Yangiliklar: Aprel 2023

2023-yilning 25-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida universitetning “Sport klubi” tomonidan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 2 va 3-bosqich talabalari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Mazkur sport musobaqasida jami 36 nafar talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Kategoriya Sport tadbirlari
Payshanba, 20 Aprel 2023 16:49

Qariyalar doimo e’zozda!

       “Ipak yoʼli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Аbbasova, psixolog D.Turdiyeva, Axborot-resurs markazi yetakchi mutaxassislari – A.Izbasarova va S.Samiyev, “Tarix va madaniy meros kafedrasi” xodimi D.Fayzullayeva, Хalqaro hamkorlik bo‘limi yetakchi mutaxassisi F.Akramova hamda faol talaba M.Sadinova Samarqand shahridagi “Saхovat uyi”ga tashrif buyurishdi.

        Universitet vakillari ushbu maskanda istiqomat qilayotgan qariyalarga xayru baraka oyi bo‘lmish Ramazoni sharifning Arafa kunida sovgʼa-salomlar, oziq-ovqat mahsulotlari olib kelishdi. Yoshi ulugʼ otaxonu onaxonlarni Iydi Ramazon bayrami bilan qutlab, ularga eng ezgu tilaklarni tilashdi.

        Bunday tabdirlar ikki avlod vakillari oʼrtasidagi rishtani mustahkamlab, yoshlarda mehr-oqibat uygʼotishi, ezgu amallar qilishga undashi, shubhasiz.

Kategoriya Yangiliklar

Ijarada yashovchi talaba-qizlarga hammamiz mas’ulmiz
Universitet xotin qizlar maslahat kengashi tomonidan reja asosida tashkil etilgan talaba-qizlarning yashash sharoitlari bilan tanishish, muhitning qay darajada shakllanganligini aniqlash, uy egalari bilan ijara shartnomasi tuzishda ko‘maklashish maqsadida, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kendash raisi M.Abbasova tyutorlar D.Xusanova, G.Xusainovalar, ijarada turadigan talabalarning yashash manzillariga navbatdagi tashrifni uyushtirishdi.
Jumladan, Samarqand shahri Bo’stonsaroy ko’chasi № 4 uy xonadon egasi (Ijarachi Amal G’ulomzoda ) ijara xonadonlarida yashaydigan 1-bosqich “Gid harohligi va tarjimonlik nazariyasi” yo‘nalishi 222-guruh talaba-qizlari Sarvinoz Xudoyberdiyeva va Maftuna Uskanboyevalarning yashash sharoiti, yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik talablariga mos kelishi to‘liq o‘rganildi. Muloqot chog‘ida talaba-qizlarga milliy qadriyatlar, urf-odatlar va bulajak oila bekalarini sharqona tarbiyaning nozik jihatlariga e’tiborlarini qaratdilar.
Haqiqatdan ham qadriyatlarimiz xotin-qizlarimizning ma’naviyatni yuksaltirishga qaratilganligi bilan alohida ahamiyatlidir. Har bir talaba-qiz o‘zlarini unversitet talabasi ekanliklarini doimo yodda tutishlari, ijara xonadonida tozalik va ozodalikka rioya qilishlari uqtirilib, birlamchi yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik masalalari bo‘yicha yetarli tushuntirishlar berildi.
Ijarada yashovchi talabalar manzillariga tashriflar davom etmoqda.

Kategoriya Talabalar hayoti

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2023 yil 19 aprel kuni “Konstitutsiya – meniki, seniki, bizniki. Konstitutsiya - o‘zimizniki!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda birinchi prorektor J.Eltazarov yangilanayotgan Konstitutsiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, kiritilayotgan qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar xalqimiz turmush tarzini yana ham farovonlashishiga, inson qadri bundan-da yuksalishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Birinchi prorektor J.Eltazarov, Konstitutsiya – barchamizniki ekanligini fahr bilan O‘zbekistonda Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha xalq saylovi — referendumida faol ishtirok etish har-bir  fuqaroning burchi ekanligini va universitet talaba-yoshlarini 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishlarini ta’kidladi.

Kategoriya Yangiliklar

Talaba va o‘qituvchilar diqqatiga!

Orhun almashinuv dasturi bo‘yicha Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston universitetlaridan birida 2023/2024 o‘quv yilining bir semestrini grant asosida o‘qish istagi borlar diqqatiga! Universitetlar ro‘yxati  va yo‘nalishlari bilan tanishib, qiziqishlaringizga mos universitetni tanlang va talabalar ma’lumot shaklini to‘ldiring.

AHAMIYAT BERING:

 DEADLINE: hujjatlar Xalqaro hamkorlik va reyting departamentiga 23-aprelga qadar (soat 14:00 dan 17:00 gacha) qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot va hujjatlar namunasi bilan Xalqaro hamkorlik va reyting departamentidan olishingiz mumkin.

 

Orhun İlanı 2023-2024

2023-2024 Eğitim-öğretim yılı kontenjanları

Kategoriya E'lonlar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Samarqand viloyat bolalar uyiga tashrif buyurib, bolalar holidan xabar olishdi.

Bolalarga yetarlicha mehr ko‘rsatish, unga muloyim munosabatda bo‘lish, shirin so‘zlab, ko‘nglini topish biz kattalar uchun ham qarz, ham farzdir!

Kategoriya Yangiliklar

 “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida jami – 880 nafar talabalar mavjud. Shuningdek, universitetda jami 38 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.

Universitet  “Sport klubi” tomonidan 2023-yilning 18-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda talabalarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida xodimlar va talabalar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Mazkur sport musobaqasida jami 50 nafar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitet professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Kategoriya Sport tadbirlari
Seshanba, 18 Aprel 2023 14:24

Biz korrupsiyaga qarshimiz

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2023yilning 14 aprel kuni universitet birinchi prorektori J.Eltazarov raxbarligida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda universitet bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari va talabalar ishtirok etishdi. Tadbirni ochar ekan, birinchi prorektor J.Eltazarov talaba-yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi. Tadbir davomida M.Roziqov “Halollik vaksinasi. U qanday emlanadi?”, universitet xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash dasturi”ni qabul qilish to‘g‘risida, yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova  “Huquqiy savodxonlik – ma’naviy yetuklik mezoni” mavzusidagi ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi.

Aslida biz ulkan milliy va diniy qadriyatlarga, milliy urf-odatlarga ega bo‘lgan buyuk xalqmiz. Millatimizda azal-azaldan iymon, e’tiqod, vijdon, diyonat, or-nomus, sharm-hayo, uyat, insof, oriyat, andisha, g‘urur, iftixor, shijoat, sabr-toqatlilik, bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik va halollik kabi insoniylik xislatlari shakllantirilgan. Bu xislatlarning barchasi bizning milliy qadriyatlarimiz va ma’naviyatimiz sanaladi. Shu sababli, biz ularni saqlashimiz, rivojlantirishimiz va farzandlarimiz qalbiga doimiy singdirib borishimiz zarur!

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 18 Aprel 2023 11:39

Sog‘lom hayot-sog‘lom kelajak

       Mamlakatimizda sportni ommaviylashtirish, bolalar xususan, xotin-qizlar sportini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad – Oʻzbekiston farzandlarining sogʻlom dunyoga kelishi, ulgʻayishi, tarbiya topishi va millat genofondini yaxshilashdir.

       Shu munosabat bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida doimiy tarzda ommaviy sport tadbirlari tashkil etilib kelinmoqda.

       Universitet Xotin-qizlar maslahat Kengashi tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, turli kasalliklarning oldini olish, ommaviy sportning inson hayotidagi muhim ahamiyatini targ‘ib etish maqsadida joriy yilning 14-aprel kuni “Yugurish” marafoni tashkil etildi.

Kategoriya Sport tadbirlari
2 dan 8 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar