Yangiliklar: Oktyabr 2023

2011-yil 19-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 66/170-sonli qarorni qabul qilib, 11-oktabrni xalqaro qizlar kuni deb e’lon qildi va ularning huquqlarini tan oldi. 2023-yilda biz xalqaro qizlar kuni tashkil etilganligining 12 yilligini nishonlaymiz.

Bugun erta tongdan boshlab “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida oliygoh хotin-qizlar kengashi raisi M.Abbosova hamda universitet Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida  tashkil etilgan xalqaro qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Birinchi prorektori J.Eltazarov hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

“So‘nggi 12 yil ichida qizlar uchun muhim bo‘lgan masalalarga barcha darajalarda katta e’tibor berila boshlandi. Xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish va gender tengligini rag‘batlantirish barqaror rivojlanishni tezlashtirish uchun juda muhimdir”, – deydi oliygohimiz Birinchi prorektori J.Eltazarov.

Tadbir davomida talabalarga, shuningdek ushbu tadbirni tashkil etishda yordam bergan talabalarga sertifikatlar topshirildi.

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 11 Oktyabr 2023 09:09

“O‘zbek tili va madaniyati” to‘garagi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “O‘zbek tili va madaniyati” klubi o‘zbek tili va madaniyati bilan tanishishni istagan chet ellik talabalari diqqatiga.

“O‘zbek tili va madaniyati” to‘garagiga har oyning 2-va 4-haftasi payshanba kuni soat 11:00 da tashrif buyurishingiz mumkin.

☎️ 99 385 28 43

O‘qituvchi: Dildoraxon Xusanova

Telegram havolasi: https://t.me/+amX2ZOLeYc40OWQy

Kategoriya E'lonlar
Seshanba, 10 Oktyabr 2023 18:24

Universitetimiz radiosi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida mana uch yildirki, University Campus radio faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. University Campus radio (universitet radiosi yoki talaba radiosi) - bu universitet talabalari boshqaradigan radiodir (lekin radiotantsiyaga ulanmagan).

University Campus radiosi, universitet yangiliklari, e’lonlar berish bilan birga, turizm sohasidagi xabarlardan butun universitet jamoasini xabardor etish, jamoa va talabalar o‘rtasida notiqlik san’atini rivojlantirish, talabalarning bo‘sh vaqtidan unumli foydalanish maqsadida tashkil etilgan.

University Campus radio jamoaga universitetdagi yangiliklar, e’lonlar, ta’lim, fan va turizm sohasida yangi va dolzarb ma’lumotlar bilan birgalikda, jamoa va talabalar kayfiyatlarini ko‘tarish maqsadida turli xil mashhur milliy, zamonaviy musiqalarni efirga uzatadi.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 10 Oktyabr 2023 15:55

Zamonaviy tyutor qanaqa bo‘lishi kerak?

Joriy yilning 9-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti amaliyotchi psixologi D.Turdiyeva tyutorlar ishtirokida “Zamonaviy tyutor qanaqa bo‘lishi kerak?” mavzusida master-klass o‘tkazdi.

Interaktiv suhbat tarzida o‘tgan tadbirda bugungi kunda katta mas’uliyat va vazifa yuklanayotgan tyutorlar shaxsi, ular faoliyatining psixologik jihatlari haqida to‘xtaldi. Talabalar uchun tayyorlangan psixologik metodikalarni o‘tkazish borasida ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Shu o‘rinda aytish lozimki, bugungi kunda aynan tyutor talabalarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar bilan bog‘lab turuvchi ko‘prik vazifasini bajaradi. Shu boisdan ushbu pedagog xodimlarga ulkan mas’uliyat va vazifa yuklangan.  

Kategoriya Yangiliklar

Ma’lumki, bugun mamlakatimizda beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish, aholining keng qatlamlarini bepul donorlikka jalb etish, bemorlarni xavfsiz qon komponentlari bilan ta’minlashga  katta e’tibor qaratilmoqda. Shu bois, 2023-yilning 5-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talaba-yoshlari uchun, “Ezgulik albatta qaytadi”  yoki Beg‘araz donor bo‘ling! –shiori ostida mamlakatimiz yoshlari orasida beg‘araz donorlik harakatini ommalashtirish maqsadida tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida Samarqand Qon qo‘yish markazi sayyor guruh bo‘lim mudiri Jabborova Aziza Mansurovna, Biologik nazorat bo‘limi mudiri Qosimova Zarina Sobirovnalar tomonidan yoshlarimiga qon topshirish nima uchun kerakligi, qon topshirish jarayoni, qon topshirish muolajalari va beg‘araz donorlar to‘g‘risida ma’lumotlar berishdi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti barcha professor-o‘qituvchi, xodim va talabalarni donorlik harakatini rivojlantirish maqsadida o‘tkazilayotgan “Mehr ulash” kabi xayriya aksiyalarida faol ishtirok etishga va beg‘araz donor bo‘lishga hamda yordamga muhtoj bemorlarga ko‘mak berishga chaqiradi.

Kategoriya Yangiliklar

“Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi Muxammadieva Nodira talabalarga amaliy dars tashkil qilish maqsadida “Business Portfolio” mavzusida tajribali tadbirkor Xurshid To‘rayev ishtirokida  biznes trening tashkil qildi. Bu treningda tadbirkor biznesni tashkil qilishishda o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Dastur so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob topishdi. Tadbirkor Xurshid To‘rayev intiluvchan talabalarimizga birga ishlash taklifini ham bildirdi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori J.Eltazarov boshchiligidagi universitet vakillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2023-yildagi 135-sonli qarori ijrosi doirasida Buxoro davlat universitetida 7-8 oktabr kunlari o‘tkazilayotgan “Turizm ta’limi beruvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi”da ishtirok etishdi.

Forum davomida mehmonlar Buxoro davlat universitetida professor-o`qituvchilari hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va oliygohda olib borilayotgan yangiliklar bilan tanishishdi.

Shuningdek tadbir ishtirokchilari talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar ularlarning bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazish uchun tashkil etilgan "Besh tashabbus" xonalari, “Zakovat” burchagi, "My office" kovorking markazini ko`zdan kechirishdi. Mehmonlar universitetning 500 ming adabiyot sig‘imiga ega Axborot resurs markaziga tashrif buyurib, o`quv zallari, har-bir foydalanuvchiga istalgan axborot resursdan foydalanish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi. "Biznes Akselerator" hamda uning tarkibidagi Robotexnika markazi faoliyatini o`rganish bilan birga, Buxoro Davlat universitetdagi Uniwork tizimi haqida  ma'lumotlarga ega bo`lishdi.

Forumning so’ngi kunida Buxoro viloyati, Romitan tumanida joylashgan “BUKHARA DESERT OASIS & SPA” turizm klasteriga tashrif buyurib, klasterda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Forum yakunida bildirilgan takliflar asosida rezolyutsiya qabul qilinishiga kelishib olindi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 5-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori J.Eltazarov hamda yoshlar siyosati va mahallabay ishlash bo‘limining xodimlari Samarqand shahridagi “Furqat” mahallasida bo‘lib, bu yerdagi  ijtimoiy- ma’naviy muhitni o‘rgandi. “Mahalla beshligi” va mahalla ahli vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvlarlarda  OTMlar bilan birgalikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni va aholini turmush farovonligini, mahallaga tegishli ko‘cha va xiyobonlarni obodonlashtirish va tartibga keltirish bo‘yicha  vazifalar muhokama qilindi.

Bugungi kunda ushbu mahallada turli millat vakillari istiqomat qilishi bilan birga, aksariyati ziyoli oilalar hisoblandi. Shu bois bu yerda ijtimoiy va ma’naviy muhit ancha namunali. Uchrashuv davomida mahalla raisi, hokim yordamchisi va profilatika inspektori bilan yaqindan muloqot o‘tkazilib, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqarolar muammolari bo‘yicha ishlash xususida amaliy tavsiyalar berildi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 26-29-sentabr kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov Xitoy Xalq Respublikasining Shandung provinsiyasi Chufu shahrida tashkil etilgan “2023-Nishan ananaviy tamaddunlar forumi va Konfutsiyni xotirlash marosimi” da ishtirok etdi. Ushbu nufuzli forumda prof. J.Eltazarov “Markaziy Osiyodagi qadimgi Turkiy tamaddun va uning eski Xitoy  tamadduni bilan aloqasi” mavzusida ma’ruza qildi. Shandong viloyati ma’muriyatining taklifiga ko‘ra anjumanda maxsus ma’ruza bilan chiqish qilgan notiqning qadimgi Turklar va Xitoy tamadduni o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga oid muhim tarixiy voqealarni xronologik  tadqiq va tahlil qilishga asoslangan ma’ruzasi anjuman ishtirokchilarida  katta qiziqish uyg‘otdi.

Forum mobaynida turli mamlakatlardan kelgan madaniyat turizmi hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan so‘zlashuv hamda muloqotlar amalga oshirildi.

Kategoriya Yangiliklar

Ushbu sana BMT tomonidan dunyo hamjamiyati e’tiborini qizlarning ijtimoiy muammolari va tengsizligiga qaratish maqsadida joriy etilgan. Ayolning jamiyatdagi o‘rni ortib borayotganini hisobga olib, har birimiz bolalikdan qizlarning ta’lim olishi, ularning o‘z salohiyatlarini to‘liq namoyon etishiga e’tibor qaratmog‘imiz, eng asosiysi - ularga o‘z qadr - qimmatini hurmat qilishini singdirishimiz lozim.

Mening aziz qizlarim! Ushbu kun bilan sizlarni tabriklaymiz. Doimo esingizda tuting, sizlarning huquq va manfaatlaringizni ta’minlash, bilim olishingiz, kasb-hunarli bo‘lishingiz davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishidir. Bilim va salohiyatingizni doimiy ravishda oshirgan holda o‘z ustingizda ishlashdan tolmasligingizni istardim. Oldingizdagi to‘siqlarni yengishga, yuqori cho‘qqilarni zabt etishga intiling, bu yo‘lda yuzaga keladigan qiyinchiliklardan qo‘rqmang. davlatimiz sizni doimo qo‘llab-quvvatlaydi.

Cheksiz mehr bilan universitet xotin-qizlar kengashi.

Kategoriya Yangiliklar
6 dan 8 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar