Joriy yilning 5- aprel kuni “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tillar” kafedrasi professor-o'qituvchilari M.A. Boymatova, U. Yu. Abduvaxabova, T.K.Akramova hamda M.K.Yakubova tomonidan “Kitob-ma'naviyat ko'zgusi” mavzusida birinchi kurs talabalari uchun ochiq dars shaklida tadbir o'tkazildi.
Tadbir davomida talabalar o'zlari tanlagan she'rlarini ingliz tilida so'zlab berdilar, so'nggi yillarda o'qilgan kitoblar haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdilar. Shuningdek, aqliy hujum paytida talabalar “Book Lover” mavzusida so'z va maqollarni uslubiy tahlil qildilar.
Ochiq dars yakunida faol talabalarga diplomlar topshirildi.
Joriy yilning 5-aprel kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining № 1son TTJ da universitetning birinchi prorektori J. Eltazarov, Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova, tyutorlar B.Allamurodov, G.Husainovalar bilan birgalikda "Inson qadri uchun" tamoyili, "Talaba-qizlar haq-huquqlari va sha'ni himoyada", "Internet tarmoqlari do'stmi yoki dushman"mavzularida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida yig'ilgan talaba-qizlarga unversitetning birinchi prorektori J.Eltazarov tomonidan 2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida, ayniqsa, ta'lim tizimida xotin-qizlar uchun yana bir qator keng imkoniyatlar yaratilayotganligi, M. Abbasova tomonidan ularning qonuniy haq-huquqlari, oila sha'ni, obro'si hamma narsadan ustun ekanligi, bugungu kunga hayotimizni, ayniqsa, yoshlar hayotini internet tarmoqlarisiz tasavvur qila olmasliklari to'g'risida alohida to'xtalib o'tildi va bu mavzular borasida fikr va mulohazalar o'rtaga tashlandi.
Bundan tashqari, talaba-qizlarga tazyiq va zo'ravonlikka qarshi kurashish, jamiyatimizdagi ushbu xunuk illatlarning oldini olish maqsadida anonim so'rovnoma tarqatildi.
“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 4-aprel kuni “Mehnat yarmarkasi” o’tkazildi. Universitet talabalari uchun turistik majmua “SilkRoadSamarkand”, “Viloyat mehnat bandligi bosh boshqarmasi” va “Sogda-tour” turistik agentligi o’z taqdimotlarini namoyish etdilar. Seminar davomida vakant o’rinlar hamda bandlikni ta’minlash to’g’risida to’liq ma’lumot berildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oliy ta'lim muassasalari talabalari bandligini ta'minlash borasidagi vazifalarini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 4-aprel kuni Samarqand viloyati hokimligi tashabbusi bilan "Ipak yo'li" turizm va madaniy merosi xalqaro universitetida “Bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi” tashkil etildi.
Mazkur yarmarkada restoran va mehmonxona biznesi vakillari, aeroport, sayyohlik markazi, muzeylarni boshqarish, Registon ansambli va boshqa tashkilotlar ishtirok etdi.
Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad turizm sohasida xizmat ko'rsatish sifatini oshirish va malakali kadrlar bilan bandligini ta'minlash, shuningdek, talabalarni ish bilan ta’minlash, ularni band qilish, doimiy daromad manbaini topishlariga ko’maklashish, shu jumladan, ish beruvchilar bilan bevosita aloqada bo'lishga keng jalb etishdir.
Tadbir davomida barcha tashkilotlar universitet talabalari va bitiruvchilari uchun vakansiyalar banki bilan tanishish va ishga joylashish imkoniyatlari va shartlarini mustaqil ravishda tanlash uchun taqdimot o'tkazdilar.
“Yoshlarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan do‘st bo‘lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim”.
Sh.Mirziyoyev
Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil yetish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusdan biri - yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti uchun dasturulamal bo‘lmoqda.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga, talabalarni kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi.
2022-yil 1-aprel kuni “Ipak yo’li” universitetida talabalari tashabbusi bilan R.Toshniyozova rahbarligida tashkil etilgan "Kitobsevarlar jamiyati" klubining navbatdagi uchrashuvida Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" romanining muhokamasi bo'lib o'tdi.
#kitobxonlik klubi
#besh_tashabbus
Bugun universitetimizda talabalar o'rtasida "Speaking Club" bo'lib o'tdi. Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad talabalar bilan o'zaro fikr almashish, talabalar hayotida bo'ladigan voqealar haqida suhbatlashish va, asosiysi, o'qish jarayonidagi stresslarni, biroz bo'lsa-da, bartaraf etish hisoblanadi. "Speaking Club" tashkilotchilari 204- guruh talabalari, asoschisi ushbu guruh talabasi Isroilov Hamidillo. Tadbir ortiqcha rasmiyatchilk talab etmasligi bilan ajralib turadi va yagona sharti ingliz tilda va chin dildan suhbatlashishdir. "Speaking Club" har juma kuni soat 12.00 da bo'lib o’tadi.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi bo‘yicha «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar hamda Sport klubi raisi o‘rinbosari Z.Kafiyev tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va ularning ommaviy sport turlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida universitet talabalari o‘rtasida “Voleybol” bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.
Voleybol - sport turi jamoaviy sport o'yini bo'lib, bu jarayonda ikki jamoa raqibning tarafiga to'pni yo'naltirishga harakat qilib, raqibning (yerga yetib borishi) yoki himoya qiluvchi jamoaning o'yinchilari xatoga yo'l qo'yishi uchun maxsus maydonda raqobatlashadi. Shu bilan birga, bitta jamoa o'yinchilariga hujumni tashkil qilish uchun ketma-ket uchta to'p tegishiga ruxsat beriladi (blokga tegishdan tashqari).
Voleybol-har bir o'yinchi qat’iy tartibdagi maxsus maydoniga ega bo'lgan kontaktsiz, kombinatsion sport. Voleybol o'yinchilari uchun eng muhim fazilatlar: hujumkorlik, hujumlarda qarshi turish uchun kuch-quvvat, reaksiya, koordinatsiya, to’p bilan bo’ladigan hujumdan yuqori ko'tarilish imkoniyati.
Voleybol muxlislari uchun qoidalar soddaligi tufayli keng tarqalgan o'yin va dam olish usulidir. Voleybol Markaziy organi — xalqaro voleybol federatsiyasi - FIVB (ingliz.). Voleybol 1964-yildan Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan.
Ushbu o'yinni o'ynagan o'yinchi voleybolchi deb nomlanadi.
Plyaj voleyboli (1996 –yildan Olimpiya ko'rinishida), qor voleyboli, mini-voleybol, pionerbol, Park voleyboli (Tokiodagi 1998-noyabr oyida FIVB Kongressi tomonidan tasdiqlangan), o’tirgan holdagi voleybol (Paralimpiya sporti) kabi turlar voleybolning asosiy an’anaviy turidan kelib chiqqandir.
Turkum |
To'p bilan o'yinlar1 |
Dunyoda ishtirok etmoqda |
33 mln |
Jamoada sportchilar |
6 |
Inventar |
Voleybol to'pi |
Birinchi musobaqalar |
|
Olimpiya o'yinlari |
1964 |
Jahon chempionati |
1949 |
Evropa Chempionati |
1948 |
Xalqaro federatsiyasi |
|
Ismi |
FIVB |
Tashkil etilgan yil |
1947 |
Federatsiya rahbari |
Ari Grasa |
Veb-sayt |
2022-yil 31-mart kuni Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar boʼlimi tomonidan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida universitet professor-oʼqituvchilari, xodimlari va talabalari uchun davra suhbati oʼtkazildi.
Universitet birinchi prorektori J.Eltazarov kirish soʼzi davomida davra suhbati qatnashchilarining huquqiy ongini oshirilishi boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli bandlari yuzasidan tushuntirishlar berib oʼtdi. “Hozirgi zamonda milliy va xalqaro miqyosdagi huquqiy jarayonda tobora koʼp qoʼllanilayotgan atamalardan biri bu korrupsiyadir. Korrupsiya, albatta, bugun paydo boʼlgan illat emas, u avvaldan buyon mavjud boʼlib kelmoqda. Binobarin, mazkur hodisaga qarshi kurash masalasi birgina bizga taalluqli emas,- deydi J.Eltazarov
Xalqaro huquqning ayrim manbalarida korrupsiyaga berilgan taʼrifga koʼra, korrupsiya - pora olish (oʼziga ogʼdirish), davlat yoki xususiy sohada muayyan vakolatga ega boʼlgan shaxs, mansabdor shaxsning yoki xususiy sohada faoliyat yuritadigan shaxs yoki mustaqil agentning oʼz mansab vazifasini yoki shunga oʼxshash munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarini buzadigan, shuningdek, oʼzi yoxud oʼzga shaxslar manfaati uchun har qanday shakldagi manfaatdorlikka ega boʼlish maqsadida qilingan xatti-harakatdir.
Qonunchilik tahliliga qaraydigan boʼlsak, korrupsiya bilan bogʼliq holatlarga qarshi kurashish faoliyatining huquqiy asoslari koʼproq Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksida oʼz ifodasini topganini koʼramiz.
Mansabdor yoki mansabdor boʼlmagan shaxslar tomonidan yuqorida nazarda tutilgan xatti-harakatlar sodir etilishi oqibatida fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qoʼriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʼp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkaziladi.
Suhbatda yuqorida zikr etilgan moddalar boʼyicha batafsil maʼlumot berildi, mavzu doirasida savollarga javob qaytarildi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz