Yangiliklar: Aprel 2022

Joriy yilning 18-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Sarbon” loyihasi doirasida “Ulug‘vor va betakror madaniyat” shiori ostida   “Ipak yo‘li xalqlari madaniyati va an'analari” nomli festival tashkil etildi.

Festivalfda koreys, qirg‘iz, ozarbayjon, turkman, o‘zbek, hind, ispan, arman, gruzin, tojik, qozoq kabi xalqlar madaniyati, urf-odatlari, san’ati namoyish etildi. Jozibador kuy va raqslar tomoshabinlarni o‘ziga maftun etdi.

Festivaldan maqsad talabalar ongi-shuurida madaniy merosga nisbatan faxrlanish, qadrlash, asrab-avaylash tuyg‘usini uyg‘otishdir. Bunday tadbirlar esa, o‘z o‘rnida, yosh avlodda ulug‘vor va betakror madaniyatimizni butun jahonga targ‘ib qilish,  sayyohlarni jalb qilish istagining, turizmni  rivojlantirish tashabbus va g‘oyalarining tug‘ilishiga zamin bo‘lib xizmat qiladi.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 18 Aprel 2022 15:31

Bir ziyoli – bir mahallaga ma'naviy homiy

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan. Yig‘ilishda mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida har bir mahallaga professor-o‘qituvchi va taniqli ziyolilar biriktirilishi ma’lum qilingan. Shu munosabat bilan “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida bugun,14 aprel kuni Tayloq tumanining O‘ray-Elipok MFYga “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining professor-o’qituvchilari, jumladan Yusupova Gulrux Nabievnalar tashrif buyurishdi. Tashrif davomida O‘ray-Elipok MFYning faollari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqarolar bilan bugungi kundagi islohotlar, shu jumladan  Prezidentimizning “Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” masalalari keng jamoatchilik bilan muhokama qilindi. Yoshlarga bugungi kunda berilayotgan e’tiborning yaqqol na’munasi sifadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida yoshlar uchun yaratilgan shart sharoitlar to‘g‘risida, talaba yoshlarning bandligini ta‘minlashga berilayotgan e’tibor to‘g‘risida batafsil muhokama  qilindi.Tadbir so‘ngida mahalla fuqarolari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining professor-o’qituvchilariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib bunday tadbirlar bardavom bo‘lishini tilab qolishdi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 15-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro  universiteti “Tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Mirbabayeva D. tashabbusi bilan “Kitob-oynasi” mavzusida 2-kurslar uchun fransuz tilidan ijodiy kecha o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlari tanlagan she’rlarini fransuz tilida so‘zlab berdilar. Shuningdek, talabalar “brainstorming” orqali “Kitob – qalb ko‘zgusi” mavzusida so‘z va maqollarni uslubiy tahlil qildilar.

Ijodiy kecha yakunida faol talabalar diplom bilan taqdirlandi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 15-aprel kuni “Tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari – Hamroqulov Timur, Obloqo‘lova Iroda va Abdullayeva Kamila tashabbusi bilan “Oskar Uayldning merosi: go‘zallik dunyoni qutqaradimi” mavzusida birinchi va ikkinchi kurs talabalari ijrosida spektakl namoyish etildi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida yoshlarda innovatsion tafakkurni shakllantirish, zamonaviy turizm sohasida texnologik g‘oyalarni rivojlantirish maqsadida tanlovlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Universitet majlislar zalida o‘tkazilgan aprel oyining yig‘ilishida “Eng yaxshi startap” dasturida ishtirok etayotgan talabalar o‘rtasida navbatdagi ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

Ushbu tanlovda 15 ta startap loyiha ishtirok etdi. Eng yaxshi loyihalar mualliflariga pul mukofotlari ajratildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, quyidagi g‘oliblar aniqlandi:

1-o‘rin: “O‘zbekistonning ma’naviy turizmi” haqida mobil ilova loyihasi. Mualliflar: Mamasharipov Qodirjon, To‘raqulov Shahzod, Rabbimov Akbarali, Jo‘nonov Baxtiyor (barchasi 3-kurs talabalari). Mualliflarning fikriga ko‘ra, ilova yaqin orada Android va IOS operatsion tizimlarida ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda;

2-o‘rin: “:Reborn” loyihasi – sayyohlik bilan bog‘liq har qanday ma’lumotni (yo‘nalishlar, mehmonxonalar, transport, chiptalar va boshqalar) taqdim etadigan veb-sayt va dastur. Mualliflar: Maxkamtoshev Abdumannon, Abduxoliqov Amir (2-kurs talabalari);

3-o‘rin: Mahalliy va xorijiy abituriyentlar va talabalarning e’tiborini jalb qilish maqsadida ochilgan “Ipak yo‘li” universiteti talabalari faoliyati to‘g‘risidagi veb-sayt (portal). Muallif: Sobirov Madijon (1-kurs talabasi).

3-kurs talabalari Diyor Mardonov va Kamron Boybekovlar tomonidan elektromobil loyihasiga alohida e’tibor qaratildi. Yosh ixtirochilarga elektromobil loyihasini takomillashtirishga ko‘maklashish maqsadida pul ekvivalenti bo‘lgan sertifikatlar topshirildi.

Kategoriya Yangiliklar

Bugun “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o'qituvchisi Mirbababayeva D. ishtirokida “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida Tayloq tumanidagi “Chorbog‘tepa” mahallasida tadbir o'tkazildi.

Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomada so‘zlagan nutqining videoroligi namoyish qilindi. Shundan so'ng 2022-2026 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Taraqqiyot strategiyasini, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasini ijrosini ta'minlash va amalga oshirishga oid davlat dasturidagi belgilab berilgan vazifalarni keng jamoatchilik bilan muhokama qilindi.

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasida “Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi” degan fikrlari haqida so'z yuritilib, mahallalar hududidagi umumta'lim maktablarida hozirda faoliyat yuritayotgan to'garaklar haqida axborot berildi. Yig'ilish ishtirokchilari va ma'ruzachilar tomonidan mazkur maktablardagi to'garaklar faoliyatini yaxshilash bo'yicha tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi. Shuningdek 11-sinfni bitiruvchi o'quvchilari va ularning ota-onalariga Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida mavjud ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklar haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Tadbir qatnashchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga to'liq va batafsil javoblar olishdi.

Kategoriya Yangiliklar

Yoshlarni ilm-ma’rifatga o‘rgatish, ularga islom dinining insonparvarlik mohiyati, islom madaniyatining asl qadriyatlarini yetkazish, ma’rifiy islom ta’limoti, buyuk ajdodlarimizning ulkan ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, jamiyatda diniy va milliy bag‘rikenglik va hamkorlikni mustahkam qaror toptirish orqali aholi, ayniqsa, yoshlarda aqidaparast g‘oyalarga nisbatan mustahkam ma’naviy himoya qobig‘i shakllantirish maqsadida, joriy yilning 15 aprel kuni «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari, universitet Yoshlar yetakchisi rahbarligida Samarqand viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi majlislar zalida  “Ekstremizm, terrorizm va missionerlikning  asl qiyofasi”ni namoyon etuvchi ko‘chma foto-ko‘rgazmada ishtirok etishdi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Ruan Normandiya universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga asosan joriy yilning                 18-24 aprel kunlari Ruan Normandiya universitetining Turizm sohasidagi ilmiy-tadqiqotlar markazi direktori professor Sharl Eduard Ulliye (Charles Edouard Houllier) “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Tashrifdan maqsad, turizm sohasidagi ilmiy tadqiqotchilar va doktorantlar bilan davra suhbati shaklidagi uchrashuvlar o‘tkazish, nomzodlarni tanlash, grant loyihalarda ishtirok etish va ilmiy-tadqiqotlarni birgalikda amalga oshirish chora-tadbirlarini belgilash hisoblanadi.

Professor Ulliye 18-23 aprel kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tadqiqotchilari va doktorantlari bilan turli uchrashuvlar o‘tkazadi va turizm sohasidagi xalqaro grantlar haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, professor Ulliye 21-aprel kuni o‘tkaziladigan Xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.

Fransiyada tadqiqot olib bormoqchi bo‘lgan barcha tadqiqotchilarni Professor Ulliye bilan bo‘ladigan uchrashuvlarda kutib qolamiz. Qo‘shimcha ma’lumot uchun Xalqaro grantlarni jalb qilish bo‘limiga murojaat qiling. Telefon: +99897 282 20 82

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Kuzatuv kengashining 2022-yil 12-martdagi uchinchi yig‘ilishining qarori bilan Odilov Akmaljon Odilovich chet elda amaliyot o‘tash imkoniyat beruvchi dastur g‘olibi deb topildi.

Grant A.Odilovga dunyo reytingida 11-o‘rinni egallagan Kolumbiya universitetida (AQSh) tadqiqot olib borish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, A.Odilov 2019-yilda Toshkent moliya instituti magistraturasini “Davlat moliyasini boshqarish” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 20 dan ortiq xalqaro va mahalliy tanlovlar ishtirokchisi va g‘olibi.

2021-yil 30-dekabrda iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi 92-sonli Qaroriga asosan, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 2022-yil 14-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros Xalqaro universitetida “She’riyat kechasi” bo‘lib o‘tdi

Tadbirda rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari Sabohat Qurbonova, Nargiza Turdiyeva, Dilfuza Marupovalar rahbarligidagi ikkinchi va uchinchi kurs talabalari ishtirok etdi. Talabalar rus tilida mashhur mualliflarning she’rlarini o‘qib berishdi. Universitet talabalarining iqtidori va aktyorlik mahorati yig‘ilganlarda alohida qiziqish uyg‘otdi. Ishtirokchilarning har biri lirik asardagi his-tuyg‘u va kayfiyatni bera oldi.

Tashkilotchilarning aytilishicha, ushbu tadbir doimiy ravishda olib borilishi rejalashtirilgan.

Kategoriya Yangiliklar
4 dan 7 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar