Joriy yilning 11-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan universitet xiyobonida ko‘chma kutubxona tashkil qilindi. Ushbu ko‘chma kutubxonaning asosiy maqsadi, yoshlar va aholi o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishdan iborat, chunki kitob o‘qish inson bilimini, tafakkurini, ma’naviyatini yuksaltiradigan yagona omil hisoblanadi. “Ochiq osmon ostidagi kutubxona” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda universitet talabalari va shahar yoshlari faol qatnashdilar. Universitet Birinchi prorektori J.Eltazarov talaba-yoshlar bilan qizg‘in davra suhbati o‘tkazdilar. Universitet talabalari o‘tkazilgan tadbir haqida iliq fikr bildirdilar va bundan keyin ham mana shunday tadbirlar o‘tkazilish haqida aytib o‘tdilar. Axborot-resurs markazi direktori va xodimlari talaba-yoshlarni kitob o‘qishga jalb qilib, kutubxonada mavjud bo‘lgan adabiyotlar va kutubxona faoliyati bilan tanishtirdilar.
2023-yil 12-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Talaba FEST” festivali o‘tkazildi. Mazkur festival talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, yoshlarning badiiy salohiyatini rivojlantirish, teatr, musiqa, san’at, xalq an’analari hamda ta’lim olayotgan turli millat vakillari o‘rtasida do‘stlik aloqalarini yana mustahkamlashga yo‘naltirilgani bilan tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, “Kitobxonlik” tanlovi, intellektual o‘yinlar va raqs turnirlari barchaga manzur bo‘ldi. Festival tadbiri doirasida talabalar uchun KARAOKE-TIME tashkil etildi.
Talaba-yoshlar uchun o‘ziga xos bayramga aylangan tadbirda universitetning birinchi prorektori J.Eltazarov, yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidovalar keyingi yillarda mamlakatimizning oliy ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlar, talabalarning o‘qib, izlanishi, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan kadrlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar haqida atroflicha fikr yuritdi. Universitet talabalari o‘z bilim va iqtidorini namoyon etib, festival doirasida tashkil etilgan tanlovlarda faol ishtirok etishdi. Festival tadbiri oxirida faol talabalarga sertifikatlar taqdim etildi.
Hurmatli talabalar! Yoshlik kuchi va g‘ayrati, yangilikka intiluvchanlik va ijodkorlik sizni aslo tark etmasin!
Hamisha yuksak marralar sari intilavering!
Markaziy Osiyodagi eng yaxshi kurortni rivojlantirish Amirsoy Resort marketing bo‘limi boshlig‘i Turjanova Elvina va Amirsoy Resort savdo bo‘yicha katta menejeri Intizor Sapayeva
O‘tkazilish joyi: 230-ma’ruza zali
Vaqt: 2023 yil 17 aprel, dushanba 13:50-15:30.
Turkmaniston Respublikasi Ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi va Turkmaniston yoshlar tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan 2023-yilning mart-oktabr oylarida yosh olimlarlar uchun “Yuqori texnologiyalar va innovatsion ishlanmalar” mavzusida hamda ushbu yilning 1-aprelidan 1-iyunigacha Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligining Xalqaro munosabatlar institutida “Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklash strategiyasida transport va transit yo‘laklarining istiqbollari” mavzusida xalqaro tanlovlari o‘tkaziladi. Tanlov shartlari bilan quyidagi tegishli sayt orqali ma’lumot olish mumkin: https://education.gov.tm/ru/events_detail/9.
Mirzo Ulug ‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2023-yil 12-may kuni “O‘zbekiston Milliy universitetining ilm-fan rivoji va jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusidagi Xalqaro ilimiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Batafsil https://nuu.uz/?s=12-may
Aziz do‘stlar, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Kelajagingga befarq bo‘lma” heshteg tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda barcha talabalar (kunduzgi, sirtqi, magistratura) hamda universitet ishchi-xodimlari ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda ishtirokchilar o‘zining quyida berilgan heshteg ostida rasm, videolari hamda chiroyli maqolalari bilan (kreativ yondashgan holda) ishtirok etishlari mumkin.
1, 2, 3-o‘rin g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi hamda ularga esdalik sovg‘alar taqdim etiladi.
Har bir ishtirokchi 2023-yil 25-apreldan kechiktirmay o‘zi tayyorlagan ishlarini, o‘z telefon raqamini, o‘qiyotgan kursi to‘g‘risidagi ma’lumotlarini telegram (@PR_SILK_ROAD_UNIVERSITY) manziliga yuborishi kerak. Tanlov g‘oliblari 26-aprel 2023 yil e’lon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun takliflarni taqdim etishning oxirgi muddati: 2023-yil 25-aprel.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998-99-748-20-58 (Asadova Nigora) murojaat qilishingiz mumkin.
Mamlaktimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi o‘laroq san’at, fan ta’lim sohalariga e’tibor kuchaymoqda. Yurtimizning turizm salohiyatini ko‘tarish maqsadida yangidan-yangi turistik loyihalar ishlab chiqilib hayotga tadbiq etilmoqda. Shu bilan birgalikda ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni san’at va madaniyatga qiziqishini ortirish va yod g‘oyalar ta’siriga berilmasligi maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy maros xalqaro universitetida ham sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.
2022-yilda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo hamda kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan davlatlardan ijodkorlarni Samarqand shahri o‘z bag‘riga mehmondo‘stlik bilan qarshilab oldi. “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy maros universitetida mo‘yqalam sohiblarining dastlabki planeri o‘z ishini boshlashida universitet rahbariyatining jonbozlik ko‘rsatganligi hamda san’atga befarq emasligini namoyon qildi.
Planer jarayonida ijodkorlar tomonidan turli janrga mansub betakror asarlar yaratildi. Ijodiy ishlar ichidan saralab olingan san’at asarlari SHHT doirasida o‘tkazilgan yig‘lishda namoyish etildi.
“Ipak yo‘li” nomidagi turizm va madaniy maros xalqaro universiteti binosida joylashgan ekspazitsiyasida turli janr va uslubga mansub bo‘lgan 300 dan ortiq kartinalar mavjud. Bu ijodiy ishlar talabalarni san’atga bo‘lgan qiziqishlarini ortishiga darsdan bo‘sh vaqtlarida hordiq olishlariga yordam beradi, qolaversa madaniy me’rosimizga bo‘lgan munosabatni yaxshilashga ko‘maklashadi.
Universitetda bog‘ tashkil etilgan bo‘lib turli xil daraxtlar bilan birgalikda mohir haykaltaroshlarning ijodiy ishlari o‘zgacha uslubda kompazitsiya tashkil etilgan. O‘ndan ortiq mamlakatdan tashrif buyurgan nomdor haykaltaroshlar o‘zlarining haykaltaroshlik namunalarini ishlashgan.
Haykallarning ekspazitsiyasi mahorat ila tuzilgan bo‘lib har birida olam ma’no mujassamdir. Tamila Mamatovaning “Baxtli bolalik” asari haqida to‘xtaladigan bo‘lsak har bir insonning bolalik davrini yodga solishi bilan qimmatlidir. Bundan tashqari vatanga muhabbat, ilmga eltuvchi yo‘l, talabalik davri, hamda ipak yo‘li tarixini hikoya qiluvchi jami 15 ta haykal mavjud. Universitet professor o‘qituvchilari ham talabalar bilan birgalikda ekskursavodlik faoliyati, san’at tarixi hamda muzeyshunoslikga oid dars mashg‘ulotlarini olib boradi.
Ma’lumki, oxirgi yillarda O’zbekistonda gender tenglik va gender masalalariga keng e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 2019-yil 17-avgustda O’zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi. Yurtimizda ushbi qonunda belgilangan vazifalar bo’yicha tegishli sohalar kesimida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida joriy yilning 12-aprel kuni Xotin-qizlar maslahat kengashining navbatdagi “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusidagi yig’ilishi noan’anaviy tarzda tashkil etildi. Yig’ilish universitet Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasovaning “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz” haqidagi ma’ruzasi bilan ochildi. Unda yurtimizdagi gender masalalariga doir statistik ma’lumotlar berildi, oilaviy zo’ravonlikning kelib chiqish sabablari, gender muammolariga e’tibor qaratishning global asoslari borasida keng qamrovli va asosli munosabat bildirildi.
Universitet Axborot-resurs markazi yetakchi mutaxassisi A.Izbasarova kutubxona fondida saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida belgilangan va ayollarni himoya qilishga qaratilgan qonunlar haqida so‘z yuritdi. Zo‘ravonlik shakllariga to‘xtalib, ularga atroflicha yondashdi. Shuningdek, ma'naviy-axloqiy ta'sirga ega bir nechta roliklarni taqdim etdi.
“Turizm menejmenti” fakulteti dekani R.Toshniyozova ham so’zga chiqib, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishning mustahkam asosini yaratish va bu yoʻlda oliy ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalar, huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik, oilaviy munosabatlar, talim muassasalarida ijtimoiy-ma‘naviy muhit barqarorligini ta‘minlashda xotin-qizlarning o‘rni, talabalarning kiyinish madaniyati, ijtimoiy masalalari to‘g‘risida fikr yuritdi.
Universitet psixologi D.Turdiyeva zo‘ravonlikning psixologik aspektlariga batafsil to‘xtalib, insonning ma'naviy, jismoniy va ruhiy qiyofasiga nechog‘lik ulkan ta'sir ko‘rsatishini ochib berdi. Universitetda psixologik xizmat yo‘lga qo‘yilganligini ham ma'lum qildi va talaba qizlarni har doim qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz