O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tanlov asosida ishga taklif qiladi
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tanlov asosida Logistics the of tourist route fani, Travel Agency Operations and Management fani, Security system management in tourism sphere fani, Data science and digital transformation fani, Tourism Law, Digital Fundamentals management theory fanlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni ishga taklif qiladi:
Nomzodlarga quyiladigan talablar:
- nomzod tomonidan shaxsan ingliz, o‘zbek va rus tillarida tuzilgan mehnat samaradorligi ko‘rsatkichi – KPI yoki CV;
- Ingliz, o‘zbek va rus tillarini mukkamal bilishi;
2017-yil 11-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 610-son qarori talablariga muvofiq Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan chet tilini bilish darajasi (B2 va undan yuqori bo‘lgan) to‘g‘risidagi sertifikatga yoki unga tenglashtirilgan ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi hujjat (IELTS–6.5, TOEFL 575, xorijda ta’lim olgan va dars bergan mutaxassislarga til bilish sertifikati);
O‘z navbatida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti nomzodlarga:
barqaror oylik maoshi (oylik ustama haqi bilan);
istiqbolli karerani nazarda tutgan mehnat faoliyatini;
xorij davlatlariga xizmat safarlarini taklif qiladi.
Ish tartibi: dushanbadan jumaga qadar (09:00 dan 18:00 gacha).
Tanlov mudati: 2022 yil 10 mart kuniga qadar
Nomzodlar Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. va Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga quyidagi ma’lumotlarni yuborishi kerak :
O‘zbek yoki (rus), ingliz tilidagi KPI va CV
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
+998 66 240-67-73
“ Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy ” shiori ostida joriy yilning 24-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova tomonidan universitetda faoliyat yuritayotgan Tozalik uchun mas‘ul xodimalar (farroshlar) bilan “Jamiyatda ayol: myammo va yechimlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir xotin-qizlar kengashi raisi M. Abbasovaning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonida ilgari surilgan ”Inson qadri uchun” tamoyili to’g’risida ayniqsa bugungi kunda jamiyatimizda uchrab to‘rayotgan zo‘ravonlik kabi noxush holat va uni bartaraf etishda barcha birdek birlashishi, xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish, imkon qadar bunday holatlarga yo’l qo’ymaslik zarurligi haqidagi ma’ruzasi bilan ochildi.
Ayollarning mehnatga oid huquqlari bo’yicha universitet Kasaba uyushmasi raisi S. Matlabov so‘zga chiqib, mamlakatimizda huquqiy islohotlar shiddat bilan amalga oshirilayotganligini so‘nggi yillarda normativ-huquqiy hujjatlarga inson va uning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyatidan ham ko‘rish mumkinligini ta’kidlab o’tdi. Zero, qonunlar jamiyat hayoti va demokratik taraqqiyot negizidir. Qonunlar, avvalo, jamiyat hayotining asosini yaratib, davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladi.
“Baxtli yashash – o‘ziga sadoqatli bo‘lish” haqida universitet psixologi D.Turdiyeva so’zga chiqdi. “Hayotda ish va majburiyatlar shunchalik ko‘pki, hatto vaqtning o‘tgani ham bilinmaydi. Bunday notinchlikda hissiy va ma'naviy ahvol haqida osongina unutish mumkin. Lekin baxtli inson bo‘lish uchun doimo o‘sish va o‘zgarish zarurdir. Shuning uchun, siz o‘zingiz va hayotingizga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lish uchun 16 ta oddiy qoidalarga rioya qilishga harakat qiling”. Yig‘ilishda ushbu qoidalar bo’yicha suhbatlashildi.
Universitetning Turizm menejmenti fakulteti boshlig’i R.Toshniyozova “Xotin-qizlar huquqlari davlat himoyasida” mavzusidagi ma’ruzasida xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish masalasiga davlatimizda alohida e'tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Mamlakatimiz Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi, Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari to'g'risidagi, Bir xil qiymatga ega bo'lgan mehnat uchun erkaklar va xotin-qizlarni rag'batlantirish to'g'risidagi, Onalikni muhofaza qilish to'g'risidagi konvensiyalarga, Pekin platformasi va Harakatlar rejasi kabi xalqaro hujjatlarga qo'shilganligi haqidagi ma’lumotlarni keltirib o’tdi. Shuningdek, universitetning tozalikka mas’ul xodimalarning mehnatini qadrlash uchun fakultet boshlig’i sifatida barcha ta’lim olayotgan talabalar hamda faoliyat yuritayotgan o’qituvchilarga murojaat qilib, osoyishtalik va obodonchilik, gigiyenik-sanitariyaga barcha birdek mas’ulligini ta’kidladi.
Ma'lumki, 2021-yil 18-oktabr kuni, Samarqand shahar kunida Prezident maktabining tantanali ochilishi bo'lib o'tgan edi. Prezident maktablari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil, 20-fevraldagi "Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga muvofiq tashkil etilib, iste'dodlarni “kashf etish” hamda bo'lajak liderlarini tayyorlash tizimini yaratishga qaratilgan.
Joriy yilning 24 fevral kuni Turizm va madaniy meros vazirligi hamda "Ipak yo'li" universiteti vakillari Prezident maktabiga tashrif buyurdilar. Ushbu uchrashuvda talabalarni universitet faoliyati, turizm va kadrlar tayyorlash sohasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, Samarqand shahrida kelgusida bo'lib o'tadigan xalqaro tadbirlar bilan tanishtirdilar.
"Ipak yo'li" universiteti Birinchi prorektori J.Eltazarov o’quvchi yoshlar bilan muloqot chog’ida ta’kidlaganidek, maktab o‘quvchilari uchun oliy o‘quv yurti va kelajak kasbini tanlash eng mas’uliyatli qarorlardan biridir. Ayni paytda universitetda bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida turizm sohasi uchun eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Prezident maktablarining bitiruvchilari Yurtboshimizning tashabbusi bilan 2018-yilda tashkil etilgan Markaziy Osiyoda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlaydigan birinchi oliy ta’lim muassasasi -“Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros universiteti talabalari safidan o’rin oladilar deb umid qilamiz.
Yig‘ilishda Turizm va madaniy meros universiteti ilm-fan va ta’lim boshqarmasi boshlig‘i A.Eshtaev nazariya va amaliyot o‘rtasida integratsion aloqalarni yo‘lga qo‘yish, turizm sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish, ilm-fan va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish g‘oyat muhim ekanini ta’kidladi, Prezident maktabi o’quvchilariga o’qish va izlanishlarida muvaffaqiyatlar tiladi..
Uchrashuv so‘ngida mehmonlar va o‘quvchilar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi va Prezident maktabi kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilindi. Shuningdek, maktab o’quvchilariga -“Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros universiteti Smart Campusi faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda kutubxonaning kitob fondida to‘plangan noyob kitoblar to‘plamini namoyish etish maqsadida ushbu OTMni ziyorat qilish taklif etildi.
XX asrning ikkinchi yarmida dunyo tarixiy va madaniy yodgorliklarni, tabiiy obyektlarni muzeylashtirish, yangi turdagi muzeylarni yaratish va muzeylarga tashrif buyuruvchilar bilan ishlashning yangi shakllarini izlash davri kirdi. Zamonaviy muzey - bu dunyoning o'ziga xos mini-modeli bo'lib, u odamga haqiqiy dunyoda harakat qilishga yordam beradi. XXI asr boshlarida muzeyning shaxsni tarbiyalash va ta’lim berishdagi ahamiyati tobora ortib bormoqda. Muzeyning yuqoridagi jihatlarini o‘rganish bilan muzeyshunoslik shug‘ullanadi. Ma’lumki, muzey ashyolarini o‘rganish jarayonida arxeologiya, paleografiya, etnografiya, numizmatika, sfragistika, adabiyotshunoslik va san’atshunoslik metodlaridan foydalaniladi. Muzey ashyolarini restavratsiya qilish va asrab-avaylashda tabiiy fanlarda qo’llaniladigan usullardan, masalan, rentgenografiya, spektrografiyadan foydalaniladi. Psixologiya va pedagogikaga oid usullardan ekspozitsiya va ko‘rgazmalar yaratishda, madaniy-ma’rifiy tadbirlarning turli shakllarini tashkil etishda, muzey tomoshabinlarini o‘rganishda foydalaniladi.
2021-yilda “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida “Muzeyshunoslik” nomi bilan yangi yo‘nalish ochildi. Shu munosabat bilan universitet rektori A.Abduhakimov ko‘magida kutubxona fondi har oy muzeyshunoslikka oid turli nashrlar bilan to‘ldirilib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.Abduhakimov ta’kidlaganidek: “Muzeyshunoslik – bu rivojlanayotgan ilmiy soha bo’lib, insonning voqelikka nisbatan o‘ziga xos munosabatini hamda ushbu munosabat natijasida yuzaga kelgan muzey fenomenini tadqiq etadi, muzey ashyolari orqali ijtimoiy ahamiyatga ega axborotni saqlash va uzatish jarayonlarini, shuningdek, muzey faoliyatini rivojlantirishni hamda uning asosiy yo‘nalishlarini o‘rganadi”.
Kutubxona peshtaxtalarida talabalarimiz muzeyshunoslikka oid sezilarli darajada kengaygan tematik nashrlarni topishlari mumkin bo’lib, ushbu kitoblar, nafaqat, umumiy nazariy muammolarni, ekspozitsiya va fond ishi masalalarini, shuningdek, muzeylarning marketing va reklama siyosatini, muzeylarning turizm biznesi bilan aloqalarini, muzey ishiga eng yangi axborot texnologiyalarini joriy etish kabi mavzularni ham o’z ichiga olgan.
Hurmatli talabgorlar! Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish bo‘yicha imtihonlar sanasi va vaqti ma’lum bo‘ldi:
Mustaqil izlanuvchilikka |
||
Imtihonlar |
Sanasi va vaqti |
Joyi |
Mutaxassislik fanlari |
28-fevral kuni soat 14:30 dan 15:30 ga qadar (suhbat shaklida) |
218-xona |
Chet tili (ingliz tili) |
28-fevral kuni soat 16:00 dan 17:00 gacha (suhbat shaklida) |
218-xona |
Joriy yilning 22-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti anjumanlar zalida 2022-yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Sammitiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov olib bordi. Davlatimiz Rahbari O‘zbekistonning ShHTga raisligi bilan bog‘liq barcha tadbirlarni o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rish vazifasini qo‘ygani ma’lum qilindi. Shu munosabat bilan Turizm va madaniy meros vazirligi huzurida oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari, umumiy ovqatlanish sohasi, mehmonxonalar, shuningdek, turizm sohasi vakillari hamda logistika kompaniyalaridan iborat maxsus shtab tashkil etildi. Rejaga ko‘ra, ular xalqaro sammit ishtirokchilari va mehmonlariga xizmat ko'rsatishda bevosita ishtirok etadilar.
Uchrashuv davomida tomonlar har bir hududda volontyorlar guruhlarini tashkil etish, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqish masalalarini muhokama qilishdi. Yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida Samarqand mamlakatimizning sayyohlik poytaxti va sayyohlik markazi hamda Markaziy Osiyo mintaqasida turistik hab ekanligini isbotlash uchun yana bir imkoniyat yaratadigan ShHT Sammitiga barcha imkoniyatlardan foydalangan holda tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan qizg‘in muhokamalar bo’ldi, tajriba almashildi.
“Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” nomli ilmiy-innovatsion ishlanmalar Respublika tanlovi
1. Tanlovga texnika va texnologiya axborot texnologiyalari, tibbiyot, qishloq va suv xo‘jaligi, arxitektura va qurilish sohalari bo‘yicha tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalariga asoslangan innovatsion ishlanmalar (qurilma, asbob-uskunalar va boshqalar) qabul qilinadi.
2. Tanlovga taqdim etilayotgan ishlanmalarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- ilmiy yangiligi (qiyosiy tahlili);
- ishlanmaning dolzarbligi va qo‘llanish sohasi;
- texnik iqtisodiy tavsifi;
- ishlanmaga oid ilmiy ishlar ro‘yxati (mavjud bo‘lsa);
- ishlanmaning namuna nusxasi yoki innovatsion qurilma chizmalari taqdim etiladi;
3. Tanlovda 40 yoshgacha bo‘lgan talabgorlar, (talabalar, magistrantlar, doktorant, tadqiqotchilar hamda professor-o‘qituvchilar) ishtirok etishlari mumkin.
4. Tanlov materiallari o‘zbek va rus tillarida qabul qilinadi
5. Ilmiy-innovatsion ishlanmalar 2022-yilning 30-martgacha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasiga (Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manzili,: telegram 977463721) elektron shaklda taqdim etiladi.
6. Zarur hollarda ishlanmalarning nusxalari yoki qurilma namuna nusxalari bevosita innovatsion ishlanmalar Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasiga topshirilishi mumkin.
Tanlov bo‘yicha qo‘shimcha savollar bo‘lsa Ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.(215-xona)
Joriy yilning 21-25-fevral kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida yakuniy imtihonlar bo‘lib o‘tadi, unda o‘qituvchilar talabalarning fanlarni o‘zlashtirish sifatini baholashadi.
Talabalarga imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tishlarini tilab qolamiz. Hurmatli talabalar, omad doimo siz tomonda bo'lsin!
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlikda 2022-yil 21-22-aprel kunlari ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
Konferensiya mavzusi: “Uchinchi Renessansni shakllantirish sharoitida turizm sohasini rivojlantirish istiqbollari”.
ANJUMANDA KO‘RILADIGAN MASALALAR:
Anjuman tili: o‘zbek, rus va ingliz tillari.
Anjuman qatnashchilari: Anjumanda professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, tadqiqotchilar, magistrantlar, talabalar va soha mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.
Anjuman materiallari chop etiladi va konferensiyaga ishtirok etgan mualliflarga 1 nusxadan bepul tarqatiladi.
Ma’ruza matnlarini rasmiylashtirish bo‘yicha talablar:
ma’ruza matnlari 14 o‘lchamdagi shriftda 1 intervalda, 3-5 varaq hajmida Times New Roman shriftida yozilgan va tahrir qilingan bo‘lishi lozim;
ma’ruza mavzusining yuqorisida muallifning ismi, sharifi, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi, telefoni va elektron manzili to‘liq ko‘rsatilishi kerak;
Maqola annotatsiyasi, kalit so‘zlari uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz) to‘liq yoziladi;
Maqola so’ngida ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga molik taklif va tavsiya berilishi shart;
matnni joylashtirishda sahifaning chegaralari: yuqoridan – 2,5 sm, pastdan – 2,5 sm, o‘ngdan 2,5 sm, chapdan – 2,5 sm. o‘lchamda belgilanadi;
ma’ruza matni 1 nusxa qog‘ozda va elektron variantda RTF formatida taqdim etiladi;
ma’ruza matnida mavzuga oid nazariy masalalar bilan birga ularning amaliy yechimlari yoritilgan bo‘lishi lozim.
Mualliflik badali: anjumanni tashkil qilish va to‘plamni nashr qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun har bir bet uchun 15 000 so‘m belgilangan.
Muddat: ma’ruzalar 2022 yilning 31 martiga qadar qabul qilinadi va chop etiladi.
Eslatma: Maqola anjumanning qaysi yo’nalishiga mo‘ljallanganligi aniq ko‘rsatilishi lozim. Tegishli talablarga javob bermaydigan, ilmiy-amaliy tavsiyaga ega bo‘lmagan va kechikib topshirilgan ishlar anjuman materiallariga kiritilmaydi va qaytarilmaydi.
Bog‘lanish uchun telefonlar:
(+998906035523); e-mail:Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
(+998915446204); e-mail:rano.toshniyozova @univ-silkroad.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda universitetda “Zakovat” intellektual klubi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida universitet talabalalari o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.
“Zakovat” intellektual o‘yinini yoshlarning sevimli mashg‘uloti sifatida rivojlantirish uchun universitetda doimiy ravishda turner o‘yinlari tashkil etiladi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz