohida ta’kidlab o'tildi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori, o‘zbek tili kafedrasi professori, ko‘plab kitoblar, maqolalar va ilmiy tadqiqotlar muallifi J.D.Eltazarov universitet kutubxonasini tilshunoslik, filologiya va turk tiliga oid kitoblar bilan to‘ldirdi.

Universitet ma’muriyati va kutubxona jamoasi kutubxona fondini to‘ldirishga qo‘shgan saxovatli hissasi uchun “Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori J.D.Eltazarovga samimiy minnatdorlik izhor etadi.

Kutubxona har qanday ta’lim muassasasi, jumladan, universitet faoliyatida nihoyatda muhim o‘rin tutadi.  An’anaviy yo‘nalish hisoblangan ta’lim-tarbiya faoliyatini axborot va ta’minlash bilan bir qatorda, kutubxona, ma’lumki, har qanday oliy ta’lim muassasasining tarbiyaviy-mafkuraviy ishlarida muhim o‘rin tutadi.  Mutaxassislarning e'tirof etishicha, ko'p narsalar kutubxona devorlarining ichida o'tadigan intellektual faoliyat darajasiga bog'liq.

Kutubxonaga ajoyib, ayniqsa mehmonxona va restoran biznesga oid kitoblar to‘plamini sovg‘a qilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimovga chuqur minnatdorchilik bildirildi. Endilikda talabalar  «101 HOTEL ROOMS», «101 Hotel Rooms, VOL. 2», «101 HOTEL BATHS & SPAS», «101 HOTEL-LOBBIES, BARS & RESTAURANTS», «BRANDLife: Boutique Hotels & Hostels», «BRANDLife: Restaurants & Bars: Integrated Brand Systems in Graphics and Space» kabi eng so'ngi nashrli kitoblari bilan tanishishlari mumkin.

Hurmatli rektorimiz sa’y-harakati bilan universitet kutubxonasi har kuni tarix, madaniyat, turizm, san’at, arxeologiya, tilshunoslik, etnografiya va hokazolarga oid kitoblar bilan to‘ldirilib bormoqda.

2021-yilning 27-noyabr kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining majlislar zalida "Turizm va sport vaziri Kubogi"ning tantanali qismi – g'oliblarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Eng kuchli g‘olib talabalarni universitet rektori – Aziz Abduhakimov shaxsan o'zlari tabrikladilar.

Musobaqalar yakuniga ko‘ra, quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:

Kvest:

 1-o'rin - "Turist"

 Badminton (juftlik):

 1-o‘rin – Mardonov O‘tkur va Olimjonova Sevara;

 Badminton (q):

 1-o‘rin – Yakubova Moxina;

 Badminton (o’):

 1-o‘rin – Islomov Baxtiyor;

 Shaxmat (q):

 2-o‘rin – Mirzaeva Zarina;

 Armrestling (70 kg):

 1-o‘rin – Nurmurodov Zohidbek;

 Armrestling (80 kg):

 2-o‘rin – Doniyor Ma’rupov;

 Armrestling (80 kg dan yuqori):

 3-o‘rin – Xamidov Alisher;

 Jamoalar tasnifi natijalariga ko'ra:

 1-o‘rin – “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti;

 2-o‘rin – Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

 3-o‘rin – Buxoro davlat universiteti;

 Taqdirlash so'ngida mazkur sport tadbirining tashkilotchilariga va ishtirokchilariga katta minnatdorlik bildirildi.

2021-yil 29-noyabr kunlari Samarqand shahri “Ipakyo‘li” turizm va madaniy meros Xalqaro universiteti negizida “Rus tili va madaniyati zamonaviy ta’lim texnologiyalari e’tiborida” nomli ilk xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Ushbu konferensiya Rossiya Federatsiyasi Ta'lim vazirligi ko'magida tashkil etilgan bo'lib, unda Rossiya, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Armaniston, Belarus, Estoniya, Finlyandiya, Slovakiya, Ispaniya, Sloveniya, Mo‘g‘uliston va boshqa mamlakatlardan kelgan ma’ruzachilar rus tilida ochiq ta'lim va rus tilini o'qitish markazlari, shuningdek, rus tilini chet tili sifatida o'qitishda innovatsion texnologiyalar yordamida eng yaxshi ko'nikmalar tashkil etish va faoliyat yuritish tajribasini taqdim etdilar.

Anjumanda “Xorijda rus o‘qituvchisi” va “Sinf!” dasturlari vakillari, Oliy ta’lim muassasalari va rus tilidagi ochiq ta’lim markazlari o‘qituvchilari, O‘zbekiston rus tili va adabiyoti o‘qituvchilari faol ishtirok etishdi. Davra suhbatlari va muhokama maydonchalarida rus tilini chet tili sifatida o‘qitishning zamonaviy innovatsion usullari, chet elda rus tili o‘qitishni tashkil etishdagi muvaffaqiyatli tajriba, madaniyatlararo o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Loyiha tashkilotchilari: Rossiya Federatsiyasi Ta'lim vazirligi,  F.M.Dostoevskiy nomidagi Omsk davlat universiteti(Rossiya, Omsk), “Ipak yo‘li” turizm хalqaro va madaniy meros universiteti (O‘zbekistonRespublikasi, Samarqand).

Loyiha hamkorlari: A.S.Pushkin nomidagi davlat rus tili instituti (Rossiya, Moskva).

Joriy yilning 27-noyabr kuni Xorvatiyaning Qozog'iston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Refik Shabanovich rasmiy tashrif bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo'ldi.

Uchrashuv davomida Janob Refik Shabanovich universitetning noyob aqlli kampusi va innovatsion kutubxonasi bilan tanishtirildi. Tomonlar turizm sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bir qator masalalarni muhokama qilishdi. Xorvatiya elchixonasi “Ipak yo‘li” universiteti va Xorvatiyaning turli universitetlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, jahon darajasidagi yirik sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlik qilish uchun sharoit yaratishga tayyorligini bildirdi. Tashrif so'ngida, janob Refik Shabanovich tomonidan universitet talabalari uchun mehmon ma'ruzasi o'tkazildi.

2021-yil 26-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros Xalqaro universiteti 3- va 4-kurs talabalari Samarqand viloyatidagi “Mondelyuks” mebel fabrikasiga tashrif buyurishdi.  Talabalar uchun ekskursiya universitetning “Marketing” kursi o‘qituvchisi Bekzodjon Oblaqulov tomonidan tashkil etildi.

Fabrika xodimlari talaba-yoshlarni mahsulot sotish jarayonining asosiy bosqichlari, ya’ni buyurtma qabul qilishdan tortib, bozorga tayyor mahsulotni sotishgacha bo‘lgan jarayonlar bilan tanishtirib o'tdi.

Ekskursiya savdo markazidan boshlanib, ishlab chiqarilgan mebellar hamda qo‘lda yasalgan mebellarni ko‘zdan kechirish bilan davom etdi.

“Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti ma’muriyati universitet talabalari uchun o‘quv ekskursiyasi tashkil etgan Zarshed Ubaydullaev – Savdo markazi bosh menejeri va “Mondelux” mebel fabrikasining boshqa xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.

Joriy yilning 27 noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirishga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vaziri Kubogi”  uchun musobaqalar bo‘lib o‘tadi.

Mazkur sport musobaqasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng joriy etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6099-son Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 noyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollikni oshirishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 735-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek, “O‘zbekiston yoshlari forumi-2021” oyligi eʼlon qilinganligi munosabati bilan tashkil etildi.

Qayd etish joizki, “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vaziri Kubogi” uchun turnir quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

- mini futbol;

- shaxmat;

- badminton;

- armrestling;

- kvest.

Tasdiqlangan jadvalga asosan, badminton musobaqalarida 18 nafar (10 nafar o‘g‘il va 8 nafar qiz), futbolda - 90, ​​shaxmatda - 20 (12 nafar o‘g‘il va 8 nafar qiz), armrestlingda - 25 (19 nafar o‘g‘il va 6 nafar qiz), kvestda - 21 (11 o‘g‘il va 10 qiz), jami 174 nafar talaba (shundan 32 nafari qizlar) jalb etildi.

Tanlovda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Urganch davlat universiteti, Farg‘ona davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, shuningdek, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari ishtirok etishdi.

Jamoaviy sport va yengil atletika o‘yinlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi hududida (yopiq zalda) mini futbol bo‘yicha final bosqichi bo‘lib o‘tadi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti binosida esa badminton, shaxmat, armrestling bo‘yicha final o‘yinlari o‘tkaziladi.

Registon maydonida kvest bellashuvlari bo‘lib, unda universitet talabalari turli boshqotirma va mantiqiy topshiriqlar yechish uchun test sinovlaridan o‘tadi.

Sport musobaqalari yakunida “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vaziri Kubogi” dasturining rasmiy qismini O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, Turizm va sport vaziri, "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimovning   nutqi bilan taqdim etilgan barcha sport turlari bo‘yicha g‘oliblarni taqdirlash marosimi boshlanadi.

Taʼkidlash joizki, “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vaziri Kubogi”ning final bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Samarqand viloyat hokimligi hamda Samarqand viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda.

80 dan 149 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar