Joriy yilning 26-aprel kuni “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bitiruvchi yoshlarni viloyat hokimligining “Samarqand kelajak javohirlari” istiqbolli kadrlar zahirasiga olish mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbirda viloyat hokimligining Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Bekzod Rahmatullayev va universitetning birinchi prorektori Joʻliboy Eltazarov ishtirok etib, loyihaning ahamiyati, ishonch bildirilayotgan yoshlar oldiga qoʻyilayotgan vazifalar, maqsadlar, ularga erishish yoʻllari haqida fikr yuritishdi.
Uchrashuv davomida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini a’lo baholarga bitirayotgan, bilimli, tashabbuskor va liderlik qobiliyatiga ega boʻlgan bakalavriat hamda magistratura bosqichi bitiruvchi yoshlari viloyatning turizm va xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha yangi gʻoyalarini, shuningdek, sohadagi mavjud muammolarga oʻzlarining mutaxassis sifatidagi yechimlarini taklif etishdi.
Suhbat yakunida viloyat hokimligining Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Bekzod Rahmatullayev bitiruvchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar kelgusida sohani rivojlantirish strategiyasiga kiritilishini aytib, tadbirda ilgari surilgan kreativ gʻoyalarning ijrochisi ham, albatta, aynan shu yoshlar boʻlishi zarurligini ta’kidladi.
2022-yil 19-aprel kuni Samarqand viloyati Tayloq tumanidagi “Gʻulba” MFYda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘qituvchisi K.Abdullayeva tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mahalla fuqarolari va yoshlari o‘rtasida “Bir ziyoli bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida tashkil etilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
“Gʻulba” mahalla fuqorolari va yoshlari tadbirda faol ishtrok etdi. Tadbir davomida mahalla fuqorolariga hozirgi kunda yurtimizda olib borilayotgan oqilona siyosat va sohalarga qaratilayotgan e’tibor haqida ma’lumotlar berib oʻtildi va mahalla yoshlariga kelajakda toʻgʻri kasb tanlash mavzusida suhbatlashildi.
Suhbat davomida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti haqida yaqindan ma’lumot berib oʻtildi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan imzolangan chora-tadbirlar rejasining ijrosini ta’minlash maqsadida, “Ipak yo‘li” universiteti talabalari va xodimlari uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini kamaytirish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida xodimlar va talabalar jabrlangan va moddiy mol-mulkni qutqarishda asbob-uskunalar va moslamalar ishlash tamoyillari bilan tanishdilar.
Uchrashuv yakunida FVB mutaxassislari universitet xodimlari va talabalarining barcha savollariga javob berishdi.
Seminarida har bir fuqaro har doim favqulodda vaziyatlarga tayyor bo‘lishi kerakligi qayd etildi.
Ilmiy rahbar: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
dotsenti, PhD Sultanov T.I.
Muallif: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
Guide-121 guruh talabasi Asatilloyev A.J.
Islom dini Movarounnahrga VII asrning boshlarida kirib kelgan. Shu davrdan boshlab yurtimizda islom dini keng tarqala boshladi. Buning natijasida yurtimizdan ko’plab islom ulamolar yetishib chiqdi. Ularning jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo’shdi. Arab grammatikasi asoschisi Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy (1074-1143) misol qilib olsak bo’ladi. Mahmud az-Zamaxshariyga Islom ilmiga qo’shgan hissasi uchun unga “JORULLOH” (ALLOHNING QO’SHNISI) nomi berilgan. Uning “AL-MUFASSAL” asari butun dunyoda arab tilini o’rganishda qo’llanma sifatida ishlatiladi. Biz tarixni, tarixiy shaxslarni yozma va moddiy manbaalardan o’rganamiz, yurtimiz tarixini o’rganishda arab yozuvini bilish katta ahamiyatga ega. Arab yozuvining dunyoda taxminan 10.000 dan ziyod turi mavjud.
Ularning asosiylari: SULS, NASX, KUFI, NASTALIQ, DEVONI, MUHAQQAQ, RIQO, RAYHONIY.
Xattotlik badiiy san’atdir. Uning kelib chiqishi Islom tarixi bilan bog’liq. Islomning oltin davri bo’lgan X asrda boshqa sohalar rivojlangani singari Xattotlik san’ati ham rivojlandi.
Eng qadimgi xat bu KUFI xatidir. Kufiy xati asosida boshqa xatlar ham rivojlangan.
Samarqand tarixiy obidalarida Arab youvining asosan KUFI va SULS xatlaridan foydalanilgan. (“Islom oltin davri,” 2021)
Manba: surat maqola muallifi tomonidan tayyorlangan.
Mamlakatimizning tarixiy shaharlari bo’lmish Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkentda tarixiy obidalarida yozma bitiklarni juda ko’p uchratishimiz mumkin. Samarqand tarixiy obidalaridagi yozuvlar haqida to’liq yozsak, bu maqola emas, balki bir nechta katta kitobga aylanadi. Shuning uchun ushbu maqolada Samarqand tarixiy obidalaridagi yozuvlarning ba’zilarini ko’rib tahlil qilib chiqamiz.
REGISTON MASJMUASIDAGI TARIXIY BITIKLAR.
SHERDOR MADRASASIDAGI YOZUVLAR:
Sherdor madrasasining HAZRAT MUHAMMAD IBN JA’FAR SODIQ maqbaralari deb ta’riflanayotgan joyning tepasida Kufiy xatida: “ALLOH TAALO ATDI” deb va Suls xatida: “O’QING EY MUHAMMAD BUTUN BORLIQNI YARAYGAN ZOT BO’LMISH RABBINGIZ ISMI BILAN”. ALAQ surasing 1-oyati yozilgan.
Manba: surat maqolaning muallifi tomonidan olingan.
Ushbu oyat QUR’ONI KARIMNING ilk oyatidir. Ushbu oyat ilm olish naqadar zarurligini bildiradi. (Abdulaziz Mansur, Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi, 2013, 457-bet )
Islom madaniyatiga asoslangan devorlar atrofida Kufiy xatida: “ALLOH barcha va nuqsonlardan pokdir, Hamd ALLOHGA bo’lsin, ALLOHDAN o’zga iloh yo’q, ALLOH buyukdir” “TAMJID KALIMASI” yozilgan.
Manba: surat maqolaning muallifi tomonidan olingan.
Bu yozuv Sherdor madrasasi peshdoqining o’ng tomondan boshlanib, peshtoqning o’rtasi va chap tomonigacha yozilgan.
Bu kalima Kufi xatida yozilgan.
TILLAKORI MASJID MADRASASIDAGI YOZUVLAR
Tillakori masjid madrasasida boshqa madrasalarga qaraganda asosan Payg’ambarimiz MUHAMMAD sollallohu alayhi vasallamning muborak Hadislari yozilgan. Tillakori masjid madrasasining hujralari tepasida hadislar bitilgan. Ushba maskan ham madrasa ham masjid vazifasini o’tgan. Madrasadagi ustozlar va talabalar jamoat namozlarini o’qishgan. Ushbu uchala madrasad talabalar Din, Fiqh, Tarix, Falsafa, Matematika, Astronomiya, jahon tillarini o’rganishgan.
( Rasul Xodizoda, Samarqandnoma, 2011, 258-259-betlar)
Manba: surat maqola muallifi tomonidan olingan.
Madrasaning kirish qismi peshtoqi atrofida “TAVBA” surasining 18/22- oyatlari yozilgan. Tavba surasi Madinada nozil bo’lgan, 129 oyatdan iborat. Ushbu sura Qur’oni Karimdagi yagona “Bismillahir rohmanir rohim” siz ya’ni “Mehribon va rahmli Alloh nomi’’siz boshlangan suradir. Buning sababi to’g’risida turli fikrlar aytilgan. Ba’zilar Tavba surasi undan oldingi Anfol surasining davomi bo’lgani uchun desalar, ba’zilar surada ko’proq urush, jang, qatl zikr etilgani uchun deb ulamolar izoh beradilar. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan esa aniq ko’rsatma berilmagan. Surada asosan “Tabuk” voqeasi, masjid qurish, iymon-kufr, savob-gunoh, tavba-tazarru va boshqa mavzular bayon etilgan. ( Abdulaziz Mansur, Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi, 2013, 116-117-betlar).
Madrasa hujralarining birida: “ILM INSONNI DUNYODA AZIZ VA OXIRATDA SHARAFLI QILADI”, degan hadis yozilgan.
Manba: surat maqola muallifi tomonidan olingan.
Hadisning aynan talabalar hujrasining peshtoqiga yozilganligi insonning e’tiborini tortadi. Tolibiilmlar har gal hujralariga kirishdan oldin shu hadisni o’qishgan. Bu ularni yaxshiroq ilm olishga undagan.
“AMIR TEMUR” MAQBARASIDAGI BITIKLAR.
Maqbara XV asrning boshida qurilgan. Samarqanddagi boshqa tarixiy obidalarga o’xshab bu maqbarada ham Quroni Karimdan oyatlar va Payg’ambarimiz MUHAMMAD sollallohu alayhi vasallam hadislari yozilgan. Maqbaraning kiraverishidagi peshdoqda ushbu maqbaraning arxitektorining ism sharifi yozilgan.
Manba: surat maqola muallifii tomonidan olingan.
Bu yerda: “OJIZ BANDA MUHAMMAD IBN MAHMUD ISFAHONIYNING ISHI ” deb yozilgan.
Insonning martabasi qanchalik yuqori bo’lmasin doim o’zini kamtar tutishi lozimligini bildiradi. Amir Temur 1381-yil Eronga qilgan yurishida Erondagi binolarning go’zalligi unga yoqib qoladi va Erondan bir qancha san’at ustalarini Samarqandga olib keladi. Shundan so’ng eronlik san’at ustalari Samarqandda ishlay boshlashadi. Tillakori masjid madrasasing ichki hujra va xonalari ham Eron uslubida bezatilgan. ( Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, 1997, 89-bet )
Garchi ajdodlarimiz bizga buyuk ilm va dargohlarni me’ros qilib ketgan bo’lsalar-da, biz bu meroslarga yaxshi e’tibor bermayapmiz. Registon majmuasidagi Tillakori masjid madrasasi, Amir Temur maqbarasi va Shohizinda majmuasi. Ushbu qadam joylardagi qayta qurish (rekonstruksiya) ishlari to’liq va sifatli tugatilmagan. Tarixiy yozuvlar, bitiklarning ba’zilari to’liq yozilmagan, ba’zilari esa yozilgan ammo bir qismi yo’q. Ba’zilari xato yozilgan. Ularning ayrimlarida oyatlar boshqa oyat bilan qo’shilib ketgan. Bundan tashqari harflarning nuqtalari qolib ketgan. Siz bilan men buni farqiga bormasmiz, ammo chet eldan buni farqiga boradigan mehmon kelib bu holatni ko’rsa, bu biz uchun sharmandalik bo’ladi. Ming afsuslar bo’lsinki, shu joyda ishlaydigan mahalliy gidlar ham yozuvlar tog’risida xato ma’lumotlarga ega.
Manba: surat maqola muallifi tomonidan olingan.
Manba: surat maqola muallifii tomonidan olingan.
Xulosa qilib shuni ta’kidlamoqchimizki, biz ham diniy, ham dunyoviy ilmlarni yetakchilari bo’lgan kishilarning avlodlarimiz. Butun dunyo yurtimizdan yetishib chiqqan olimlar, shoirlar, faylasuflarni tan oladi. Biz boy madaniyati va boy tarixiga ega bo’lgan millatmiz. Samarqand o’zining qadimiy va tarixiy me’moriy obidalari bilan jahon madaniyatlari ichida ajralib turadi. Asosiysi, Samarqanddagi tarixiy obidalar Samarqandning ajralmas qismiga aylanib qolgan. Bu obidalar mahalliy aholini ham, chet ellik mehmonlarni ham hayratga solib kelmoqda. Binobarin, bizning va butun jahonning o’zini zukkoligi, farosatligi bilan dunyo sivilizatsiyasiga qo’shgan hissasi va bizga qoldirgan tarixiy obidalarni, xususan, ulardagi bitiklarni chuqur o’rganishimiz zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Dunyoda pandemiya paytida o‘rnatilgan cheklovlar birin-ketin kamayayotgani tufayli turizm industriyasi tiklana boshlayapti. Joriy yil birinchi chorakda yurtimizga xorijdan 610 ming nafar yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 baravardan ziyod turistlar kelgan. Keyingi oylarda yanada ko‘p turistlar kelishi kutilmoqda.
Yig‘ilishda turizm infratuzilmasining bunga tayyorlik darajasi tahlil qilinib, kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.
Xususan, Qoraqalpog‘iston, Andijon va Qashqadaryoda mehmonxona o‘rinlari yetishmaydi. Navoiy, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida katta imkoniyatlardan foydalanilmayapti. Yoshlarga mos turistik xizmatlar juda kam. “Oilaviy” va “barchasi ichida” xizmatlarni joriy qilish ishlari sust.
Hududlardagi 206 ta termal va mineral suvli buloqlarning 18 tasidan foydalanilmoqda, xolos. Misol uchun, Qamchiq dovonida joylashgan Arashan ko‘llari suvining harorati qishin-yozin 36 gradus issiqlikda bo‘lib, xorijiy kurortlardan qolishmaydi. Yoki, Chimboy, Qorao‘zak va Taxtako‘pirda yer ostidan 40-70 gradus issiqlikda chiqadigan termal buloqlar atrofida sanatoriya-kurortlar tashkil qilish mumkin.
Sayyohlarni jalb qilishda yurtimizdagi 122 ta muzey salohiyatidan ham foydalanilmayapti. Ularda 2 million 500 mingdan ortiq ashyolar bo‘lib, shundan 112 mingtasi jahon tarixi va madaniyati uchun ham noyob hisoblanadi.
Yig‘ilishda shu kabi imkoniyatlarni ishga solib, turizm sohasida pandemiyagacha bo‘lgan ko‘rsatkichlarni tiklash, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Avvalo, har bir viloyatda turistlarni o‘ziga ohanraboday jalb qiladigan yirik loyihalarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Masalan, Namangandagi “Afsonalar vodiysi”, Bo‘stonliqdagi “Amirsoy” majmualariga kuniga minglab xorijiy va mahalliy turistlar boradi. Xorijiy investorlar ishtirokida Xonobodda yana bir shunday loyiha boshlangan.
Prezident yurtimizda bunday joylar ko‘pligini ta’kidlab, qator imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi.
Xususan, Boysunda dunyodagi eng chuqur g‘orlardan biri hisoblangan Boybuloq, neandertal odam qoldig‘i topilgan Teshiktosh g‘orlari, qadimiy ellin madaniyati yodgorligi bo‘lmish Uzundara qal’asi bor. Tumanning tabiati, iqlimi ham zo‘r. U yerda mehmonxona, kemping, “dor yo‘li”, turistlar uylari tashkil etish orqali 500 ming sayyohni jalb qilsa bo‘ladi.
Bunday imkoniyatlar Bo‘stonliqdagi Tovoqsoy, Ohangarondagi Ovjasoy, Angrendagi Yangiobod, Shahrisabzdagi Miraki, Yangiqo‘rg‘ondagi Nanay, Popdagi Chodak qishloqlarida ham bor.
Shuningdek, Nukusdagi Ashshiko‘l, Buxorodagi Zikriko‘l, Jizzaxda Aydarko‘l va Tuzkon ko‘lida xuddi Chorvoqdagidek cho‘milish zonalari tashkil etish mumkinligi ta’kidlandi.
“O‘zbekiston turizm magistrali” bo‘ylab, 31 ta tuman va shahar hududidan o‘tuvchi yo‘llar bo‘yida avtoturargoh, kemping, avtoservis, ovqatlanish, yoqilg‘i quyish kabi xizmatlarni qamrab olgan “Karvonsaroy”lar barpo etish choralari belgilandi.
Toshkent shahrida xorijiy turistlar uchun kamida 3 kunga mo‘ljallangan “1 ming dollarlik xizmatlar to‘plami” shakllantiriladi. Bu dastur yil davomida ishlaydigan akvapark va mavzuli parklar, gastronomik va savdo ko‘chalari, jonli ijro konsertlari, shou va festivallarni o‘z ichiga oladi.
Yig‘ilishda ichki turizmni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu boradagi ko‘rsatkichni 10 million nafarga yetkazish vazifasi qo‘yilar ekan, buning imkoniyatlari ham belgilab berildi.
Xususan, 1 iyuldan boshlab, turizm qishloqlarida mehmon uylari, ovqatlanish va savdo shoxobchalari, ko‘ngilochar joylar tashkil etgan tadbirkorlar uch yil davomida aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada, mol-mulk, yer, suv soliqlarini hisoblangan summadan bor-yo‘g‘i 1 foizini to‘laydi. Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida, bunday qishloqlarda mehmon uylari tashkil etishga 50 million so‘mgacha, o‘tov va eko-uylar majmuasiga 300 million so‘mgacha, chodirli lagerlar qurishga 300 million so‘mgacha kreditlar beriladi. Har yili turizm qishloqlarining 200 nafar yoshlari byudjet hisobidan Turizm texnikumlarida bepul o‘qitiladi.
Hokimlarga turizm qishloqlarida yo‘l, elektr energiyasi, ichimlik suvi, aloqa tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Bunga joriy yilda respublika byudjetidan 250 milliard so‘m ajratiladi.
Shu bilan birga, xorijiy turistlarga sayohatning barcha bosqichlarini tashkillashtirishga ko‘maklashuvchi saytlar, mobil ilovalar yaratish zarurligi ta’kidlandi.
Turistlarni jalb etish va sayohatlarni mazmunli o‘tkazishda madaniy tadbirlar ham muhim o‘rin tutadi. Yurtimizda 186 xil xalqaro va mahalliy festivallar tashkil etiladi. Ular orqali qo‘shimcha 1 million xorijiy va 5 million nafar ichki turistlarni jalb qilish imkoniyati bor. Mutasaddilarga ushbu tadbirlarni yuqori saviyada va xavfsiz tashkil etish, butun dunyoga keng targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Joriy yilda Navro‘z bayrami munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangani, 250 ta mehmonxona va muzeylarda chegirma berilgani, ziyorat ob’ektlari bepul qilingani ichki turizm uchun katta turtki berdi. Buning natijasida Buxoro va Samarqandga qo‘shimcha 110 ming mahalliy turistlar borgan. Kelgusi haftada Ramazon hayiti munosabati bilan ham xalqimizga yana 5 kunlik dam olish beriladi.
Davlatimiz rahbari bunday ishlarni faqat bayramlar arafasida emas, balki yil davomida tizimli ravishda tashkil etish zarurligini ta’kidladi.
Shu maqsadda, bu yildan boshlab barcha davlat tashkilotlari xodimlari uchun yiliga bir marta mahalliy sayohatga chiqish xarajatlarining 20 foizini byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qoplash amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Bundan tashqari, 1 sentyabrdan boshlab, yurtimiz bo‘ylab sayohat qilayotgan fuqarolarga avia, temir yo‘l va avtobus chiptalari narxining 15 foizi, mehmonxona xarajatining 20 foizi, muzey va boshqa madaniyat ob’ektlariga chipta narxining 50 foizini qaytarish tizimi joriy etiladi.
Muzeylar faoliyatini samarali tashkil etish ham turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, respublika bo‘yicha barcha muzeylar eksponatlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularning elektron bazasini yaratish, muzeylar rahbar va xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Muzeylarning ko‘rgazma maydonlari kamligi sababli atigi 1 foiz eksponat namoyishga qo‘yilgan. Qolaversa, aholining uzoqdagi muzeylarga borish imkoniyati yo‘q. Shuning uchun, “San’atni xalqqa yaqinlashtirish” dasturi doirasida hududlarda muzeylarning ko‘chma ko‘rgazmalarini tashkil qilish kerakligi aytildi. Yurtimizdagi 4 ming 500 dan ortiq arxeologiya yodgorligini ochiq osmon ostidagi muzeylarga aylantirish vazifasi qo‘yildi.
Sayyohatlarni tashkil etishdagi eng muhim vositalardan biri transportdir. Hozirgi kunda transport xarajatlarining yuqoriligi xorijiy turistlarni jalb qilishda asosiy to‘siqlardan biri bo‘lib qolmoqda. Xalqaro va mahalliy yo‘nalishlarda “loukoster”lar ko‘p emas. Zamonaviy “Afrosiyob” poyezdiga chipta olish uchun bir necha hafta oldin murojaat qilish zarur.
Shu bois, Transport vazirligiga turizm sohasida transport infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Sayyohlarning aviaqatnovlarga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 1 iyuldan boshlab, “Ziyorat turizmi” dasturi doirasida xorijiy aviakompaniyalarga ko‘rsatiladigan xizmatlarga 50 foizgacha chegirmalar joriy qilinadi. 1 oktyabrga qadar mahalliy aviaqatnovlarga mo‘ljallangan yangi “Silk avia” kompaniyasi tashkil etiladi. Xarajatlarni kamaytirish maqsadida 9 ta samolyot to‘liq ekonom-klassga o‘tkaziladi.
Yig‘ilishda soha mutasaddilari, hokimlar va tadbirkorlar so‘zga chiqib, reja va takliflarini bildirdi.
Jomonkulova Guli Rashid kizi, student of “Silk Road” International University of Tourism and Cultural Heritage
Dr. Raymond Joseph Hoffmann, Vice rector for Academic Affairs of “Silk Road” International University of Tourism and Cultural Heritage
Annotation. The article analyzes the rate of the attractiveness of museums of Uzbekistan among local tourists, using some statistical data, and provides possible ways to improve the number of visitors.
Keywords: Local tourists, museums, tourist firms, attractiveness, marketing strategy
Аннотация. В статье анализируется показатель привлекательности музеев Узбекистана среди местных туристов, используя некоторые статистические данные, и приводятся возможные пути улучшения количества посетителей.
Ключевые слова. Местные туристы, музеи, турфирмы, привлекательность, маркетинговая стратегия.
Annotatsiya: Ushbu maqolada ayrim statistik ma’lumotlardan foydalangan holda mahalliy sayyohlar orasida O‘zbekiston muzeylarining jozibadorlik darajasi tahlil qilinadi va tashrif buyuruvchilar sonini oshirish imkonini beradigan yo‘llari keltirib o’tiladi.
Kalit so’zlar. Mahalliy sayohatchilar, muzeylar, turistik firmalar, jozibadorlik, marketing strategiyasi
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova tomonidan 2022-yil 20-aprel kuni universitet Xotin-qizlar kengashining faollari bilan kengash yig‘ilishi o‘tkazdi. Yig‘ilishda asosan joriy yilning 14-15-aprel kunlari “Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati” mavzusidagi respublika o‘quv-seminaridagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi va ko‘rilgan masalalar yuzasidan ma’lumotlar berdi.
Mazkur o‘quv-seminarga Urganch davlat universiteti mezbonlik qildi va unda oliy ta’lim muassasalarining 150 nafardan ortiq Xotin-qizlar maslahat kengashlari raislari ishtirok etishdi. O‘quv semenarida ko‘rilgan masalalar yurtimizda ayollar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning koʻlamini yanada kengaytirish, mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlar darajasini oshirish, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishning mustahkam asosini yaratish va bu yoʻlda esa oliy ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalar, huquq-tartibot organlari bilan ta’lim muassasalarining hamkorligi, oilaviy munosabatlar talim muassasalarida ijtimoiy-ma‘naviy muhit barqarorligini ta‘minlashda xotin qizlarning o‘rni, talaba-qizlarning kiyinish madaniyati, ijtimoiy masalalari to‘g‘risida to‘liq ma‘lumot berdi.
Universitetning Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvohidova ham soʻzga chiqib, respublika o‘quv-seminarida ko‘rilgan masalalarning dolzarbligiga alohida e‘tibor qaratdi. “Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati” mavzusida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonida ilgari surilgan ”Inson qadri uchun” tamoyili to’g’risida, ayniqsa, bugungi kunda jamiyatimizda uchrab to‘rayotgan zo‘ravonlik kabi noxush holat va uni bartaraf etishda barcha birdek birlashishi, xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish, imkon qadar bunday holatlarga yo’l qo’ymaslik zarurligi haqidagi alohida to‘xtalib o‘di.
Yig‘ilish davomida o‘quv semenari to‘g‘risida videorolik va taqdimot namoyish etildi. Yig‘ilish davomida ishtirokchilar tomonidan ko`pgina savollar berildi va takliflar ko`rib chiqildi. Ko‘rilgan masalalar yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Mamlakatimizning innovatsion salohiyatini yanada rivojlantirishni maqsad qilgan, kreativ fikrlaydigan yoshlar, isteʼdodli professor-oʻqituvchilar, yosh olimlar va ilmiy tadqiqotchilar, pedagoglar va iqtisodiyot tarmoqlari mutaxassislari diqqatiga!
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi ilgʻor xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada taʼlim olish uchun 2022-yilgi 2-stipendiya tanlovini eʼlon qiladi!
“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2022-2023 o‘quv yili uchun:
* bakalavriat taʼlim dasturi uchun 51 oʻrin,
* magistratura taʼlim dasturi uchun 145 oʻrin,
* doktorantura taʼlim dasturi uchun 110 oʻrin stipendiyalar ajratishini maʼlum qiladi.
Nomzodlarning hujjatlari 2022-yil 15-apreldan – 15-mayga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.
Saralash bosqichlari 2022-yil 15-maydan – 15-iyunga qadar davom etadi.
Saralash tanloviga oid barcha maʼlumotlar “El-yurt umidi” jamgʻarmasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil eʼlon qilib boriladi.
Nomzodlar uchun barcha zarur maʼlumotlar Jamgʻarmaning Onlayn hujjat topshirish platformasida batafsil yoritib berilgan: undefined
2022-yil 23-aprel kuni Urgut tumanidagi 100-maktab o‘quvchilari “Ipak yo‘li” universitetiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarga universitet faoliyati, an’analari, qadriyatlari, professor-o‘qituvchilari haqida ma’lumotlar berildi.
Ekskursiya davomida ularga o‘quv-ishlab chiqarish kompleksiga kiruvchi mehmonxona xonalari, bar-restoran; ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan va 250 kishiga mo‘ljallangan konferens-zal; kafeteriy usulida qayta ta’mirlangan oshxona; universal sport zali; shuningdek, kutubxona va suv havzasi namoyish etilib, batafsil ma’lumotlar berildi.
#5_MUHIM_TASHABBUS_AMALDA
Joriy yilning 21-22-aprel kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Uchinchi Renessansni shakllantirish sharoitida turizm sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya doirasidagi birinchi kunida ishtirokchilar bahs-munozaralar tarzida to‘rt mintaqa: Afrika, Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo, Janubiy Osiyoning turizm salohiyati va rivojlanish omillarini tahlil qilishdi.
Konferensiyaning ikkinchi kunida turizm sohasidagi asosiy muammolarni hal etish, ilg‘or turizm mutaxassislari tajribasini O‘zbekistonda tatbiq etish yo‘llari muhokama qilindi. Qizg‘in muhokamalar natijasi rezolyutsiya bilan rasmiy xat yozish bo‘ldi.
Konferensiya “Ipak yo‘li” universitetida iliq va do‘stona ruhda, sog‘lom raqobat muhitida o‘tkazildi. Ma’ruzachilar yuqori darajadagi tayyorgarlikni namoyish etdilar, berilgan barcha savollarga javob berib, ilmiy fikrlash, fikrlarining dolzarbligi va ilmiy yangiligini ishonchli tarzda isbotladilar.
Konferensiya yakunlariga ko‘ra quyidagi g‘oliblar aniqlandi:
“The Best Speaker” nominatsiyasida – Nilyufarxon Ashuraliyeva;
“The Best Group” jamoaviy nominatsiyasida – “Turkiston” jamoasi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz