Administrator

Administrator

Joriy yilning 25-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining faollar zalida TED formatidagi navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi va unda universitet talabalari ma’ruzachi sifatida chiqishdi.

So‘zga chiqqanlar “Yoshlar g‘oyalari” (Youth Ideas) bilan bog‘liq keng ko‘lamli masalalarni yoritdilar. Oʻz chiqishlarida ular:

– samarali ta’lim usullari;

– ma’suliyat;

– xalqaro konferensiyalarda qatnashish uchun ariza berish haqida;

– xotirani qanday yaxshilash mumkin;

– motivatsion nutqlar;

– oila va onalar mavzusi haqida gapirdilar.

Ta’kidlash joizki, rasmiy TED standartiga koʻra, har bir nutq 18 daqiqadan ortiq davom eta olmaydi va ma’ruzadan koʻra koʻproq yakkaxon chiqishga oʻxshaydi.

Ma’ruzachilar o‘zlarini nimadan ilhomlantirgani haqida emotsional va ochiq tarzda gapirdilar.

TED notijorat fondi boʻlib, uning asosiy maqsadi noyob gʻoyalarni tarqatishdir (“Ideas worth spreading”). TED – texnologiya (Technology), oʻyin-kulgi (Entertainment) va dizayn (Design) degan maʼnoni anglatadi, va tashkilotchilar ta’kidlaganidek, yuqorida koʻrsatilgan yoʻnalishlar kelajak qanday boʻlishini aniqlaydigan uchta asosiy sohadir.

Hurmatli talabalar! Agar siz ushbu noyob loyihada ishtirok etishni istasangiz, ushbu telefon raqamiga murojaat qiling: +998 93 565-05-24.

Abstract

       This study is about one of the main problems in tourism sphere and possible solutions for them. This article is based on recent problems and their solution will help to further develop tourism. In improving of tourism industry, touristic zones play an important role in its development. So, there are some places which are uncultivated and, in this research, we will discuss about them.

 Key words: improving, Industry, Development, Uncultivated, archeological heritage,  modern aspects

Read more

Universitetda joriy yilning 25-may sanasidan GIZ – Germaniya Xalqaro Hamkorlik Tashkilotining “Oʻzbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlar va barqaror iqtisodiy taraqqiyotga koʻmaklashish” loyihasi doirasida Qoraqalpoq Davlat universiteti, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Xiva turizm va madaniy meros texnikumi, Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumi hamda Andijon turizm va servis kollejida faoliyat olib borayotgan turizm va mehmonxona yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari uchun seminar mashg‘ulotlari boshlandi.

O‘quv-seminarning ochilish kunida universitet Birinchi prorektori J.Eltazarov mehmondo‘stlik va xizmat ko‘rsatish sohasining salohiyatli bo‘lajak kadrlarni sifatli tayyorlash va kasbiy mahoratini oshirish muhimligini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi Fan, ta’lim va tadqiqotlar boshqarmasi boshlig‘i – A.Eshtaev yig‘ilganlar e’tiborini nazariy va amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirish, shuningdek, turizm sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasidan foydalangan holda, bu boradagi ishlarni puxta o‘zlashtirish zarurligiga qaratdi.

Mazkur o‘quv seminarlar sikli maxsus tanlov mezonlaridan o‘tgan, saralangan kollej va texnikum o‘qituvchilari uchun amaliy laboratoriyalar bilan ishlash va yozda Irlandiyaga o‘quv safarida qatnashish uchun tashkil etildi.

Seminar mashg‘ulotlari 28-mayga qadar davom etadi.


 

2022-2023 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi va Alisher Navoiy nomli Davlat stipendiyasiga hujjatlarni qabul qilish boshlandi.

Muddat: 15-iyun kuniga qadar.

Talabgorlar: 2-chi va 3-bosqich talabalari hamda 1-bosqich magistrantlari.

Magistratura yo‘nalishida tahsil oluvchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga, 2-chi va 3-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga, Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasiga va Alisher Navoiy nomli Davlat stipendiyasiga hujjat topshirishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 % “a’lo” bo‘lishi shart. Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi va Alisher Navoiy nomli Davlat stipendiyasiga talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 25% gacha “yaxshi” bo‘lishi mumkin.

Murojaat uchun: Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi +998 90 603-55-23

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96-son qaroriga asosan, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida talabalar o‘rtasida navbatdagi, to‘qqizinchi “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Eslatib oʻtamiz, “Zakovat” oʻyinlari har hafta oʻtkaziladi, barcha xohlovchi talabalar, oʻz jamoalarini yigʻib, ishtirok etishlari mumkin.

Joriy yilning 25-may kuni beshta muhim tashabbus hamda “Pazandachilik sirlari” qizlar to‘garagi doirasida, “Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar boʻlimi” boshligʻi N. Abduvahidova va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar Kengashi raisi – M.Abbasova tomonidan “tuxum barak” milliy taomini tayyorlash bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.

Universitetning iqtidorli qizlari bilan birgalikda Abduvohidova N. “Qizlarjon” klubi a’zolari uchun pazandachilik darsini o‘tkazdi.

Tadbirda talabalarga ushbu taomni tayyorlashning butun jarayoni batafsil ko‘rsatib berildi. Shuningdek, taom tayyorlash jarayonida Abduvohidova N. o‘zbek milliy taomlari tarixi haqida o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashdi.

“O‘zbek oshxonasining barcha retseptlarini jamlasangiz, har bir hududning tub xalqining etnik-madaniy rang-barangligi, an’ana va xususiyatlari alohida aks ettirilgan haqiqiy O‘zbekiston atlasiga ega bo‘lasiz”, – dedi universitet Xotin-qizlar kengashi raisi M. Abbosova.

Tuxum barak – oʻzbek oshxonasining oʻziga xos taomi boʻlib, u faqat Xorazm viloyatida tayyorlanadi. Aslida, tuxum barak - bu juda noodatiy tuxum bilan toʻldirilgan kvadrat shaklidagi varenik.

Ushbu mahorat darsi ishtirokchilari ta’kidlaganidek, “...tuxum barakning ta’mini hech narsa bilan solishtirib bo‘lmaydi. Ichidagi yogʻi va sut tufayli tuxum barak mulloyim boʻladi. Yengil ovqat. Va juda toʻyimli!”

Joriy yilning 24-may kuni “Tour-121” va “Tour-221” guruhlari talabalari, tyutor Qodirova M. va “Madaniy meros” kafedrasi mudiri Sidiqova M. boshchiligida mashhur Samarqand shoyi qog‘ozini ishlab chiqaruvchi noyob markazi - Konigil qishlogʻida joylashgan “Meros” fabrikasiga tashrif buyurishdi.

Talabalarga “Konigil Meros” xususiy korxonasining qayta ishga tushurilishi, VIII asr texnologiyalaridan foydalangan holda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida mashhur bo‘lgan Samarqand qog‘ozi yaratilishi haqida so‘zlab berildi. Talabalar tut tolasidan qo‘lda noyob yozuv materialini tayyorlash texnologiyasi bilan ham tanishdilar. Hunarmandlar ta’kidlaganidek, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash faqat suv tegirmonidan foydalanish bilan cheklangan.

Joriy yilning 23-24-may kunlari Mo‘g‘uliston turizmni barqaror rivojlantirish markazi boshqaruvi raisi janob Gansux Damba “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Universitet bilan tanishuv safari davomida janob Gansuh Dambada universitet boshqaruv modeli, Buyuk Ipak yo‘lining noyob tarixiy elementlari, Universitetda tashkil etilgan galereyalar va kutubxonasi katta taassurot qoldirdi.

Janob Gansux Damba mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, o‘z navbatida hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirishini ta’kidladi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tomonidan Samarqand viloyati mahallalarida har hafta o‘tkazilayotgan ma’rifiy tadbirlar doirasida, Universitet o‘qituvchisi O.Nabiyev Samarqand viloyati, Tayloq tumanidagi “Yangi Hayot” MFYga ishchi tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mahalla fuqarolari va yoshlari o‘rtasida “Bir ziyoli bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida tashkil etilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

“Yangi Hayot” mahalla fuqarolari va yoshlari tadbirda faol ishtrok etdi. Tadbirda ishtirokchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasida “Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi” degan fikrlari haqida soʻz yuritilib, mahallalar hududida joylashgan umumta’lim maktablarida hozirda faoliyat yuritayotgan toʻgaraklar haqida axborot berildi. Yigʻilish ishtirokchilari va ma’ruzachilar tomonidan mazkur maktablardagi toʻgaraklar faoliyatini yaxshilash boʻyicha tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, 11-sinfni bitiruvchi oʻquvchilari va ularning ota-onalariga “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida mavjud ta’lim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir qatnashchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga toʻliq va batafsil javoblar olishdi.

Joriy yilning 23-may kuni Samarqand shahrining asosiy diqqatga sazovor joyi – Registon maydonida, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi vakillarining Samarqand shahar Prezident maktabi o‘quvchilari bilan norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Turizm va madaniy meros vazirining investitsiyalar, turizm klasterlari va litsenziyalash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N.Zikrillayev, Turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ilm-fanni targ‘ib qilish boshqarmasi boshlig‘i A.Eshtaev, shuningdek, “Ipak yoʻli” universiteti vakillari – birinchi prorektori J.Eltazarov, universitet yoshlar yetakchisi – S.Xaydarovlar ishtirok etdi.

N.Zikrillayev, oʻz nutqida, turizm sohasida amalga oshirilgan ishlar, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tahsil olayotgan salohiyatli kadrlarni tayyorlash muhimligi haqida so‘z yuritdi. E’tiborlisi, uchrashuvda ishtirok etgan Prezident maktabi o‘quvchilarining aksariyati bitiruvchilar bo‘lib, ularning koʻpchiligi “Ipak yo‘li” universitetiga o‘qishga kirish niyatida.

Registon maydoni maʼmuriyati tomonidan Prezident maktabi oʻquvchilari uchun madrasalar boʻylab sayohat uyushtirilib, mazkur majmuaning tarixi haqida batafsil maʼlumot berildi.

63 dan 149 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar