Administrator

Administrator

Dushanba, 25 Aprel 2022 12:00

Universitet olimlarining safi kengaymoqda

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida  “Tillar” kafedrasi mustaqil izlanuvchilari Akramova Taxmina Komiljonovnaning «Идейно – художественные образы произведений Эдгара Аллана По и способы их воссоздания в переводе»,  Abduvaxobova Umida Mamayusupovnaning «Прагмо-стилистические средства описания человеческих ценностей в оригинале и переводах произведений Герберта Бейтса» va Ablakulova Iroda Kamolidinovnaning «XX asr o‘zbek romanlarining ingliz tiliga tarjimasida milliylikning ifodalanishi» mavzusidagi 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlayotgan dissertatsiya ishlarining dastlabki natijalari bo‘yicha mustaqil ma’ruzalari tinglandi, hamda T.K.Akramova, U.M.Abduvaxobova va I.K.Ablakulovani mutaxassislik fanidan imtihon topshirishga tavsiya etildi. Yig’ilishda universitetning Birinchi prorektori prof.J.D.Eltazarov, Ilmiy bo’lim boshlig’i PhD. N.Mansurova , “Tillar” kafedrasi mudiri PhD, dots. v.b. T.I.Sultanov hamda “Tillar” kafedrasining professor-o’qituvchilari qatnashishdi.  

Universitet talabalar Parlamenti Prezidentligiga saylov shaffof bo‘lishi lozim, shuning uchun ushbu jarayon oldidan barcha talabalar har bir nomzod bilan yaqindan tanishish imkonini beradigan munozaralar tashkillashtirildi.

Xususan, joriy yilning 22-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida talabalar Parlamenti Prezidentligiga nomzodlar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Saylov komissiyasi tomonidan Prezidentlikka to‘rtta nomzod ro‘yxatga olindi.

Ta’kidlash joizki, munozaralar klassik ko‘rinishda emas, balki nomzodlar o‘zlari haqida gapiradigan, jamoatchilikni o‘z dasturlari bilan tanishtiradigan va talabalar muammolarini muhokama qilish uchun ko‘tarilgan bahs-uchrashuv ko‘rinishida bo‘lib o‘tdi. Shu tariqa, nomzodlar saylovchilar oldida mas’uliyatni his qilishdi, saylovchilar esa, o‘z navbatida, nomzodlarning rejalari bilan tanishishdi. Noan’anaviy munozaralarning o‘tkazilishi talabalarning kimga ovoz berishishida qat’iy qaror qilishiga turtki bo‘ladi.

Munozara nafaqat muhim bo‘lgan asoslash ko‘nikmalari, tanqidiy fikrlash, ritorik texnika kabi mahoratlarni orttirishga, balki prezidentlik davrida strategiyalashtirishda ustuvor yo‘nalishlarni belgilashga yordam beradi.

Juma, 22 Aprel 2022 16:23

“Career-2022” mehnat yarmarkasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash borasidagi vazifalarini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 22-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy merosi xalqaro universitetida “Career-2022” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad malakali kadrlar bilan bandligini ta’minlash, shuningdek, talabalarni ish bilan ta’minlash, doimiy daromad manbaini topishlariga ko‘maklashish, shu jumladan, ish beruvchilar bilan bevosita aloqada bo‘lishga keng jalb etishdir.

Mazkur yarmarkada restoran va mehmonxona biznesi vakillari, STC (Samarkand Touristic Center), turfirmalar, Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminalida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish va aviakompaniyalarning yerda xizmat koʻrsatish operatori “Air Marakanda” va boshqa ish beruvchi tashkilotlar ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 710-sonli Qaroriga muvofiq, respublikamizda 2023-yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiri oʼtkazilishi belgilangan.

Bunday katta tadbir respublikamizda oxirgi marta 30 yil avval amalga oshirilgan boʼlib, buning natijasida aholining haqiqiy hayot tarzini oʼrganish va ularga amaliy yordam koʼrsatishda qator qiyinchiliklar vujudga kelmoqda.

Bmt 2015 yilning 10 iyunida «2020 yilda aholi va uy-joy fondini roʼyxatga olish borasidagi printsiplar va tavsiyalar» rezolyutsiyasini qabul qildi. Unga koʼra, bmt ga aʼzo davlatlar kamida har 10 yilda bir marta aholi va uy-joy fondini roʼyxatga olishni oʼtkazishi belgilab qoʼyildi. Bugungi kunga kelib, mdh davlatlarida, shuningdek oʼzbekistonda ham bu jarayonga tayyorgarlik ishlari boshlandi.

2022-yil 20-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 3-kurs talabasi Mardonov Diyor o‘zining “Sun’iy intellektga ega uchuvchisiz turistik elektromobil” ixtirosiga patent oldi.

Mardonov Diyorning loyihasini moddiy rivojlantirish uchun universitet va talaba o‘rtasida elektromobil loyihasini qisman moliyalashtirishni nazarda tutuvchi Memorandum imzolandi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rahbariyati Mardonov Diyorga muvaffaqiyatlar va yangi kashfiyotlar sari intilishda hecham tuxtamaslikni tilaydi.

Avvalroq, universitetda o‘tkazilgan “Eng yaxshi startap” tanlovi doirasida Mardonov Diyor va Boybekov Kamronga elektromobil loyihasini takomillashtirishga xizmat qiluvchi pul ekvivalentli sertifikatlari topshirilgani haqida xabar bergan edik.

Joriy yilning 21-aprel kunidan boshlab, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining majlislar zalida “Uchinchi Renessansni shakllantirish sharoitida turizm sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ikki kunlik ilmiy-amaliy konferensiyaga start berildi.

Ilmiy-amaliy konferensiya tashkilotchilari: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.

Mazkur sho‘balar doirasida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:

1. Uchinchi Renessansni shakllantirish sharoitida turizm sohasining nazariy va metodologik muammolari va ularni hal qilishning strategik yo‘llari.

2. Uchinchi Renessansni shakllantirish sharoitida turizm sohasi samaradorligini oshirish mexanizmlari, rivojlantirish tendensiyalari.

3. Uchinchi Renessansni shakllantirish sharoitida turizm sohasi samaradorligini oshirishda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni takomillashtirish muammolari.

4. Uchinchi Renessansni shakllantirish sharoitida muzeyshunoslik va madaniy merosning ahamiyati.

5. Uchinchi Renessansni shakllantirish sharoitida turizm industriyasini rivojlantirishda ko‘ptillilikning ahamiyati.

Joriy yilning 21-aprel kuni O‘zMTDP Samarqand viloyat Kengashi, Turizm va madaniy meros boshqarmasi hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan hamkorlikda – “Turizm targ‘ib etish va rivojlantirish oyligi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalarni bajarishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.  

Tadbir davomida O‘zMTDP Samarqand viloyat Kengashining birinchi o‘rinbosari Isakov Raxmatilla Anarboyevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling!” farmonida belgilangan vazifalar doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida so‘zlab berdi.

Chorshanba, 20 Aprel 2022 20:40

Hurmatli talabalar!

Sizga shuni maʼlum qilamizki, bundan buyon Work & Travel maqsadida xorijga sayohat qilish, shuningdek, magistraturaga kirish uchun, oʻz tyutorgizga murojaat qilishinigiz va undan tavsiyanoma olishinigiz shart. Tyutor tavsiyanomasi – chet elda ishlash va o‘qish uchun hujjatlar to‘plamining ajratilmas qismidir.

Hurmat bilan, Universitet ma’muriyati.

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 81-sonli Farmoni,  ushbu Farmonning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-146-sonli Qarori mamlakatimiz xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirishda, xotin-qizlarning markazlashgan tartibda tizimli faoliyatini joriy etish katta imkoniyatlarni yaratdi.

 Shuningdek,   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli Farmoni qabul qilingan bo‘lib, mazkur hujjatlarning mohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan targ‘ibot materiallari to‘plami (annotatsiya, infografika, slayd) dan foydalangan holda 2022-yil 19-aprel kuni “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova tomonidan ayol professor-o‘qituvchilar va xodimalar o‘rasida targ‘ibot ishlari olib borildi hamda qarorlar mazmun-mohiyati to‘liq yoritib berildi.

Ushbu farmon va qarorlar  to‘g‘risida universitetning Ilmiy bo‘lim mudiri N.Mansurova, “Tarix va madaniy meros” kafedra mudiri M.Sidiqova, O‘quv jarayonini rejalashtirish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘I N.Xasanova hamda xorijlik o’qituvchilarimizdan qirg‘izistonlik Erkaim Jusupova va eronlik Mariya Dagmenchilar ham yurtimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarga o‘zlarining  ijobiy fikr va mulohazalarini bildirishdi.

2022-yil 19-aprel kuni Pastdarg‘om tumanidagi 55-maktab o‘quvchilari “Ipak yo‘li” universitetiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarga universitet faoliyati, an’analari, qadriyatlari, professor-o‘qituvchilari haqida ma’lumotlar berildi.

Maktab o‘quvchilariga universitetda turizmga qiziquvchan yoshlarning ushbu yo‘nalishni ichkaridan o‘rganishi, bilim bazasini to‘ldirishi, xususan, Universitetning keng qamrovli kutubxonasining cheksiz imkoniyatlaridan foydalanishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgani aytib o‘tildi.

Ta’kidlash joizki, maktab va texnikum o‘quvchilari “Ipak yo‘li” universitetiga doimiy asosda taklif etilib, ular universitet talabalarining o‘quv jarayoni va hayoti, shuningdek, “Smart Campus” infratuzilmasi bilan yaqindan tanishadilar

68 dan 149 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar