Administrator

Administrator

Payshanba, 17 Mart 2022 18:40

E’LON!

O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tanlov asosida ishga taklif qiladi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tanlov asosida Logistics of the tourist route fani, Travel Agency Operatians and Management fani, Security system management in tourism sphere fani, Data science and digtal transformation fani, Tourism Law, Digital Fundamentals management theory fanlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni ishga taklif qiladi:

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

- nomzod tomonidan shaxsan ingliz, o‘zbek va rus tillarida tuzilgan  mehnat samaradorligi ko‘rsatkichi – KPI yoki CV;

 - Ingliz, o‘zbek va rus tillarini mukkamal bilishi;

2017-yil 11-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 610-son qarori talablariga muvofiq Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan chet tilini bilish darajasi (B2 va undan yuqori bo‘lgan) to‘g‘risidagi sertifikatga yoki unga tenglashtirilgan ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi hujjat (IELTS–6.5, TOEFL 575, xorijda ta’lim olgan va dars bergan mutaxassislarga til bilish sertifikati);

  • ta’lim sohasida eng kamida 3 yil tajribaga ega bo‘lishi;
  • kompyuter texnikasini yaxshi egallashi;
  • o‘z mutaxassisligini mukkammal bilishi;
  • soha bilan bog‘liq hujjatlarni yurita olishi;
  • zarurat tug‘ilganda xizmat safarlariga chiqishi;
  • shaxsiy fazilatlardan: shijoatlilik, faollik, mas’uliyatlilik, qat’iyatlilik, tashabbuskorlik talab etiladi.

         O‘z navbatida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti nomzodlarga:

 barqaror oylik maoshi (oylik ustama haqi bilan);

 istiqbolli karyerani nazarda tutgan mehnat faoliyatini;

 xorij davlatlariga xizmat safarlarini taklif qiladi.  

Ish  tartibi: dushanbadan jumaga qadar (dars jadvali asosida).

Tanlov mudati: 2022 yil 10 aprel kuniga qadar

Nomzodlar Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. va Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  elektron manziliga quyidagi ma’lumotlarni yuborishi kerak:

O‘zbek yoki (rus), ingliz tilidagi KPI va CV

 “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

+998 66 240-67-73

Payshanba, 17 Mart 2022 18:34

E’LON!

O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tanlov asosida ishga taklif qiladi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tanlov asosida:

“Komplaens nazorat” bo‘limi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassisi (Mutaxassisligi iqtisodchi, iqtisodiy tahlil qila olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, shu yo‘nalishda kamida 3 yil ishlagan bo‘lishi lozim);

Marketing va rekruting bo‘limi boshlig‘i va yetakchi mutaxassisi (Mutaxassisligi marketolog yoki iqtisodchi bo‘lishi lozim);

IT bo‘limi yetakchi mutaxassisi (Axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis);

Yuridik byuro boshlig‘i (Mutaxassisligi huquqshunos hamda davlat tashkilotida kamida 3 yil yurist bo‘lib ishlagan bo‘lishi lozim);

Matbuot bo‘limi boshlig‘i (Mutaxassisligi filolog yoki jurnalist bo‘lishi lozim);

HoReCa Akademiyasi bo‘limi boshlig‘i va yetakchi mutaxassisi (Turizm va xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha mutaxassis bo‘lishi lozim);

SHXT Mamlakatlari bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali xodimlarni ishga taklif qiladi:

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

-  o‘zbek, ingliz va rus tillarini mukkamal bilishi;

- nomzod tomonidan shaxsan o‘zbek, ingliz va rus tillarida tuzilgan mehnat samaradorligi ko‘rsatkichi – KPI yoki CV;

-  o‘z sohasi bo‘yicha eng kamida 3 yildan 5 yilgacha mehnat tajribasiga ega bo‘lishi;

-  kompyuter savodxonligi bo‘yicha Microsoft Word, Exсel dasturlarini bilishi;

-  o‘z mutaxassisligini mukkammal bilishi;

-  soha bilan bog‘liq hujjatlarni yurita olishligi;

-  zarurat tug‘ilganda xizmat safarlariga chiqishi;

- yuklatilgan vazifalarni sifatli va samarali bajara oladigan;

- odob-ahloq normalariga rioya etadigan;

- shaxsiy fazilatlardan: shijoatlilik, faollik, mas’uliyatlilik, qat’iyatlilik, tashabbuskorlik talab etiladi.

         O‘z navbatida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti nomzodlarga:

- barqaror oylik maoshi;

- istiqbolli karyerani nazarda tutgan mehnat faoliyatini;

- xorij davlatlariga xizmat safarlarini taklif qiladi.  

Ish  tartibi: dushanbadan jumaga qadar (09:00 dan 18:00 gacha).

Tanlov mudati: 2022 yil 10 aprel kuniga qadar

Nomzodlar Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. va Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga quyidagi ma’lumotlarni yuborishi kerak:

O‘zbek yoki (rus), ingliz tilidagi KPI va CV

 “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

+998 66 240-67-73

Joriy yilning 10-mart kuni Turizm va madaniy meros vazirligining Turizm va madaniy meros sohalarida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish boshqarmasi va Samarqand turizm markazi vakillari bilan birgalikda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va uning tasarrufidagi professional ta’lim muassasalari hamda turizm sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarining  talaba-o‘quvchilari uchun ZOOM platformasi orqali Samarqand turizm markazida tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlar hamda ularda tashkil etilayotgan yangi ish o‘rinlari taqdimoti o‘tkazildi.

Mazkur taqdimot davomida Samarqand turizm markazidagi  mavjud vakant ish o‘rinlariga bitiruvchi talaba-o‘quvchilarni ishga qamrab olish  masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv jarayonida Samarqand turizm markazining mas’ul xodimlari T. Golikova va A. Ktorov ishtirok etib, ishga qabul qilinadigan  mutaxassislarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berdi.

Ishga kirish istagini bildirgan fuqarolar  Silkroad-Samarkand (https://job.silkroad-samarkand.com/ ) sayti orqali ma’lumot olishlari mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oliy ta'lim muassasalari talabalari bandligini ta'minlash borasidagi vazifalarini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 10-mart kuni "Ipak yo'li" xalqaro turizm va madaniy merosi universitetida SAG kompaniyasi rahbariyati ishtirokida konferensiya bo'lib o'tdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad universitet talabalari va bitiruvchilariga ishga joylashishda ko‘maklashish, shuningdek, ish beruvchi korxonaga istiqbolli yosh mutaxassislarni tanlashda iborat.

Tadbir davomida universitet bitiruvchilari va talabalariga turli yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi hamda korxonada ishlashning imtiyoz va shart-sharoitlari, vaqtincha va doimiy ishga joylashishda kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Ta’kidlash joizki, anjuman juda qiziqarli o‘tdi, interaktiv o‘yinlar o‘tkazildi va sovrinlar o‘ynaldi, shuningdek, kompaniyaning yetakchi mutaxassislari tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.

Bugungi tadbir natijasida ko‘plab bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Ma’lumot uchun: SAG 2000-yilda tashkil etilgan gilam ishlab chiqarish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi yetakchi kompaniya hisoblanadi. Bugungi kunda SAG ishlab chiqarish quvvati bo‘yicha Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlaridagi eng yirik korxona hisoblanadi.

Joriy yilning 7-17- mart kunlari "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakili sifatida Xalqaro grantlarni jalb qilish bo'limi boshlig'i Shavkat Ramazonov Turizm va madaniy meros vazirligining rasmiy delegatsiyasi tarkibida Fransiyaning Parij va Ruan shaharlarida bo'ldi. 

Uchrashuvlar chog'ida Ruan Normandiya va "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o'rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida o'zaro ilmiy tadqiqot va doktorlik dissertatsiyalarini birgalikda boshqarish masalasidagi hamkorlikka doir yo'l xarita ishlab chiqildi.

Shuningdek, "Ipak yo'li" universitetiga Ruan Normandiya universitetining yetakchi professorlari tashrif buyurishi rejalashtirildi.

Buning natijasida, turizm va madaniy meros sohasida o'zaro tadqiqotlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Rasmiy uchrashuvlar davom etmoqda.

Kutubxona mamlakat va millatning ajralmas qismi bo‘lib, insonning bilim to‘plash va oshirishga, madaniy va intellektual rivojlanishiga bo‘lgan ehtiyojini aks ettiradi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimov tashabbusi bilan kutubxona javonlari nodir kartografik kitoblar fondi bilan to‘ldirildi.

Endilikda o‘quvchilar ta’lim faoliyatida yordam beradigan, dunyo mamlakatlari, ularning boshqaruv shakllari haqidagi bilimlarini kengaytiruvchi kitoblarning so‘nggi nashrlari bilan tanishishlari mumkin. Mazkur kitoblar jahon xaritasi asosiy siyosiy va geografik o'zgarishlarni aks ettiradi. Xususan, javonlarda yangi mustaqil davlatlarning shakllanishi, ularning maqomining o'zgarishi, davlatlarning qo'shilishi va bo'linishi, suverenitetning yo'qolishi yoki qo'lga kiritilishi, davlatlar maydonining o'zgarishi, ularning o'zgarishi, davlatlar va poytaxtlar nomlarining o'zgarishi, boshqaruv shakllarining o'zgarishi va shu kabi mavzulardagi kitoblarni topish mumkin.

Universitet kutubxona fondining boyishi uchun har oyda katta hissa qo‘shib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimovga chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Joriy yilning 7-9-mart kunlari "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining ixtisoslashtirilgan amaliy hududi negizida Samarqand turizm va madaniy meros texnikumining “Mehmonxona biznesini tashkil etishga kirish" yo'nalishi bo'yicha davlat imtihoni bo'lib o'tdi.

Bugun 4 mart kuni "Ipak yo'li" xalqaro turizm va madaniy meros universitetining faollar zalida “Ayollari ardoqlangan yurt”shiori ostida bayram konserti bo'lib o'tdi. Talabalar, professor-o'qituvchilar, shuningdek, universitet ma'muriyati hamkorligida ushbu ajoyib bayram o'tkazildi.

Tadbir dasturi talabalar hamda erkak-xodimlar tomonidan namoyish etilgan turli xil chiqishlarga boy bo‘ldi. Universitet talabalar tomonidan muqaddas ayollarga, nafosatli qizlarga va albatta, mehribon onalarga bag‘ishlangan eng yaxshi sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar, milliy va zamonaviy ruhdagi raqslar va rang-barang liboslar ko‘rgazmasi bilan hayratlanarli daqiqalar va ko‘ngil torlarini hayajonga keltiradigan muhit orqali tamoshabin ko‘ngillariga yo‘l topishdi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan hayotimizni iliqlik, go‘zallik va g‘amxo‘rlik bilan to‘ldiradigan xotin-qizlarimizga qaratilgan minnatdorchilik, tabriklar va tilaklar bir necha bor yangradi. Bugungi tadbirga tashrif buyurgan barcha kishiga quvonch, muhabbat va bahor kayfiyati yor bo‘ldi.

Tadbirda yangragan barcha istaklar har bir xotin-qizlarimizning yuzlarida quvonch, tabassum va minnatdorchilik tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qildi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va muqaddas ayollar!

Joriy yilning 3-mart kuni Xalqaro maslahat qo‘mitasi kotibi Tamara Teneishvili boshchiligida YUNESKO vakillari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Tamara Teneishvili xonim universitet talabalari uchun yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholadi, shuningdek, nafaqat Osiyo, balki butun dunyo tarixi, madaniyati va madaniy merosiga oid kitoblarning nodir nashrlarini o‘zida jamlagan ultrazamonaviy kutubxona bilan ham tanishdi.

Muzokaralar chog‘ida “Ipak yo‘li” universiteti va YUNESKO o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, mamlakatimizning madaniy merosi, bu borada talabalar bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishning, madaniy merosni asrab-avaylash sohasida yangi loyihalarni innovatsion tatbiq etishning o‘rni ham muhimligi ta’kidlandi.

Payshanba, 03 Mart 2022 15:12

Psixologik farovonlikka erishamiz!

 Joriy yilning 2-mart kuni “Yaqinlarga mehr va muhabbat ulashish” kuni doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiyeva tomonidan motivatsion trening tashkil etildi.

    Afsuski, bugungi kunda insoniy his-tuyg‘ular va axloqiy fazilatlar tobora o‘z ahamiyatini yo‘qotib bormoqda. Hayot tashvishlari, kundalik muammolar odamlarni butkul holdan toydirmoqda, ko‘pchilik emotsional beqarorlik, hissiy charchash - yonishni boshidan kechirmoqda. Shuning uchun bugungi kunda psixologik farovonlikka erishish juda muhimdir.

    Bugungi trening maqsadi: ijobiy fikrlash, o‘z-o‘zini boshqarish, nazorat qilish qobiliyatini shakllantirish, ijobiy his-tuyg‘ularni yaratish, stressdan xalos bo‘lish, hissiy barqarorlikni rivojlantirish, o‘ziga ishonch hissini paydo qilish, bir-biriga do‘stona munosabatda bo‘lish, o‘zini omad, baxt, ezgulik, mehr-muhabbat, tinchlik va muvaffaqiyatga dasturlashni o‘rganish.

    Trening davomida psixolog Dildora Turdiyeva tomonidan bir qancha qiziqarli psixologik eksperimentlar, o‘yinlar, affirmatsiya seansi o‘tkazilib, yig‘ilganlarning umumiy kayfiyatini ko‘tarishga xizmat qildi. Motivatsion trening interaktiv shaklda o‘tkazildi, taklif va shaxsiy fikrlar tinglandi.

    Relaksatsion musiqa va kofe-breyk o‘rin olgan tadbir iliq va samimiy do‘stona muhitda o‘tdi va barcha ishtirokchilarda ijobiy his-tuyg‘ularni uyg‘otdi. Bir so‘z bilan aytganda, oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishildi!

75 dan 149 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar