Talabalarning boʼsh vaqtini unumli oʼtkazish maqsadida «Ipak yoʼli» turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2022-yil 31-mart “Zakovat” intellektual oʼyini tashkil etildi. Bu galgi bahslarda 12 ta jamoa oʼzaro bellashdi.
Intellektual oʼyinga universitetning Yoshlar yetakchisi Sarvar Haydarov va 2-bosqich talabasi Xushnudbek Toshpoʼlatov boshchilik qildi. Universitetda oʼtkazilayotgan ushbu intellektual oʼyinga qiziquvchi bilimdonlar soni kundan kunga koʼpayib, qiziqarli tarzda olib borilmoqda.
Hurmatli talabalar, “Zakovat” intellektual oʼyinlarida faol boʼlishlaringizni tavsiya qilamiz. Inson qancha koʼp savol tuzsa, shuncha koʼp narsa oʼrganadi. Bitta savolni tuzish jarayonida inson oʼsha savolga aloqador turli yoʼnalishdagi bilimlarini taftish qiladi, uni mantiqan shakllantiradi. Toʼgʼri, boshida tuzilgan savollar mukammal bo’lmasligi mumkin, lekin keyingi urinishlarda savollar mazmuni ham yaxshilanib boraveradi.
Intellektual oʼyinlar bilan doimiy shugʼullaning. Hozir internetda ham ochiq o’yin platformalari koʼp. Ularda qatnashing va natijalaringizni doimiy nazorat qilib boring.
“Ipak yo’li” universitetida "Kitobsevarlar jamiyati" nomi ostida jamoa shakllantirildi. Jamoa a’zolari tomonidan har hafta bir kitob tanlanadi va birgalikda tahlil qilinadi. Muhokama turli mavzular doirasida (badiiy adabiyot, tarix, madaniyat, turizmga oid asarlar, ilmiy innovatsiyalari, texnologiyalar) bo’lib o’tadi. Klub a’zolari (25-mart holatiga ko’ra) 90 nafar 1-3-bosqich talabalaridan iborat.
Manzil: Telegram (https://t.me/sruit_bookclub) – Silk Road Booklovers Club
Ma’lumki, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari uchun jahon turizm servisi tajribasini o‘rganish va o‘zlarida jahon standartlari darajasida ish ko‘nikmalarini shakllantirishi muhimdir. Shu sababli “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Artifist EOOA agentligi bilan hamkorlikda Fransiyaning Riviera hududiga 3-4 oylik amaliyotga yuborish uchun shartnoma tuzdi. Shartnomaga ko‘ra, 2022-yil iyul-sentabr oyida universitetning yuqori kurs talabalaridan 70 nafari Fransiyaning Riviera hududidagi nufuzli mehmonxonalarda yoz oylarida to‘lovli stajirovkada bo‘lishlari rejalashtirildi. “Work and Travel” shaklida tashkil etiladigan bu stajirovkada talabalarga maoshdan tashqari uchish biletlari, tekin turarjoy va ovqatlanish imkoniyatlari ham beriladi.
Joriy yilning 28-mart kuni "Ipak yo'li" xalqaro turizm va madaniy merosi universitetiga CERGE-E deb nomlanuvchi iqtisodiy tadqiqotlar va Oliy ta'lim markazi vakili, Nyu-York shahar universiteti professori R. K. Filler va doktor N. Alimuhammedova tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida universitet talabalari uchun "Iqtisodiy savodxonlik va ta'lim" mavzusida ma'ruza o'tkazildi. Shimoliy Amerika va Evropada iqtisodiy savodxonlik harakatining asosi yoritilgan "Sog'lom iqtisodiyot" kitobi diqqat markazida bo'ldi. Jamg'arma Pragadagi Charlz universitetida iqtisod bo'yicha doktorlik dasturlarini qo'llab-quvvatlaydi. "Chexiya MDH mamlakatlarida iqtisodiy pedagogikani yanada rivojlantirish masalasida mustahkam pozitsiyaga ega. Bu esa XX asr iqtisodiyoti va iqtisodiy nazariyasining tamoyillarini, maktablari va oqibatlari asosini tushunishni talab etadi",- deydi professor K. Randall.
Jamg'arma ilmiy darajalari (Amerika modeli bo'yicha magistr va PhD) Praga iqtisodiy tadqiqotlar markazi va Charlz universiteti oliy ta'lim va Fanlar Akademiyasi Chexiya Iqtisodiyot instituti o'rtasidagi hamkorlik orqali qo'llab-quvvatlanadi. Bundan tashqari, Nyu-York shtati Regents Kengashi tomonidan berilgan ilmiy darajaga ega bo'lgan ta'lim dasturlari uchun doimiy Nizomga ega bo'lgan Nyu-York davlat ta'lim departamentini tashkil etadi.
O'quv ishlari bo'yicha prorektor prof.Hoffman "Ipak yo’li" universiteti CERGE ta'limiy maqsadlarini ham iqtisodiy savodxonlik, ham doktorantura faoliyatiga nisbatan joriy etishini ta'kidladi
Ma'ruzadan so'ng mehmonlar universitetning professor-o'qituvchilari bilan magistratura va doktorantura bo’yicha hamkorlik ishlari, ta'lim olish yo'llarini o'rganish uchun uchrashdilar va Samarqand hamda Praga o'rtasidagi aloqalar mustahkamlanishiga umid bildirdilar. Talabalarning keyingi ta’limiy bosqichlarini belgilash uchun o'quv guruhi tuzilishi ta’kidlandi.
undefinehttp://econ.hunter.cuny.edu/faculty/economics-faculty/randall-k-filer/ d
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi 92-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 29 -mart kuni «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi va Samarqand viloyat ishchi guruhi rahbari Vohidova Sanoat Xamidovna tomonidan universitet professor-o’qituvchilari va xodimlari uchun “Milliy libos madaniyat ko’zgusi” mavzusida ma'naviy- ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Targ‘ibot tadbiri doirasida Samarqand viloyat diniy qo’mitasi bosh mutaxassisi S. Xamidova o’z ma’ruzasi va prezentasiyasida o‘zbekona kiyinish madaniyatini targ‘ib qilish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlariga amal qilish, milliy an’analarimizni keng targ‘ib qilish orqali urf-odat va qadriyatlarimizga xos bo‘lmagan kiyinish uslublariga taqlidning oldini olish, yoshlarda milliy kiyinish madaniyatini shakllantirish, oliy ta’lim muassasasida kiyinish odobi va me’yorlariga rioya qilish bo‘yicha ma’lumot berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi 92-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 29 -mart kuni «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi va Samarqand viloyat Diniy boshqarmasi tomonidan universitet professor-o’qituvchilari va xodimlari uchun Jaholatga qarshi ma’rifat g’oyasi yoshlarning aqidaparast oqimlar ta’siridan saqlash va missionerlikka qarshi kurash” mavzusida muhim ma'naviy- ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Amaliy seminarda Samarqand viloyat diniy qo’mitasi bosh mutaxassisi S.Boymurodov, Samarqand viloyat diniy qo’mitasi bosh mutaxassisi S.Najmiddinovalar o’z ma’ruzalari va prezentasiyalari bilan ishtirok etishdi.
Tadbirda mutahassislar so’zga chiqib, ekstremizm va terrorizm insoniyat bilan birga XXI asrga kirib kelgan eng xavfli ijtimoiy illatlardan biriga aylandi. ekstremizm bag'rikenglik, rang-baranglik va hamfikrlilikni rad etishi bilan mamlakat taraqqiyoti va fuqarolararo hamjihatlikka raxna solayotganligi. Aqidaparastlar nafaqat ijtimoiy hayotning siyosiy, iqtisodiy yoki madaniy sohalariga zarar etkazadilar, balki jamiyatga ommaviy tarzda psixologik bosim o'tkazib, eng mudhish shakllardagi zo'ravonlik va agressivlik mafkurasini yoyadilar. Shu nuqtai-nazardan, jamiyatda diniy asosda nizolar chiqishiga yo'l qo'ymaslik, dinni siyosiylashtirish va soxtalashtirish orqali mamlakatdagi ijtimoiy barqarorlikni izdan chiqarishga qaratilgan har qanday harakatning oldini olish davlat va jamiyatning oldida turgan hayotiy muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ekstremizm va terrorizm alohida mamlakatlarning milliy xavfsizligi va umuman jahon hamjamiyatiga jiddiy tahdid uyg'otayotgan omilga aylandi. Umumbashariy muammoga aylangan ekstremizm va terrorizmni jahon hamjamiyati faqat birgalikda, turli tor geosiyosiy manfaatlardan voz kechgan holda harakat qilibgina enga olishi mumkinligi aksariyat davlatlar tomonidan tan olingan ayni haqiqatdir.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ham bu masala yuzasidan: “Ayni vaqtda dunyoning ba'zi mintaqalarida yuzaga kelgan notinch vaziyat aholi migratsiyasi kuchayishiga, bu esa, o'z navbatida, terrorizm va ekstremizmning tarqalishiga hamda ularning global muammolardan biriga aylanishiga olib kelmoqda. Bunday vaziyatda milliy davlatchiligimiz, mustaqilligimiz, aholimizning tinch va osoyishta hayoti va xavfsizligimizni saqlash biz uchun eng ustuvor vazifaga aylanib bormoqda” deb so'zlaganlar.
Ta'kidlash joizki, turli ekstremistik va terroristik tashkilotlar Markaziy Osiyo davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarishga qaratilgan faoliyatini davom ettirmoqda. Shu nuqtai-nazardan, muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev jahon hamjamiyati e'tiborini Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash maqsadida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, terrorizm va ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik va narkotrafik tahdidlariga qarshi samarali kurashishni BMT preventiv diplomatiya usullaridan foydalangan holda, shuningdek, MDH, ShHT, EXHT va boshqa nufuzli xalqaro hamda mintaqaviy tuzilmalar mexanizmlari doirasida ta'minlash mumkin ekaniga, xavfsizlikka tahdidlarni “o'ziniki va o'zgalarniki” deb ajratishdan voz kechish, “yaxlit xavfsizlik” tamoyiliga amalda rioya qilish zarurligiga qaratmoqda.
Ekstremizm va terrorizm illatining so'nggi paytlarda tobora kuchayib borayotgani mazkur muammoning naqadar dolzarb ekanini ko'rsatayotgani to’g’risida ma’lumot berdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-son qarori 5-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida universitetda muzey rahbarlari hamda arxeolog va restavratorlarning qisqa muddatli onlayn o‘quv kurslari tashkil etildi.
O‘quv kurslarida respublikamizda faoliyat yuritayotgan muzeylar rahbarlari, areolog olimlar hamda restavratorlar onlayn ishtirok etishdi. O’quv kurslari 28-martdan 2-aprelga qadar davom etadi.
Muzey rahbarlari hamda arxeolog va restavratorlarning qisqa muddatli onlayn o‘quv kurslarini tashkil etishdan maqsad, oʻzbek xalqining boy tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi noyob madaniy merosni asrashga oid ishlarni kuchaytirish, sohani raqamlashtirish, innovatsion rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan muzey rahbarlari, arxeolog va restavratorlar uchun o‘zaro tajriba almashish shu sohada olib borilayotgan ishlarni ommalashtirishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi 92-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 2022-yilga muljallangan yillik kalendar-reja ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 29 -mart kuni «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi, universitet talabalari hamda universitet kafedra mudiri Mastura Siddiqova bilan hamkorlikda Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.
Muzeyda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 16 apreldagi qaroriga asosan Behbudiy tavalludining 145 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan uy-muzeyda ulug‘ ma’rifatparvar, noshir, jurnalistning hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar, o‘sha davr madaniyati, ma’rifati, ilm-fan rivojiga hissa qo‘shgan bir qancha ma’rifatparvar olimlarning fotosuratlari, ilmiy asarlari gazeta va jurnallar kabi qator ashyolar mavjud.
27 mart kuni universitetimizga Yaponiyaning halqaro xamkorlik agentligi (JICA) tashkilotining mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari janob Dr. Suguru Miyazaki va shu vakolatxonaning maslahatchisi janob Norihiro Toki tashrif buyurdilar.
Birinchi prorektor prof. Jo'liboy Eltazarov yaponiyalik mehmonlarni qarshi oldi va universitetimiz Rektori A.A.Abduhakimov va jamoa nomidan ularni qizg'in qutladi.
Uchrashuvda JICA va "Ipak Yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda yapon universitetlarida o'rtasida madaniy: ta'lim va ilmiy sohalarda hamkorlik qilish masalalari haqida fikr almashildi. Universitet bilan hamkorlikda JICA kafedrasini tashkil etish, Yaponiyadagi tegishli oliy ta'lim mussasalaridan turizm, madaniy meros, madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va muzeyshunoslik sohalaridan mutaxassislarni ta'lim jarayoniga jalb etish xususida kelishib olindi.
Uchrashuv so'ngida mehmonlar universitetdagi Ipak Yo'lidagi mamlakatlarning kiyimlari hamda choy galereyalari, kutubxona hamda yangi ta'mirdan chiqqan tarixiy rektorat binosi bilan tanishdilar. Universitet kutubxonasidagi yapon tili, adabiyoti, madaniyati, tarixi, iqtisodiyotiga oid 5000 dan ortiq nodir kitoblar, darslik va o'quv adabiyotlarning mavjudligi mehmonlarni hayratga soldi. Shuningdek, mehmonlar kelgusi o'quv yilidan e'tiboran "Ipak Yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida yapon tili va madaniyati darslari o'tila boshlashi haqidagi ma'lumotni quvonch bilan kutib oldilar.
Kishan so‘zini tushuntirishga hojat yo‘q, deb o‘ylayman. Shu onda barchamizning ko‘z o‘ngimizga mahkum va mahbuslarning qo‘l-oyoqlariga solinadigan zil-zambilday og‘ir zanjirlar kelgani, shubhasiz. Bu ularning qochib ketmasligi maqsadida qilingani aniq. Biz bugun fikr yuritadigan kishan so‘zlarning ma’nosi ham aynan shunday. Bu vaziyatda biz og‘zimizdan chiqayotgan gaplar bilan erkinligimizga qo‘shib, baxt, omad, daromad, mehr-muhabbatga bo‘lgan haqqimizni cheklab qo‘yamiz.
«Qo‘limdan kelmaydi»;
«Men buni qilolmayman»;
«Buning iloji yo‘q»;
«Imkonim yo‘q»;
«Va’da berolmayman»;
«Menga bog‘liq emas»;
«Menga/bizga yo‘l bo‘lsin»;
«Hali mavridi emas»;
«Buni o‘zimga ep ko‘rmayman»;
«Menga ko‘p narsa kerak emas»;
«Bunday mas’uliyatni bo‘ynimga ololmayman».
Ushbu so‘zlarni kun davomida necha marta takrorlashimiz haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Aslida, bu Koinotga doimiy ravishda uzatadigan va o‘zimizga qaytib keladigan xabar ekanligi bizni ko‘p ham o‘ylantirmaydi. «Qo‘limdan kelmaydi», «Qanday bo‘larkin?» deb boshlangan ish, albatta, omadsizlikka yuz tutadi, ishonchsizlik, muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Keyingi bosqichda bizda o‘sha ishonchsizlik bilan bo‘lsa-da, qilingan urinishlar, harakatlarni ham qilmay qo‘yamiz. Natijada, stagnatsiya holatiga tushamiz, maqsadsiz, nursiz kunlar og‘ushida qolamiz.
Bundan tashqari, nemis olimi, psixoterapevt Nossrat Pezeshkian kishan so‘zlar insonni turli kasalliklarga “dasturlashi”ni bir qator tadqiqotlar orqali isbotladi.
Shunday ekan, nutqingizdagi kishan so‘zlardan halos bo‘ling, og‘zingizdan chiqayotgan jumlalarga e’tibor qarating.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz