Sizlarni kirib kelayotgan 8 mart — Xalqaro xotin qizlar kuni bayrami munosabati bilan chin ko‘nglimizdan tabriklab, sizlarni 4-mart kuni, soat 14.00 da universitet Faollar zalida, bayram munosabati bilan tashkil etilayotgan “Ayollari ardoqlangan yurt” bayram-konсertiga taklif qilamiz!
Joriy yilning 28-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining majlislar zalida universitetning xotin-qizlar uchun “Xodim odob-axloqi, uning imidji va unga qo‘yiladigan talablar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo’limi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda bo’lim boshlig‘i N.Abduvohidova so’zga chiqdi va so‘nggi yillarda universitet xodimlarining imijiga, odob-axloq qoidalariga to’liq rioya etilishiga katta e’tibor qaratilayotganligini ta’kidlab o’tdi. Ta'lim muhitida ishtirok etuvchi shaxslarning axloqiy xulq-atvor tamoyillari va normalarini asoslanishga alohida ahamiyat berilayotgani qayd etildi.
Seminarda ishtirok etgan universitetning xotin-qizlar jamoasi o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Joriy yilning 2-mart kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy merosi xalqaro universiteti negizida turizm va servis kasb-hunar kollejlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha tadbirlarni amalga oshirishni muhokama qilish, shuningdek, ushbu sohada
amalga oshirilayotgan ishlarni hamda kutilayotgan natijalarni muhokama qilish va keyingi qadamlarni rejalashtirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda GIZ loyihasi menejeri Beate Shorait ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining vakili, mehmondo‘stlik va barqaror turizm sohasidagi xalqaro eksperti Maeve O’Brien, "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari, shuningdek, Toshkent, Andijon, Marg‘ilon va Xiva turizm va servis kasb-hunar kollejlari rahbarlari ishtirok etdi.
Ushbu uchrashuv davomida turizm sohasida ixtisoslashtirilgan adabiyotlarni turizm va servis kasb-hunar kollejlarining kutubxona fondiga topshirish rasmiy marosimi tashkil etildi.
GIZning “O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi bilan birgalikda loyiha doirasidagi pilot hududlarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda bir qator tadbirlar amalga oshiriladi:
1) 3 ta turizm va servis kasb-hunar kollejini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, ushbu kolejlar o’quv tizimiga dual o’qitish tizim elementlarini joriy etishga ko‘maklashish;
2) Qoraqalpog‘istonda turizmni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
3) Farg‘ona vodiysida turizmni rivojlantirish bo’yicha:
− Mahalliy jamiyatga asoslangan turizmni rivojlantirish (CBT pilot loyihasi);
− Xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar salohiyatini oshirish;
− Farg‘ona vodiysining turizm salohiyatini targ‘ib qilish;
− Hunarmandchilik salohiyatini targ‘ib qilish.
Loyiha haqida qisqacha ma’lumot
“O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi 2021-yil iyun oyidan boshlab amalga oshirilib kelinmoqda va hozirda O‘zbekistonning 5 ta hududida qishloq xo‘jaligida qiymat qo‘shilish zanjirini rivojlantirish (ya’ni organik mevalar yetishtirish, sertifikatlashtirish, baliq yetishtirish va chorvachilik), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi
akademiyasi bilan hamkorlik qilish, shuningdek, turizm sohasini rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda ish olib bormoqda.
2022-yil II-chorak mustaqil izlanuvchilar uchun 28-fevral kuni o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi
Oʼzbek sheʼriyatining otashnafas shoiralaridan biri, inson ruhiyati dunyosining betakror kuychisi shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 107 yilligi munosabati bilan 1 mart kuni «Ipak yoʼli» turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan tadbir boʼlib oʼtdi.
Tadbirni universitet Xotin-qizlar kengashi raisi M.Аbbosova kirish soʼzi bilan ochib berdib barchani bahor ayyomi, yangilanish fasli bilan tabrikladi. Shuningdek, tadbirda soʼz olgan Turizm menedjmenti fakulьteti boshligʼi Raʼno Toshniyozova shoiraning benazir sheʼriyati haqida toʼxtalib oʼtdi. Shoiraning betakror isteʼdodi, Vatanga muhabbat, vafo va sadoqat tuygʼusini, olijanob insoniy fazilatlarni yuksak pardalarda tarannum qilgan yetuk badiiy asarlari, ibratli hayoti hamda ijtimoiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishga qoʼshgan ulkan hissasi eʼtirof etildi. Tadbirda shoira Zulfiya ijodidan parchalar oʼqildi. Ona Vatanni, bahorni tarannum etuvchi sheʼrlari yangradi.
“Ushbu tadbirdan koʼzlangan asosiy maqsad, albatta, talaba-qizlar qalbida oʼz ajdodlaridan faxrlanish va ularga munosib voris boʼlishga intilish tuygʼusini jo etish, hayot chorrahalarida matonatli, jasoratli boʼlish, vafodorlik kabi tuygʼularni shakllantirishdan iboratdir. Bunday tadbirlar talabalarni mustaqil fikrlashga, tanqidiy fikrini rivojlantirishga, mustaqil mutolaaga, mulohaza qilishga oʼrgatadi, jamoat boʼlib ishlash muhitini yaratadi. Yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, bunday tadbirlar tufayli ilm istagi hamda dam olish uygʼunlashadi, talabalarning boʼsh vaqtlari mazmunli oʼtishiga munosib hissa qoʼshadi,- deydi Yoshlar bilan bilan mahallabay ishlash va tadbirlar boʼlimi boshligʼi N.Аbduvaxidova.
Joriy yilning 1-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga Samarqand shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 10 – “V” sinf o’quvchilari tashrif buyurishdi.
Ekskursiya davomida ularga o‘quv-ishlab chiqarish kompleksiga kiruvchi mehmonxona xonalari, bar-restoran; ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan va 250 kishiga mo‘ljallangan konferens-zal; kafeteriy usulida qayta ta’mirlangan oshxona; universal sport zali; shuningdek, kutubxona va suv havzasi namoyish etilib, batafsil ma’lumotlar berildi.
#5_MUHIM_TASHABBUS_AMALDA
2022-yil 1-mart kuni «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi hamda Sport klubi raisi o‘rinbosari Z.Kafiyev tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va ularning ommaviy sport turlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida yotoqxonada istiqomat qiladigan talabalar o‘rtasida "Voleybol" bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
#5_MUHIM_TASHABBUS_AMALDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi "Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi PF-4958-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi "Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 304-son qarori bilan tasdiqlangan "Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida"gi Nizom ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 28-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2-chorak uchun mustaqil izlanuvchilika qabul qilish bo‘yicha imtihonlar bo‘lib o‘tdi.
Bugun, joriy yilning 28-fevral kuni “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetining majlislar zalida “Ekologiya va madaniy meros” mavzusidagi III Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Bir kun davom etadigan xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad unutilayotgan madaniy meros, atrof-muhitga ta’sir etuvchi muammolarni ko‘rib chiqish, shuningdek, ilmiy bilimlarni ommalashtirish, kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish, yoshlar e’tiborini ilm-fanga, ekologiya va madaniy meros sohasida ijodkorlik va tadqiqot ishlariga jalb etishdan iborat.
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Xitoy Xalq Respublikasi, Yevropa davlatlari vakillari onlayn va oflayn tartibda faol ishtirok etib, o‘z navbatida, kelgusidagi tadbirlar, shuningdek, atrof-muhit va madaniy merosni yaxshilash uchun innovatsion texnologiyalar bo’yicha fikr, tajriba almashmoqdalar.
Anjumanda to‘plangan ulkan madaniy meros bugungi davr kishisining uni idrok etish va baholash qobiliyati bilan chambarchas bog‘liqligiga e’tibor qaratildi. Milliy o‘zlikni anglashning mazmun-mohiyati, semantik o‘zagi bo‘lgan tarix va madaniyat yodgorliklari tamaddunning buzg‘unchi unsurlaridan himoyalanmagandir. Boy tarixiy o'tmishi, murakkab buguni bo'lgan butun dunyo uchun bugungi kunda madaniy merosni tushunish muammosi, birinchi navbatda, madaniy jihatdan o'zini anglash muammosini hal qilish hayotiy ahamiyatga ega.
Ishtirokchilarning saralangan ishlari “Ipak yo‘li” universiteti veb-saytida joylashtiriladigan maqolalar to‘plamida chop etiladi, barcha maqolalarga DOI raqami beriladi.
Joriy yilning 28-fevral kuni Uxta davlat texnika universiteti (UDTU) delegatsiyasi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlar tashrifining dastlabki daqiqalaridanoq universitetning “Smart Campus” dizayni ko‘lamini yuqori baholadilar. Ular uchun ekskursiya tashkil etilib, unda Buyuk ipak yo‘liga bag‘ishlangan ekspozitsiyalarga alohida e’tibor qaratildi. Mehmonlar Osiyo tarixi, madaniyati va merosiga oid nodir nashrlarni o‘z ichiga olgan ultrazamonaviy kutubxonaga ham alohida e’tibor qaratildi va mehmonlar uni noyob adabiyotlar bilan to‘ldirishga va’da berishdi.
Uchrashuvda USTU va Ipak yoʻli universiteti oʻrtasida taʼlim sohasidagi hamkorlik, turizm sohasida Rossiya-Oʻzbekiston munosabatlarini rivojlantirish, shuningdek, universitetlar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni yanada rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokama qildilar.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz