Administrator

Administrator

Dushanba, 13 Dekabr 2021 16:18

Nikita Makarenkoning ma'ruzasi

Joriy yilning 13-dekabr kuni jurnalist, blogger, teleboshlovchi, prodyuser, dramaturg, sozanda, o'qituvchi va jamoat arbobi Nikita Anatolevich Makarenko “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari uchun "Targ'ibot. Axborotni nazorat qilishning turli usullari" mavzusida ma'ruza qildi.

Ushbu ma'ruzaning asosiy maqsadi, talabalarga targ'ibot nima ekanligi va inson dunyosining suratini boshqarishga qanday ta'sir qilishini tushuntirish va etkazishdir. Shuningdek, ma'ruza davomida turli xil targ'ibot texnologiyalari ko'rib chiqildi, bu esa odamlarni kerakli va keraksiz harakatlar qilishga undaydi.

Ushbu ma'ruzalarning o'tkazilishi talabalarga ommaviy axborot vositalari sohasida mutaxassis N.A.Makarenkoning tajribasi bilan tanishish imkonini berdi. Ma'ruza yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Ta'kidlash joizki, tashrif davomida N.Makarenko universitet kutubxonasini ingliz tilidagi noyob kitoblar bilan boyitdi.

Juma, 10 Dekabr 2021 16:48

"Turizmda turk tilining ahamiyati "

Turkiya Madaniyat va turizm vazirligiga qarashli Turkiya xalqaro hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TICA) mutaxassislari "Ipak yo'li" turizm va madaniy merosi xalqaro universiteti talabalari uchun "Turizmda turk tilining ahamiyati " mavzusida darslar o'tkazdilar.

Ushbu mashg'ulotlar Anqara Yildirim Beyazit universiteti va Gazi universiteti professor-o'qituvchilari ko'magida o'tkazildi. Shuni ta'kidlashni kerakki, ushbu dastur ikki hafta davom etdi va unda 60 nafar talaba ishtirok etdi.

 Ikki haftalik dastur so’ngida esa har bir talaba imtihon topshirdi va sertifikat bilan taqdirlandi.

Ushu professional darslar va uchrashuvlar O'zbekiston hamda Turkiya uchun manfaatli hamkorliklar debochasi bo'lib xizmat qilishiga ishonamiz.

Ta'kidlash joizki, Turkiya Respublikasi O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyoda birinchi bo'lib tan olgan. 1996-yilda mamlakatlarimiz abadiy do'stlik va hamkorlik to'g'risida shartnoma imzoladilar. Xalqlarimiz chuqur tarixiy ildizi, umumiy dini, tili, qadriyat va urf-odatlarining o'xshashligi bilan o’zaro chambarchas bog'liqdir. O'zbekiston bilan Turkiya o'rtasidagi o'zaro ishonchga asoslangan do'stona munosabatlar bugungi kunda faol mustahkamlanmoqda.

Seshanba, 07 Dekabr 2021 16:27

Eʼlon!

Ruhiy holatingiz izdan chiqdimi? Ichingizni kemirayotgan muammolarni hech kimga aytolmayapsizmi?

Buning yechimi bor!

 «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari uchun @univ_psixologik_xizmat_bot  telegram-boti ishga tushdi. Sizni qiynayotgan barcha savollarga psixolog Dildora Turdiyeva javob beradi. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.

Men sizning do‘stingiz, sirdoshingiz bo‘laman. Muammoingizni birgalikda hal qilamiz!

     Mazkur tanlovda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talaba-qizlari ham ishtirok etishdi. Xususan, “Turizm faoliyatida logistika” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Hamroqulova Shahloxon 1-o‘rin, “Turizm faoliyati” yo’nalishi 4-bosqich talabasi Santurova Azizaxon esa 3-o‘rinni egallashdi. Talaba-qizlar o‘z intellektual salohiyati hamda zukkoligi, tashabbuskorligi, mustaqil fikrlarini namoyish etishib,  hay’at az’olari, tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lishdi. Hamroqulova Shahloxon mazkur tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Juma, 03 Dekabr 2021 17:04

Xalqaro nogironlar kuni

3-dekabr kuni xalqaro nogironlar kuni har yili butun jamiyat e'tiborini imkoniyati cheklangan insonlar ehtiyojiga va muammolariga e’tibor qaratishlari uchun nishonlanib kelinadi.

Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan turizm va madaniy meros "Ipak yo'li" xalqaro universiteti xodimlari uyda o'qitiladigan bolalarni (30-maktab) ziyorat qildilar. N. Abduvaxidova va A. To'xtamishev bolalarga o'qish, mustahkam sog'liq va yuksak hayotiy yutuqlar tilab qoldi.

Har yili 1-dekabrda nishonlanadigan Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni OIV/OITS haqida global xabardorlikni oshirish va pandemiyaga qarshi xalqaro birdamlikni ko‘rsatishga qaratilgan.

Shu kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti murabbiylari talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi hamda talabalar bilan suhbat o'tkazishdi, unda talabalar kasallik haqida ma'lumot olishdi va shu bilan birgalikda turli infeksiya xavfini muhokama qilishdi.

Shuni alohida ta’kidlab o'tish joizki, bunday tadbirlarning o‘tkazilishi yoshlarning o‘z salomatligi, kelajak avlod salomatligini asrashiga xizmat qilmoqda.

Payshanba, 02 Dekabr 2021 16:18

Talaba qizlar bilan davra suhbati

    2021 yilning 1 dekabr kuni universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova, universitet psixologi D.Turdieva va universitet shifokori S.Toshevalar  № 5-son talabalar turar joyida  talaba qizlar o‘rtasida “1 dekabr - butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etishdi.

     M.Abbasova qizlarga odob-ahloq, ma’naviy barkamollik borasida ma’ruza o‘qidi. Oliy toifali shifokor S.Tosheva qizlarga ushbu dolzarb muammoning tibbiy tomoni haqida gapirib, kasallikni yuqtirish, oldini olish borasida qimmatli maslahat va tavsiyalar berdi. Psixolog D.Turdieva esa kasallikning ruhiy aspektlari to‘g‘risidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, har qanday vaziyatlarda talaba qizlarga psixologik yordam berishini ta’kidladi.

     Suhbat so‘nggida qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga konstruktiv javoblar olishdi.

"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabasi Alisher Oripov universitet kutubxonasiga o'zining shaxsiy kolleksiyasidan 20 ga yaqin kitob sovgʻa qildi. Hozirgi kunda Alisher turizm, mehmondo'stlik va tadbirlarni tashkil etish yoʻnalishida magistratura ikkinchi bosqich talabasi.

Universitet ma'muriyati va kutubxona xodimlari universitet magistriga samimiy minnatdorchilik bildiradi.

Joriy yilning 1-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Indoneziya Halol turmush tarzi markazi raisi, Sahid universiteti (Indoneziya) katta o‘qituvchisi doktor S.Nirvandarga universitetning faxriy doktori unvonini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Taqdirlash marosimini “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, AQShning Garvard universiteti, Buyuk Britaniyaning Oksford va Germaniyaning Geydelberg universitetlari bitiruvchisi, professor Dj.Xoffman o‘zining qutlash nutqida Sapta Nirvanda kabi buyuk shaxsni universitetning Faxriy professorlari qatorida ko‘rish universitet uchun katta sharaf ekanini ta’kidladi.
Universitet majlislar zalida “Dunyodagi halol turmush tarzi trendi” mavzusida mehmon ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. So‘ngra universitet talabalariga Indoneziyada turizmni rivojlantirishga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.
Ma’ruza so‘ngida tomonlar esdalik sovg‘alar bilan almashdilar, martabali mehmon universitet kutubxonasiga marketing, iqtisod va biznesga oid ko‘plab kitoblarni sovg‘a qildi.
Tashrif yakunida faxriy mehmon uchun universitet  binosi bo‘ylab sayohat uyushtirildi.

Chorshanba, 01 Dekabr 2021 15:00

Kuningizni tabassum bilan qarshi oling!

Qishning birinchi kuni, yaʼni 1-dekabr sanasida “Ipak yoʼli” turizm va madaniy meros universitetida “Zoʼravonlikka qarshi faol harakatlarning 16 kuni” kampaniyasi doirasida ajoyib aktsiya oʼtkazildi.

Universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Аbbasova va psixolog D.Turdiyeva tashabbusi bilan tashkil etilgan oʼziga xos tadbir barcha ishtirokchilarga ertalabdan xush kayfiyat ulashib, ijobiy hislar uygʼotdi. Universitet foyesida professor-oʼqituvchilar, xodimlar va talabalarni kutib olgan tashkilochilar ularga turli savollar bilan murojaat qilishdi. Ular ham berilgan savollarga o‘z fikrini bildirishdi.

Tadbir ishtirokchilarda yaxshi taassurot qoldirdi va pozitiv munosabat oʼrnatishga yordam berdi. Hamma oʼz ishi, yumushi bilan band boʼlgan bugungi tezkor va shiddatli zamonda birgina shirin soʼz, yaxshi muomala, tabassumga vaqtimizni, soʼzimizni qizgʼanamiz. Аgressiya va zoʼravonlik holatlari tez-tez takrorlanib turadigan bugungi kunda ezgu amallar, yaxshilik ayni muddao boʼlishi aniq.

79 dan 149 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar