Kutubxonamizning Turkologiya va turkiy tillarga oid bo'limi fondi yangi kitoblar bilan to'ldirildi. Turkiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Erol Olgan yaqinda Samarqandga qilgan tashrifida universitetimizning Birinchi Prorektori, turkolog-olim prof. Jo'liboy Eltazarovga bir nechta turkiy tilga oid lug'atlar, bibliografik ko'rsatkichlar bilan qatorda O'zbekistan Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ''Yangi O'zbekiston'' kitobining turk tilidagi nashrini topshirgan edi.
Birinchi Prorektorimiz bu kitoblar jamlanmasini, shuningdek o'z kutubxonasidan bir nechta dissertatsiya va avtoreferatlarni sovg’a qildi.
Quyida kutubxonamizga kelib tushgan ushbu kitoblar haqida qisqacha ma'lumot beramiz:
Turk olimlarining qariyb 30 yillik tadqiqotlari samamrasi bo'lgan bu ikki cildli asar Turkologiyaning turli yo'nalishlarda tekshirishlar olib borayotgan olim, mutaxassis va izlanuvchilarga katta yordam beradi. Bunday kitobning universitetimiz kutubxonasi fondidan joy olishi quvonarli hodisa, albatta. Ushbu nodir kitoblarni kutubxonamizga sovg'a qilgan muhtaram Turkiya Respublikasi Elchisi Olgan Bekar janoblariga universitetimiz jamoasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz.
2022-yil 24 -mart kuni “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova hamda universitetning 2-3-bosqich talabalariga mas’ul tyutorlar E.Jabbarova, G. Xusainovalar bilan birgalikda Ózbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-mart kungi PF-81-sonli va 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli farmonlarining ijrosini ta`minlash maqsadida uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvda “Ayollar daftari”, “Temir daftar”da ro`yxatga kiritilgan qizlar va guruh tyutorlari, guruh xotin-qizlar kengashi yordamchi qizlari qatnashdi. Uchrashuvda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash, xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, xotin-qizlar bandligini ta`minlash, ularning tadbirkorligini qo`llab-quvvatlash, xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlarning ta`lim olish uchun qo`shimcha shart-sharoitlar yaratish va ko`pgina masalalar bo`yicha suhbat olib borildi.
Uchrashuv davomida ko`pgina savollar berildi va takliflar ko`rib chiqildi.
"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari «Shon-sharaf» davlat muzeyi, «Mangu jasorat» va «Matonat madhiyasi» monumentlarini, tarixiy-badiiy ekspozitsiyalarni o'z ichiga olgan «G'alaba bog'i» yodgorlik majmuasiga bordilar.
Talabalarning “Shon-sharaf” muzeyiga tashrifi ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi. Talabalar ikkinchi jahon urushi janglarida mardlik va jasorat, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunalarini ko'rsatgan ko'pmillatli O'zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan buyuk G'alabani ta'minlashga qo'shgan munosib hissasi, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning nomlari abadiylashtirilganligi hamda O'zbekiston xalqining yurtimizga evakuatsiya va deportatsiya qilingan turli millat vakillari, xususan, bolalarni bag'rikenglik bilan kutib olishi va ularga har tomonlama amaliy yordam ko'rsatilishi singari tarixiy voqealarning guvohi bo'lishdi
«Turkiston» saroyida joriy yilning 18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi hamda Zo’r-TV telekanali hamkorligida tashkil etilgan «Quvnoqlar va zukkolar» respublika ko‘rik-tanlovining yarim final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Talabalarning bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli va mazmunli o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish maqsadida tashkil etilgan “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovining mazkur bosqichi 3 ta shart asosida o‘tkazildi.
Bellashuvda 4 ta jamoa ishtirok etdi va turli shartlar asosida o‘z bilim va mahorati, hozirjavobligi, intellektual salohiyatini namoyish etishdi. Ushbu bellashuvda universitetimizning “Turist” jamoasi ham munosib istirok etishdi.
Jamoaning keyingi faoliyatiga omadlar tilaymiz!
Joriy yilning 18-mart kuni "Ipak yo'li" xalqaro turizm va madaniy merosi universitetiga "Dunyo bo'ylab" telekanali direktori N. To'laganov boshchiligidagi guruh tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida mehmonlar universitet binosi bilan tanishishdilar hamda talabalar va professor-o'qituvchilar uchun telekanal faoliyati, rejalari yuzasidan ma’ruza qidilar. Qayd etilganidek, telekanalning asosiy vazifasi ichki va tashqi turizmni keng yoritish, shuningdek, tomoshabinlarga nafaqat O'zbekiston, balki butun dunyodagi sayyohlik yodgorliklarining xilma-xilligini namoyish etishdir.
Ma'ruza davomida mehmonlar mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini yanada rivojlantirishdek dolzarb masala borasida talabalarning g'oyalari va takliflarini eshitdilar.
"Navro'z" umumxalq bayrami munosabati bilan yoshlar ishlari bo'yicha Agentlik va Samarqand ko'ngillilar maktabi hamkorligida "YouthQuiz"intellektual o'yini tashkil etildi. Mazkur tadbirda "Ipak yo'li" xalqaro turizm va madaniy meros universitetining 1-kurs talabalari ishtirok etdilar. "Turon" jamoasi faxrli 3-o'rinni egalladi.
"Ipak yo'li" universiteti ma'muriyati talabalarimizni tabriklaydi va g'alabalar bardavom bo’lishini tilaydi!
QANOT SO‘ZLAR
Nutq gigiyenasi haqida eshitganmisiz? Ha-ha, xuddi shunday. Har bir ishda tozalik va pokizalikka rioya qilganimizdek, nutqimizni ham sof holda tutishimiz juda muhim. Chunki qanday so‘zlashsak, shunday yashaymiz. Nimani ifoda etsak, shunga erishamiz.
So‘zlar – o‘y-fikrlarimiz libosi, ruhiy, jismoniy holatimizni aks ettiruvchi vosita. Og‘zimizdan chiqayotgan har bir so‘z hayotimizga o‘z ta’sirini o‘tkazibgina qolmay, muayyan bir voqealarni ohanrabodek tortish kuchiga ega. O‘z nutqida quyidagi kodli so‘zlardan foydalanish natijasida mo‘jizalar ro‘y beradi va insonni OMAD, MUVAFFAQIYAT, BAXT, FAROVONLIK sari yetaklaydi.
Ushbu sehrli so‘zlar zahirasi unchalik ham ko‘p emas. Ammo ularning har biri tog‘dek qudratga, ulkan kuch-quvvatga ega. Aynan shu so‘zlar og‘ir dardlarga malham bo‘la oladi, iqtidor, qobiliyatni namoyon etadi. Shu so‘zlar ta’sirida inson o‘z hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirishi, tog‘larni talqon qilishi mumkin.
Ushbu so‘zlarni o‘zingizga qanot qilib oling va yuksaklik sari parvoz qiling!
Kelgusi safar oyog‘ingizga kishan solgudek kuchga ega so‘zlar haqida fikr yuritamiz. Biz bilan qoling! O‘tkazib yubormang!
"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ilk marotaba noyob tadbir – Tedning ilk mustaqil tadbiri bo'lib o'tdi. Unda universitet talabalari ma'ruzachilar sifatida ishtirok etdilar.
Tadbir davomida 7 nafar spiker o'z-o'zini rivojlantirish va motivatsiya bilan bog'liq keng qamrovli masalalarni yoritib berdi. Yosh, shijoatli, muvaffaqiyatli bolalar o'zlarining hayot sharoitlari, muvaffaqiyatsizliklari, ularga muvaffaqiyat qozonishga yordam bergan tajribalari haqida so'zlab berishdi.
"Turizm menejmenti" fakulteti dekani Toshniyazova R: "Universitetda har kuni yangi g'oyalar tug'iladi, kimdir ularni rivojlantirish uchun kuch topadi, kimdir yo'q. Lekin shunga aminmizki, bunday tadbirlar ishtirokchilarning ongida va tomoshabinlarning ongida o'zgarishlarni boshlaydi – ular kimningdir g'oyalari bilan tanishibgina qolmay, balki o'zlarining tajribalarini baham ko'rish jasoratiga ega. Bu domino effekti kabi berilgan g'oyalar ta'siri yangilarini rivojlantirish uchun turtki bo'lib xizmat qiladi.
"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ilmiy tadqiqotlar bo'limi tomonidan tashkil etilgan "Brend himoyasi" mavzusida seminar bo'lib o'tdi. Uunda Samarqand viloyati intellektual mulkni himoya qilish markazi rahbari S.E.Rahmonov va markazning yetakchi mutaxassisi X.S. O'roqova o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar. Ushbu seminarda marketing yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdilar.
Seminar yuqori professional darajada tashkil etildi va faol munozaralarga boy bo’ldi.
2022-yil 15-mart kuni Italiyaning "Assorestauro" arxitektura, san'at va shaharlarni tiklash assotsiatsiyasi va Italiya savdo agentligi ITA vakillari "Ipak yo'li" turizm va madaniy merosi xalqaro universitetiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida mehmonlar dunyoning eng nufuzli oliy o'quv yurtlarining so'nggi standartlari bilan jihozlangan universitet binosi bilan tanishdilar. O'quv-ishlab chiqarish majmuasi, shuningdek, zamonaviy dizaynda bezatilgan ultramodern kutubxonaga alohida e'tibor qaratildi va sayyohlik bilimlarining to'laqonli yuqori texnologik markazi bo'lib xizmat qilmoqda.
Shuningdek, universitetning ma'ruza zalida talabalar va professor-o'qituvchilar uchun "Assorestauro" va ITA vakillari o'z tashkilotlari faoliyati, O'zbekiston-Italiya strategik hamkorligi, turli sohalardagi yuqori darajadagi aloqalar va o'zaro manfaatli almashinuvlar, madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish va tiklash sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari, shuningdek, ularni tiklash va restavratsiya qilish bo'yicha taqdimotlar o'tkazdilar.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz