2023-yilning 1-3-may kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Insoniyat va yer yuzi uchun gastronomik turizm kongressi: innovatsiya, imkoniyatlar va barqarorlik” bo‘yicha xalqaro kongress bo‘lib o‘tadi.
Xalqaro kongressda Buxoro, Samarqand viloyatlari va Turkiya, Indoneziya, Ozarbayjon, Tojikiston, Hindiston, Portugaliya, BAA davlatlaridan taniqli olimlar ishtirok etadi.
2023-yil 28-aprel sanasida universitet faollar zalida universitet rahbariyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamkorligida bitiruvchi talabalarni kelgusida davlat organlariga ishga joylashish tartibi yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali Kadrlar ma’muriyatchiligi bo‘limi bosh inspektori Axatov Foziljon Olimjonovich hamda universitetimizning bitiruvchilari qatnashishdi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Yoshlar Kengashi va fakultet koordinatorlari saralandi.
Ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2023-yil 4-apreldagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qo‘shma qarori qabul qilingan edi. Qarorda yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilangan.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida kengash a’zolarini saralab olish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi mas’ullari va universitetning tegishli bo‘lim boshliqlari ishtirokida suhbat jarayoni tashkil etildi.
Tashkil etgan suhbat jarayonida munosib nomzodlar saralab olindi va ularga yuklatilgan vazifalar tahlil qilindi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetidagi kengashi faoliyatiga omad tilaymiz!
Amerika elchixonasining Fulbright ta’lim va madaniyat dasturi asosida 2023-yil 7-8-aprel kunlari tashkil etilgan malaka oshirish seminarida Fulbright ETA (ingliz tili o‘qituvchi yordamchisi) Chanel Nassir va “Ipak yo‘li” turizm va nadaniy meros xalqaro universiteti “Tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Gulruh Yusupova ishtirok etishdi.
Seminarning asosiy maqsadi mahalliy hamda Fulbright ingliz tili o‘qituvchi assistentlarini o‘z darslarida amalga oshirish uchun yangi fikrlar va usullar bilan ta’minlash, ularning professional faoliyatini rivojlantishga yordam berishdan iborat. Seminarda amerikalik yuqori malakali tajribali mutaxassislar ma’ruza o‘qishdi. O‘qituvchilar esa malaka oshirish bilan bir qatorda kasbdoshlari bilan turli mavzularda fikr almashishdi. Seminar ishtirokchilari sertifikat bilan taqdirlandilar.
Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi janob Kim Hi-sang boshchiligidagi delegatsiyasi “Ipak Yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.
Faxriy mehmonlarni birinchi prorektor J.Eltazarov kutib oldi. Uchrashuv davomida Koreya va Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish surʼatlarini oshirish, shuningdek, qoʻshma taʼlim dasturlari va ilmiy tadqiqotlar ustida ishlash kabi loyihalarni ilgari surildi. Janob Kim Hi-sang o‘z nutqi davomida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari asosan sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga qaratilganligini va hozirgi kunga kelib zamon talablaridan kelib chiqib turizm va madaniy meros yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish kerakligini ta’kidlab o‘tdi. Koreya va Oʻzbekiston asosan uch yo‘nalishda hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga maqsad qilib olinganligini eslatib o‘tdi:
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti besh yulduzli “Silk Road by Minyoun” mehmonxonasi bilan hamkorlik qildi. Ushbu hamkorlik universitet bitiruvchilariga mehmondo‘stlik bo‘yicha mutaxassislar bilan amaliyot o‘tkazish va kasbiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun yaxshi imkoniyat yaratishga qaratilgan.
Joriy yilning 17-aprel kuni “Tarix va madaniy meros” kafedrasi dotsenti Anjese Fusaro, “Arxeologiya” yo‘nalishi magistrantlari va ushbu hududda tug‘ilgan Arxeologiya instituti professori Hikmatulla Hoshimov ko‘magida Jomboy tumanidagi (Samarqandning shimoli-sharqida) bir necha tepaliklarga (sun’iy qo‘rg‘onlarga) tashrif buyurdi.
Ushbu tadbir “Arxeologiya fanlarida tadqiqot metodologiyasi” kursining bir qismi edi. Sayohat ushbu sohadagi tadqiqotlar davomida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan tadbirlar bo‘yicha amaliy dars bo‘ldi.
Bundan tashqari, talabalarga arxeologik materiallar topilganda o‘zini qanday tutish kerakligini va madaniy meros va arxeologik sharoitlarni kelajak avlodlar va kelajakdagi tadqiqot ishlari uchun qanday qilib saqlab qolish kerakligini ko‘rsatish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.
UNESCO tashkiloti “Ipak yo‘li” dasturi doirasida “Ipak yo‘li yoshlar tadqiqot granti - Ipak yo‘li tashabbusi orqali yosh tadqiqotchilar salohiyati va hissasini kuchaytirish” deb nomlangan 3-xalqaro tanlovini e’lon qildi. Mazkur tanlov Xitoy Xalq respublikasining UNESCO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi tomonidan moliyalashtiriladi.
Mazkur tanlovning asosiy maqsadi yosh tadqiqotchilarni Ipak yo‘lining umumiy merosini o‘rganishi uchun safarbar etishga qaratilgan bo‘lib, 35 va undan kichik yoshdagi ayollar va erkaklarga 12 ta grant ajratadi.
Nomzodlar Ipak yo‘li bo‘ylab asrlar davomida o‘zaro hamkorlikda rivojlangan umumiy meros va o‘ziga xoslik bilan bog ‘liq ta’lim yo‘nalishlariga ariza topshirishlari mumkin. Shuningdek, ulsrning tadqiqotlari dolzarbligini va bu merosning o‘ziga xos bo ‘lgan ijodkorlik, muloqot, ijtimoiy hamjihatlik, xalqaro va mintaqaviy hamkorlik, barqaror tinchlik va rivojlanish uchun UNESCO mandatiga muvofiq bo‘lishi lozim.
Tanlovda qatnashish uchun nomzodlar 2023-yilning 31-may kuniga qadar (https://en.unesco.org/silkroad/youthgrant) veb-sahifasi orqali shaklni onlayn to‘ldirishlari so‘raladi. Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun UNESCOning Ipak yo‘llari dasturi bo‘yicha mutaxassislari Mehrdad Shabahang (Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.) va Tara Golkar xonim (Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.) bilan bog‘lanishingiz mumkin.
Joriy yilning 17-aprel kuni “Tarix va madaniy meros” kafedrasi dotsenti Anjese Fusaro va “Arxeologiya” yo‘nalishi magistrantlari “Kulolchilik texnikasi va arxeometrik tahlil” kursi doirasida Samarqandning Konigil turizm qishlog‘idagi kulolchilik ustaxonasiga tashrif buyurishdi. Magistrantlarga usta kulol Mehroj tomonidan keramika ishlab chiqarishning an’anaviy ishlab chiqarish jarayoni bo‘yicha amaliy dars o‘tkazildi.
Ushbu amaliy dars magistrantlarga keramika ishlab chiqarish jarayonining ketma-ketligi, shu jumladan, xom ashyoni qayta ishlash, shakllantirish texnikasi, ishlatiladigan bezaklar va qoplamalar, ish joyini tashkil qilish talablari bilan juda foydali bo‘ldi va yaqindan tushunishga yordam berdi.
Magistrantlar Samarqandda an’anaviy tarzda davom etib kelayotgan hunarmandchilik san’ati, hunarmandning fidokorona mehnati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
2023 yil, 1-may kuni Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Turizm. Fan. Innovatsiya” mavzusida xalqaro yoshlar turizmi konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Sizni ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etishga taklif qilamiz.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz