Yangiliklar: Aprel 2023

Joriy yilning 5-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Samarqand akademik litsey talabalari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida litsey talabalari bilan suhbat uyushtirildi hamda universitetning ilmiy-pedagogik faoliyati, ta’lim shakli va turlari, shuningdek, universitet ichki tuzilishi va bo‘limlar tarkibi bilan yaqindan tanishdilar.

Suhbat so‘ngida S.Haydarov talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Kategoriya Yangiliklar

2023-yilning 5-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida yaponiyalik o’qituvchi Xiroki Furusho arxeologiya yo’nalishi talabalari uchun “Syuanzang va Markaziy Osiyo arxeologiyasi” mavzusida seminar o‘tkazdi.

Ushbu seminarni o’tkazishdan maqsad talabalarning arxeologiya sohasidagi bilimlarini oshirishdan iborat. Shuningdek, seminar ishtirokchilarini Markaziy Osiyodagi arxeologik tadqiqotlar holati hamda Tang sulolasining G‘arbiy mintaqalar yozuvlaridagi tavsifiga muvofiq tanishtirildi.

Seminar faol muhokama shaklida o‘tkazildi, tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar, shuningdek olingan ma’lumotlarning foydaliligi va amaliyligini qayd etdilar.

Seminar yakunida barcha ishtirokchilar bunday o‘quv tadbirlari juda samarali va ta’lim sifatini oshirishga imkon berishini ta’kidladilar.

Kategoriya Yangiliklar

Universitet talabalari o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Dunyoda mashhur davlatlar AQSH, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Braziliya kabi mamlakatlar aynan sportning ma’lum turida ustunligi bilan barchamizga tanish. Bilamizki, hozirgi kunda bizning mamlakatimizda ham sportning juda ko‘p turlari rivojlanib, jahon arenalarida sportchilarimiz yuqori o‘rinlarni egallab, yurtimiz dovrug‘ini butun dunyoga tanitmoqda.

Shu tufayli, sportning rivoji va uning porloq kelajagi uchun yurtimizda keng ko‘lamdagi ishlar, shart-sharoitlar yaratilmoqda. Nafaqat, yurtimizda balki, bizning гniversitetimizda ham talabalarni sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, talabalar bo‘sh vaqtini unumli tashkil etish maqsadida talabalar o‘rtasida sportning “stol tennis”  turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib talabalar taqdirlandi.

Kategoriya Sport tadbirlari

2023-yilning 5-aprel kuni “Ipal yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning Referendumi oldidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan boshlangan tadbirda oliygoh professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda Samarqand shahridagi umumta’lim maktablarining ma’naviyat targ‘ibotchilari ishtirok etishdi.

Tadbirni universitet birinchi prorektori J.Eltazarov kirish so‘zi bilan ochib, yangilanayotgan Konstitutsiyaning nechog‘lik hayotbaxsh ekanligi, O‘zbekiston ijtimoiy davlat sifatida belgilanayotganligi xususida gapirib, barchani 30-aprel kuni o‘tkaziladigan referundumda faol qatnashishga chaqirdi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Samarqand shahar bo'linmasi rahbari N.Sadinova ushbu yangilanayotgan Konstitutsiyada yoshlarning kelejak hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishida muhim rol o‘ynashi haqida gapirdi.

Tadbir soʻngida maʼruzachilar tadbir ishtirochilarining qiziqtirgan savollariga javob berdilar.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tarix va madaniy meros kafedra” o‘qituvchilari  2023-yilning 25-mart Samarqand hamda 1-aprel Shaxrisabz turizm va madaniy meros texnikumlariga tashrif buyurishdi. Kafedra o‘qituvchilarining tashrifdan maqsadi ushbu texnikumlarning ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishish, hamkorlik rejalarini tuzish hamda o‘quv-uslubiy yordam ko’rsatishdan iborat. Bundan tashqari yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida ushbu texnikumlar maʼmuriyati bilan birgalikda shu kabi ishlarni muntazam ravishda oʻtkazib borish hamda barcha sohalarda yaqindan hamkorlik qilish boʻyicha kelishib olindi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 6-aprel sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga mustaqil izlanuvchi sifatida o‘quv yilining (2021-2024, 2022-2025-yy) 2-choragi uchun qabul qilingan va dissertatsiya ishi mavzusi yuzasidan tadqiqot ishlarini olib borayotgan mustaqil izlanuvchilarning (PhD, DSc) yillik ilmiy faoliyatlari natijalari monitoringi bo‘lib o‘tadi.

Monitoring jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 304-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi” Nizomning 53-54-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Monitoring jarayoniga universitet Birinchi prorektori filologiya fanlari doktori, professor Eltazarov Jo‘liboy Danaboyevich raislik qiladi.

Monitoring o‘tkazilish vaqti: 6-April, 2023-yil soat:14:30.

Joyi: Universitet binosi 119-xona.

Kategoriya E'lonlar

Joriy yilning aprel oyida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Tour-121 va Tour-221guruh talabalari Charos Mahmadiyeva boshchiligida o‘quv-amaliyot darsi yuzasidan “Continental hotel”ga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalar mehmonxonaning ish faoliyati, ichki tuzilishi va bo‘limlar tarkibi bilan yaqindan tanishdilar. Talabalarga o‘quv amaliyoti o‘quv jarayonining ajralmas qismi ekanligi, belgilangan tartib qoidalarga bo‘ysunish lozimligi va amaliyotning samarali xususiyatlari haqida atroflicha axborot berildi. Ch.Mahmadiyeva so‘zga chiqib o‘z nutqida talabalarga o‘quv amaliyotida zarur bo‘ladigan hujjatlar, bevosita amaliyot davomida yuritiladigan hujjatlarning tartiblari, talabalarning kiyinish madaniyati, yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga rioya qilishlari lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Tashrif so‘ngida mehmonxona xodimlari talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 03 Aprel 2023 15:49

Madaniyatlararo muloqot festivali!

Joriy yilning 31-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Madaniyatlararo muloqot fani o‘qituvchisi Odil Boynazarov va 1-kurs talabalari tomonidan “Madaniyatlararo muloqot festivali” tadbiri o‘tkazildi.  Festival tadbirida 1-kurs talaba-yoshlari O‘zbekiston madaniyatini hududiy farqliklarini kuyda, qo‘shiqlarda, milliy-urf odatlarda ko‘rsatib berishdi.  Xalqimizning rivojlanish darajasi avvalo milliy madaniyatimizga qarab baholanadi. Shu ma’noda, madaniyat — bu xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasidir. Biz O‘zbekistonning yangi qiyofasini yaratishga kirishgan ekanmiz, buni avvalo milliy madaniyatimizni rivojlantirishimizdan boshlashimiz lozim.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 03 Aprel 2023 15:43

Maktab bilan Hamkorlik!

Joriy yilning 31-mart kuni Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida maktab o‘quvchilari universitetning ilmiy-pedagogik faoliyati, ta’lim shakli va turlari, shuningdek, universitet ichki tuzilishi va bo‘limlar tarkibi bilan yaqindan tanishdilar.

Kategoriya Yangiliklar

Kitoblar ro'yxati bilan tanishib chiqing:

1-qism

1. Saodat asri qissalari (Axmad Lutfiy Qozonchi) 

2. Ruhiy tarbiya (SHayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)

3. Hazrat Umar (Ahmad Lutfiy Qozonchi)

4. Hazrat Abu Bakr Siddiq (Ahmad Lutfiy Qozonchi)

5.Ihyou Ulumid din (Abu Homid G‘azzoliy)

6. Imom Buxoriy Imom Muslim (Muhammad Fuod Abdulboqiy)

7. Tazkirat Ul-Avliyo (Fariduddin Attor)

8. Ey Farzand (Imom G'azzoliy) 

9. Qalblar kashfiyoti (Abu Homid G‘azzoliy)

10. Rasululloh sollallohu alayhi vassallamning ahli ayollari

11. Musulmon ayolning vazifalari (Baxtiyor oila)

12. Musulmon erning vazifalari (Baxtiyor oila)

13. Badoeus sanoe (Alouddin Mansur)

14. Umring eldek o‘taro ( Xoja Ahmad Yassaviy)

15. Turkiston qayg‘usi (Alixonto‘ra Sog‘uniy)

16. Boburnoma (Zahiriddin Muhammad Bobur)

17. Odamiylik Mulki (Tohir Malik)

18. Siz qanday yashamoqchisiz (Muhammad Tursun)

19. Ijtimoiy odoblar (SHayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)

20. Nafs Nimadir (Muhammad Zohid Qutqu)

2-qism

21. Temur Tuzuklari

22. Mahzun bo‘lma (Shayx Oiz al-Qarniy)

23. ALLOHNING borligiga aqliy dalillar (Shayx Muhammad Mutavalli SHaroviy)

24. Men ham tafakkur qilaman (Akmal Miravaz o‘g‘li)

25. Qur'on axloqiga ko'ra Mo‘minning 24 soati 

26. Ulamolar nazdida vaqtning qadri (Abdul Fattoh Abu G‘udda) 

27. Ilm olish sirlari (Imom Zarnujiy)

28. Yetti majlis (Jaloliddin Rumiy)

29. Ichindagi ichindadur (Jaloliddin Rumiy)

30. Odob va Odoblilar (Ubaydullo Uvatov)

31. Qalb ko'zingni och (Jaloliddin Rumiy) 

32. Mening Hayotim (Henry Ford)

33. Stick Jobs (Walter Ayzekson)

34. Men Kim Sohibqiron Jahongir Temur (Marsel Brion)

35. Mukammal xotira (Shoxrux Rahmonov) 

36. O'zni shakllantirish Ni Si (Jen Sinsero)

37. Baxt ulashing (Hasan Shamsiy)

38. Anbiyolar qissasi (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)

39. Bahouddin Naqshband (To'lqin Hayit)

40. Sohilsiz dengiz (Ahmad Muhammad Tursun) 

3-qism

41. Imomning maneken qizi (Omina Shenlikug'li) 

42. Baxt qasri (Zuxrahon Hamdomova)

43. Bir vijdon uyg'onur (Ahmad Lutfiy Qozonchi) 

44. Oq Nilufarlar yurtida (Grigoriy Petrov)

45. Olim, odam va olam (Mubashshir Ahmad) 

46. Ota (Ulug'bek Hamdam)

47. Siyosatnoma (Nizomulmulk) 

48. Yolg'on (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)

49. Halol luqma (Rauf Jillasun) 

50. Abdulhamidxon (Talha Ugurluel)

51. Hukmdor (Nikkolo Makiavelli) 

52. Ahmad Lutfiy Qozonchi eng asarlari 

53.Qo'rqma (Javlon Jovliyev)

54.Saylanma (Tog'ay Murod )

55. Dunyoning ishlari (O'tkir Hoshimov)

56. Roben Sharma eng Sara asarlari

57. Ikki eshik orasi (O'tkir Hoshimov) 

58. Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti (Ahadquli Xolmuhammad o'g'li)

59. O'tkan kunlar (Abdulla Qodiriy) 

60. Kafansiz Ko'milganlar(Shukrullo) 

4-qism

61. Daftar hoshiyasidagi bitiklar (O'tkir Hoshimov)

62. Biz g'alaba qozanamiz (Shuxrat Sattorov) 

63. Bodo Shefer eng Sara asarlari

64. Vavilonlik eng boy odam (Jorj Samyuel Kleyson) 

65. Boy ota, Kambag'al ôta (Robert T. Kiyosaki)

66. Omma Psixologiyasi (Gustav Lebon) 

67. Molxona (Jorj Orell)

68. Kichkina Shahzoda (Antuan de Sent-Ekzyuperi) 

69. Alkimyogar (Paulo Koelo)

70. 1984 (Jorj Orell)

71. Iskanja (Omina Shenlikug'li) 

72. Cho'qintirgan ôta (Mario Pyuzo)

73. Halqa (Akrom Malik) 

74. Graf Monte Cristo (2ta kitob) (Aleksandr Dyuma)

75. Tirilish (Lev Tolstoy)

76. Alif (Paulo Koelo)

77. Artur Konan Doyl eng Sara asarlari 

78. 0 Dan boshlangan biznes (Erik Ris)

79. SOS. savol ortidagi savol (Jon G.Miller)

80. Zukkolar va landavurlar (Malkolm Gladuell) 

5-qism

81.Diqqat (Kel Nyuport) 

82. Rework. Prinsiplarsiz biznes (Djeyson Frayd, David Xaynemayer Hensson)

83. Men va pul (Saidmurod Davlatov) 

84. Woll-Stritlik bo'ri uslubi (Jordan Belfort)

85. Yuqumlilik (Yona Berger) 

86. Zero to one (Piter Till, Bleyk Masters) 

87. Alibaba. Jek Ma bunyod etgan maskan (Dunkan Klark) 

88. Ilon Mask (Eshli Vens)

89. Qani boshladik (Richard Branson) 

90. Uchdan keyin kech (Masaru Ibuka) 

91. Uchgacha ayni vaqti (Masaru Ibuka) 

92. Millioner singari fikrlashni o'rganing (Mark Fisher, Mark Allen)

93. Samaradorlikning 21 yo'li (Brayan Treysi)

94. Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi (Stiven R. Kovi) 

95. Liderlik qonunlari (Teodor Ruzvelt) 

96. Million dollarlik xatolar (Pavel Annenkov)

97. Ahmoqlik qilmang (Jen Sinsero)

98. Zamonaviy marketing (Filipp Kotler)

99. Moviy ummon strategiyasi (V. Chan Kim, Rene Moborn)

100. Liderlar kitobi (Otabek Hasanov)

Kategoriya Yangiliklar
7 dan 8 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar