Joriy yilning 23-may kuni Fransiya rivojlanish agentligining vakillari Antuan Shevalye va Arno Demarshelye “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdilar.
Uchrashuvda Birinchi prorektor J.Eltazarov va Xalqaro grantlarni jalb qilish boʻlimi boshligʻi – Sh.Ramazonov ishtirok etdilar.
Fransiya rivojlanish agentligi 2015-yildan buyon Oʻzbekistonda turli sohalardagi loyihalarni moliyalashtirib kelmoqda. Xususan, Samarqand shahrini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash va transport logistika sohasidagi loyihalarni moliyalashtirib keladi. Hozirgi kunga qadar 800 mln yevro miqdoridagi loyihalar moliyalashtirilgan.
Fransiya rivojlanish agentligi va “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti oʻrtasida kelgusida turizm sohasidagi “Logistika” taʼlim yoʻnalishida hamkorlikni yoʻlga quyish rejalashtirildi. Xususan, universitet talabalari Fransiyaning Marsel shahrida joylashgan turizm va transport logistikasi yoʻnalishidagi oliygohda magistratura bosqichida grant asosida taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Samimiy ruhda oʻtgan muzokaralarda tomonlar yana bir necha sohalarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Joriy yilning 20-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga O‘zbekiston Savdo uyi direktori Vladimir Galperin boshchiligidagi Boltiqbo‘yi davlatlaridan katta delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibiga Latviya sayyohlik agentliklari va operatorlari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, “Baltic Travel Group” sayyohlik kompaniyasi rahbari Vladislav Koryagin, Latviya sayyohlik agentliklari va operatorlari uyushmasi (ALTA) ijrochi direktori Astrida Trupovnietsa hamda Latviya, Litva, Estoniya va Finlyandiyaning blogerlari, OAV inflyuyenserlari va matbuot vakillari boʻlishdi.
Faxriy mehmonlar uchun Universitet kampusi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi, delegatsiya a’zolari universitet tarixi, o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan eng so‘nggi texnologiyalar, laboratoriyalar, anjumanlar zali, sport zali va Universitet kutubxonasi bilan yaqindan tanishtirildi.
Tashrif davomida ularga O‘zbekiston, xususan, Samarqand viloyatining sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan prezentatsiya taqdim etildi.
Joriy yilning 20-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining majlislar zalida “British American Tobacco” yirik xalqaro kompaniyasida yozgi stajirovka o‘tash uchun “Karyera kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Korxona vakili, ishga qabul qilish bo‘limi boshlig‘i Qodirova S. “Karyera Starti” dasturi bo‘yicha yozgi stajirovka o‘tashi, nomzodlarni ishga qabul qilish tanlov asosida o‘tkazilishi haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, “British American Tobacco Uzbekistan” kompaniyasi aynan shijoat va g‘ayratga to‘la, oliy o‘quv yurti talabalarini izlayotgani ta’kidlandi.
Talabalar uchun “BAT Uzbekistan” kompaniyasida yozgi amaliyot o‘tash – bu:
1. qimmatli kasbiy tajribaga ega boʻlish. Siz kompaniyaning barcha joriy va istiqbolli loyihalarida ishtirok etasiz;
2. yirik xalqaro kompaniyaning ish mexanizmlarini ichkaridan oʻrganish. “British American Tobacco” dunyodagi ikkinchi yirik xalqaro tamaki kompaniyasidir;
3. yangi qiziqarli shaxslar, oʻz soha professionallari bilan tanishish imkoni;
4. nafaqat professional darajada rivojlanish: kompaniya xodimlarning shaxsiy oʻsishiga har tomonlama hissa qoʻshadi;
5. va, nihoyat, “BAT Uzbekistan”da yozgi amaliyot oʻtash – talaba uchun – o‘zini isbotlash va martaba o‘sishi kafolatlarini olish imkoniyatidir.
Joriy yilning 20-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Koreya festivali” tadbiri bo‘lib o‘tdi va tadbir orqali universitet talabalari Koreya Respublikasining boy madaniyati va an’analari bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir Talabalar Parlamenti, o‘qituvchi va tyutorlar sa’y-harakatlari bilan tashkil etildi.
Tadbir davomida koreys xalq qo‘shiq va raqslariga boy bo‘lgan katta konsert dasturi namoyish etildi. Mazkur tadbir yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirib, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va ma’naviy yaqinlikni namoyon etdi.
Joriy yilning 17-may kuni “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova, “Turizm menejmenti” fakulteti dekani R.Toshniyozova va psixolog D.Turdiyeva 5-son talabalar turar-joyiga tashrif buyurishdi.
Universitet vakillari qizlarning yashash sharoitlarini koʻzdan kechirib, oʻquv jarayoni va ijtimoiy hayot bilan bogʻliq muammo va takliflarini tinglashdi. M.Abbasova va R.Toshniyozova talabalarni oʻqish, ilmiy izlanishlar barobarida ijtimoiy faol boʻlish, universitet va jamiyat hayotiga befarq boʻlmaslikka chaqirishdi.
Psixolog D.Turdiyeva talaba qizlarning ruhiy salomatligi, emotsional holatini tekshirish maqsadida psixodiagnostik ishlarni olib bordi. Depressiya va nevrosteniya holatlarini aniqlash boʻyicha test-soʻrovnomalar oʻtkazdi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tomonidan Samarqand viloyati mahallalarida har hafta o‘tkazilayotgan ma’rifiy tadbirlar doirasida Universitet o‘qituvchisi S.Qurbonova Tayloq tumani “Xonchorbogʻ” MFYga ishchi tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mahalla fuqarolari va yoshlari o‘rtasida “Bir ziyoli bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida tashkil etilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
“Xonchorbogʻ” mahalla fuqorolari va yoshlari tadbirda faol ishtrok etdi. Tadbir davomida mahalla fuqorolariga hozirgi kunda yurtimizda olib borilayotgan oqilona siyosat va sohalarga qaratilayotgan e’tibor haqida ma’lumotlar berib oʻtildi va mahalla yoshlariga kelajakda toʻgʻri kasb tanlash mavzusida suhbatlashildi.
Suhbat davomida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti haqida yaqindan ma’lumot berib oʻtildi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yinlari turkumi doirasida navbatdagi turnir o‘tkazildi.
Haftalik intellektual o‘yinlar yangi bilim va tajriba orttirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Hurmatli talabgorlar! 08.00.17 - «Turizm va mehmonxona faoliyati» ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon topshirish sanasi va vaqti ma’lum bo‘ldi. Malakaviy imtihon yozma shaklda 2022-yilning 26-may kuni soat 14:30 dan 15:30 qadar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti binosining 230-xonasida bo‘lib o‘tadi.
Ertalab uyqudan uyg‘onar ekanmiz, o‘zimizni yangi kunga, yangi marralarga dasturlaymiz. Har bir tong bizga yangilanish vaqti - hayotimizdagi biror narsani yaxshi tomonga o‘zgartirish damlarini hadya etadi. Ushbu oddiy qoidalarni odatga aylantiring. Zero, geniallik - oddiylikda!
* Qora qahva va achchiq choyni suiiste’mol qilmang (ulardan butunlay voz kechganingiz yanada ma’qulroq). Bir necha hafta ichida o‘zingizni xotirjam his qilasiz, uyqungiz sokin bo‘ladi va hatto, yuz teringiz yaxshilanadi.
* Ovqatingizdagi tuz miqdorini kamaytiring. Shunda ortiqcha vazndan xalos bo‘layotganingiz, ertalab yuzingiz va tanangizdagi shish yo‘qolishini ko‘rasiz.
* Shakarli va gazlangan ichimliklar ichmang, balki chanqog‘ingizni suv bilan qondiring.
* Kechasi to‘yib ovqatlanmang, shunda tushlaringiz yorqin bo‘ladi, ertalab uyqudan engil va tetik holda uyg‘onasiz.
* Yurganda va o‘tirganda doimo belingizni to‘g‘ri, tik tuting. Bu sizning xotirangizni yaxshilashga, bel va bosh og‘rig‘idan xalos bo‘lishga yordam beradi.
* Uxlashdan 2 soat oldin televizor(telefon, gadjetlar)ni o‘chiring, shunda siz boshqalarning suratlarini emas, balki o‘zingizning ijodiy impuls, istak va orzularingizni ko‘ra boshlaysiz.
* O‘zingizga yoqmagan yoki biror narsa bilan sizni xafa qilgan odamlarga chiroyli sovg‘alar, tabassum, pozitiv kayfiyat bering va ularni quvnoq holda tasavvur qiling. Asta-sekin, ular qanday qilib yaxshi tomonga o‘zgara boshlaganini ko‘rasiz.
* Doim tabassum qiling. Tez orada atrofingizdagi insonlarning siz uchun xavfsiz va yaqin bo‘lib qolganini his qilasiz.
* Qiyinchilik va muammolardan chalg‘ishni, ularni uzingizdan qo‘yib yuborishni o‘rganing. Shunda muammoning o‘zi aslida muammo emasligini tushunasiz.
* Atrofga, osmon, daraxtlar, gullarga qarang, tabiat tovushlariga quloq soling... Hamma narsada go‘zallik va yaxshilikni ko‘ra bilishga harakat qiling.
Joriy yilning 17-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun MICE turizm va jurnalistika bo‘yicha yetakchi xalqaro mutaxassis, janob Ivo Baumann bilan onlayn seminar tashkil etildi.
Onlayn seminarda so‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizm xizmatlari tuzilmasini diversifikatsiya qilish va turizmning yangi turlarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani haqida batafsil aytib o‘tildi. Xususan, MICE turizmi orqali sayyohlar oqimini ko‘paytirish, ya’ni O‘zbekistonda turli turnirlar, uchrashuvlar, anjumanlar, ko‘rgazmalar tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Ma’lumot uchun: MICE turizmi – turli korporativ tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan ishbilarmonlik turizmi sohasi. MICE – bu biznes uchrashuvlari, timbilding, konferentsiyalar, korporativ bayramlar va boshqalar.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz