Administrator

Administrator

Talabalarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida universitetda “Zakovat” intellektual o‘yinlarini yoshlarning sevimli mashg‘uloti sifatida rivojlantirish uchun doimiy ravishda turner o‘yinlari davom etmoqda.

Intellektual o‘yinni yoshlar o‘rtasida ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga asosan 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab “Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoa a’zolari uchun yil davomida har oy “Zakovat stipendiyasi” beriladi.

“Zakovat stipendiyasi” intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida quyidagicha taqsimlanadi:

  • 1-o‘rinni olgan o‘quvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 5 baravari miqdorida (hozirda 1 350 000 so‘m);
  • 2-o‘rinni olgan o‘quvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 4 baravari miqdorida (hozirda 1 080 000 so‘m);
  • 3-o‘rinni olgan o‘quvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 3 baravari miqdorida (hozirda 810 000 so‘m) belgilanadi va yil davomida har oy to‘lab beriladi.

Eslatib o‘tamiz, prezident qarori bilan 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi yoshlar va talabalar uchun “Zakovat” stipendiyasini ta’sis etish belgilangan edi. Mamlakatda intellektual o‘yinlarni yanada rivojlantirish maqsadida Davlat budjetidan “Zakovat” intellektual klubi” tashkilotiga joriy yilda 50 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

Payshanba, 14 Aprel 2022 12:25

Universitet- maktab hamkorligi

Davlatimiz rahbarining joriy yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ta’limga e’tiborning yorqin ifodasi bo‘ldi. Ayniqsa, ushbu hujjat maktab va oliy ta’lim muassasalarining hamkorligini yanada rivojlantirish, bu ikki ta’lim muassasalarining integratsiyasini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga  maktab va litsey jamoalarining kelib, o‘quv jarayonlarini kuzatishi va universitet talabalari hayoti,  Smart kampus infratuzilmasi bilan  yaqindan tanishish  yo‘lga qo‘yilgan.

Xususan, 2022-yil 12-aprel kuni Samarqand shahridagi 35-sonli maktabi o‘quvchilari universitetda bo‘lishdi. Mehmonlarga universitet faoliyati, an’analari, qadriyatlari, professor-o‘qituvchilari haqida ma’lumot berildi.

Universitetdagi  mavjud o‘quv  va amaliyot markazlaridan nafaqat talabalar, shuningdek, sohaga ishtiyoqi baland maktab o‘quvchilari ham amaliyot maydonchasi sifatida foydalanishlari mumkinligi ta’kidlab o‘tildi.

O‘quvchilarga turizmga qiziquvchi yoshlarning mazkur sohani ichidan, chuqurroq o‘rganishlari uchun universitetda barcha sharoitlar yaratib berilganligi, faqatgina talabgorlar shijoatli va mas’uliyatli  yoshlar bo‘lishlari o‘qtirildi.   O‘quvchilar universitet hayoti qanday bo‘lishi, qay turdagi fanlar o‘qitilishi kabi o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Chorshanba, 13 Aprel 2022 13:45

Taziya

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rahbariyati hamda jamoat tashkilotlari Bo‘stonliq turizm va servis kolleji direktori Narbayev Erkin To'lqinbayevichning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari hamda yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi. Marhumga Allohdan rahmat, yaqinlariga sabr tilaymiz.

2022-yil 8-apreldan 10-aprelgacha “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 3-bosqich talabasi Ramziddin Ergashev Qirg‘iziston Respublikasidagi O‘sh shahrida bo‘lib o‘tgan “Suv inqirozi va iqlim o‘zgarishi” mavzusidagi xalqaro konferensiyada faol ishtirok etdi.

Ushbu konferensiyadan maqsad universitet talabalari va oʻrta ta’lim maktab oʻquvchilarining, shunintgdek, Markaziy Osiyo va Afgʻonistondagi  faollarning hududdagi suv inqirozi va iqlim oʻzgarishi masalalari boʻyicha xabardorligini oshirish va bilimlarini kengaytirish, Markaziy Osiyoning beshta davlati va Afg‘oniston delegatlari bilan BMT munozaralarining namunaviy formatini ishlab chiqish, shuningdek, C5+1 Yoshlar kengashi tomonidan taqdim etilgan hamda moliyalashtirishi ko’zda tutilgan muammolar, xususan,  tinchlik o‘rnatishga, mojarolarni hal qilish va jamiyatlarda suv muammolarini bartaraf etishga innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha muloqotni rivojlantirishga qaratilgan loyiha takliflarini ishlab chiqishdan iborat.

Quvonarlisi shuki, talabamiz Ramzidin Ergashev 1000 nafar talabgorlar orasidan tanlab olinib, ushbu anjumanda ishtirok etish uchun stipendiya yutib oldi. Binobarin, barcha xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplandi. Anjuman yakuniga ko‘ra, talabamiz a’zo bo’lgan guruh  jamoaviy  loyiha tanlovida birinchi o‘rinni egalladi.

Ta’kidlash joizki, “O‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining suv inqirozi bo’yicha xabardorligini oshirish” mavzusidagi loyiha AQShning Qirg‘iziston Respublikasidagi elchixonasi tomonidan moliyalashtiriladi.

2022 yilning 11-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmonining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan davlat dasturida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asarida Temuriylar Renessansi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Yangi O‘zbekistonni barpo etish g‘oyasi va Uchinchi Renessans asosini yaratish borasidagi tashabbusi bugun reallikka ko‘cha boshlagani, Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessans so‘zlari hayotimizda o‘zaro uyg‘un va hamohang bo‘lib yangrayotgani, xalqimizni ulug‘ maqsadlar sari ruhlantirayotgani tadbir davomida ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz Prezidentligiga saylangandan keyin “O‘zbekiston Respublikasini 2022–2026 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” nomli ulug‘vor va keng qamrovli chora-tadbirlardan iborat hujjat ishlab chiqqan edi. Mazkur strategiyani hayotga tatbiq etish davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh qilib, jamiyatimiz, xalqimizni butunlay o‘zgartirib yubordi

2022 yilning 11-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi tomonidan talabalari uchun “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi  ga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi. Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi mavzusidagi prezentaziyada:

Harakatlar strategiyasi doirasida, avvalo, inson huquqlarini ta’minlash, davlat tashkilotlarining faoliyati, mas’uliyati va shaffofligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish borasida ulkan tadbirlar amalga oshirildi.

Haqiqiy bozor iqtisodiyotini barpo etish maqsadida tashqi savdo, soliq va moliya siyosati liberallashtirildi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash tizimi yaratildi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirish ta’minlandi.

Aholi turmush darajasini oshirish va kambag‘allikni kamaytirish davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida tan olinib, yangi va munosib ish o‘rinlari yaratish, aholini malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash holati yaxshilandi.

Muxtasar aytganda, 2017–2021 yillar mobaynida amalga oshirilgan Harakatlar strategiyasi natijasida yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi.

Natijada mamlakatimizda jamiyatimiz rivojining keyingi bosqichiga o‘tish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Ya’ni, xalqimiz turmush darajasini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoq va sohalarini transformatsiya qilish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari, manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlangani tog’risidagi ma’lumotlarni aytib o’tdi .

Taraqqiyot strategiyasi 2021 yilda o‘tkazilgan Prezident saylovida Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Inson qadri uchun”, “Davlat – inson uchun”, degan g‘oyalar hamda “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari”, tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, u o‘tgan davr mobaynida ommaviy axborot vositalarida keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi va unda bildirilgan 17 ming 500 dan ortiq taklif va tavsiyalar e’tiborga olinganini ta’kidladi.

Payshanba, 07 Aprel 2022 18:08

Universitet- maktab hamkorligi

Davlatimiz rahbarining 2021-yil 6-noyabrdagi «O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ta’limga e’tiborning yorqin ifodasi bo‘ldi. Ayniqsa, ushbu hujjat maktab va oliy ta’lim muassasalarining hamkorligini yanada rivojlantirish, bu ikki ta’lim muassasalarining integratsiyasini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

«Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga  maktab va litsey jamoalarining kelib, o‘quv jarayonlarini kuzatishi va universitet talabalari hayoti,  Smart kampus infratuzilmasi bilan  yaqindan tanishish  yo‘lga qo‘yilgan.

Xususan, 2022-yil 7-aprel kuni Samarqand Prezident maktabi o‘quvchilari universitetda bo‘lishdi. Mehmonlarga universitet faoliyati, an’analari, qadriyatlari, professor-o‘qituvchilari haqida ma’lumot berildi.

Universitetdagi  mavjud o‘quv  va amaliyot markazlaridan nafaqat talabalar, shuningdek, sohaga ishtiyoqi baland maktab o‘quvchilari ham amaliyot maydonchasi sifatida foydalanishlari mumkinligi ta’kidlab o‘tildi.

O‘quvchilarga turizmga qiziquvchi yoshlarning mazkur sohani ichidan, chuqurroq o‘rganishlari uchun universitetda barcha sharoitlar yaratib berilganligi, faqatgina talabgorlar shijoatli va mas’uliyatli  yoshlar bo‘lishlari o‘qtirildi.   O‘quvchilar universitet hayoti qanday bo‘lishi, qay turdagi fanlar o‘qitilishi kabi o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Bugun 2022-yil 7-aprel kuni “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Milliy liboslar kuni” aksiyasi o'tkazilmoqda. Erta tongdan boshlab universitet professor-o'qituvchilari va ma'muriyati har qanday millat madaniyatining ajralmas qismi bo'lgan milliy liboslarda kiyinishgan. Bu, nafaqat, kiyim-kechak, balki butun xalq haqida ma’lumot berishi mumkin bo’lgan o’lkan dostondir. Uni  urf-odatlar kabi himoya qilish kerak.

Ushbu tadbirning maqsadi milliy madaniyatni saqlash va rivojlantirishdan iborat.

Talabalarning boʼsh vaqtini unumli oʼtkazish maqsadida «Ipak yoʼli» turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2022-yil 6-aprel “Zakovat” intellektual oʼyini tashkil etildi. Bu galgi bahslarda 12 ta jamoa oʼzaro bellashdi.

Haftalik o’yinlar davom etmoqda.

Payshanba, 07 Aprel 2022 14:57

Universitet kutubxonasida Xitoy burchagi

Joriy yilning 6-aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasining elchi maslahatchisi Сhi Junlin boshchiligidagi vakillari "Ipak yo'li" turizm va madaniy merosi xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi.

Universitet bilan tanishuv jarayoni davomida maslahatchi universitetni boshqarish modeli, Buyuk Ipak yo'lining noyob tarixiy elementlari, universitet galereyalari va kutubxonalari katta taassurot uyg'otganini ta'kidladi

Shuningdek, tashrif davomida "Ipak yo'li" universiteti kutubxonasi zalida Xitoy Xalq Respublikasi elchixona maslahatchisi va universitetning birinchi prorektori J. Eltazarov ishtirokida Xitoy burchagi ochildi.

Xitoy maslahatchisi ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlik ko'plab sohalarda, jumladan, madaniy, gumanitar va ta'lim sohalarida izchil rivojlanib borayotganini va davlatlarimiz rahbarlari o'rtasida erishilgan kelishuvlar buning uchun muhim asos ekanini ta'kidladi.

Ta'kidlash joizki, joriy yilda Xitoy burchagi 500 dan ortiq o'quv va badiiy adabiyotlar, sayyohlik sohasini qamrab olgan darsliklar, didaktik materiallar, xitoy tilini o'qitishning zamonaviy texnologiyalariga oid qo’llanmalar hamda madaniyat va madaniy merosni asrashga oid kitoblar bilan jihozlanadi.

Tashrif yakunida tomonlar esdalik sovg'alari taqdim etishdi.

71 dan 149 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar