Unversitetda talaba yoshlarga berilayotgan e‘tibor tufayli har bir sohada ularning o‘rni, qu’lga kiritayotgan yutuqlar, erishilayotgan g‘alabalar ana shu e‘tibor mahsulidir. Shuningdek, juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlar, tanlovlar muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.
Shu munosabat bilan joriy yilning 17-aprel kuni «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova va tyutor G.Xusainovalar tomonidan SamDCHTI ga qarashli № 4-son xususiy TTJ da ijarada istiqomat qiluvchi talaba—qizlarning yashash sharoitlari o‘rganildi. Ushbu o’rganish jarayonida universitet vakillari xuxusiy TTJda istiqomat qiluvchi talaba qizlarga o’z vaqtida ovqatlanishlari va sog’liklariga e’tiborli bo’lishlari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borishdi.
Xotin-qizlar kengashi tomonidan talaba qizlar o‘rtasida doimiy ravishda o‘tkazib kelinayotgan yig‘ilishlarning bu galgi mavzusi “Mehr ulashing, muruvvat ko‘rsating” deya nomlanib, talaba-qizlarningning odob-axloq qoidalariga amal qilishlari, o‘zaro hurmat, bir-birlarini qadirlashlari, o‘zgalarga aldanib qolmasliklari to‘g‘risida maslahat berildi. Ushbu mavzudagi bahs-munozara shaklida o‘tgan uchrashuv qizlarimizning o‘z o‘y-kechinmalarini bildirish imkonini berdi va ularning nechog‘lik ilg‘or, teran va mustaqil fikrli ekanligini namoyon etdi. Ular “Oila oldidagi burchimiz nimadan iborat?”, “Siz oilaviy hayotga tayyormisiz?”, “Oilada erkakning o‘rni qanday bo‘lishi kerak?”, “Oila va nikoh tushunchalariga munosabatingiz”, “Oilaviy nizolar va ularning qanday turlarini bilasiz?”, “Hiyonat va sadoqat tushunchalarini izohlang” kabi savollarig javob berishdi.
M.Abbasova, G. Xusainova o‘z hayotiy tajribalaridan kelib chiqib, qizlarga qimmatli maslahat va tavsiyalar berishdi. O‘z navbatida, oila atalmish qurg‘onni qadrlash, avaylash, uni muqaddas sanash, mas’uliyatli bo‘lishga chaqirishdi.
Shuningdek, muloqot davomida talaba qizlar bilan individual tarzda suhbatlar olib borildi. Qizlarning tegishli holatlari yuzasidan fikrlari, taklif-mulohazalari tinglandi va “Eng ozoda xona”, “Eng namunali qiz” naminasiyalari bo’yicha xonalar tahlil qilindi.
Prorektor, professor Tony Zou taklifiga binoan Amirsoy oromgohining marketing bo‘limi boshlig‘i Elvina Turjanova va savdo bo‘yicha katta menejeri Intizor Sapayeva hamkorligida “Markaziy Osiyodagi eng yaxshi kurortni rivojlantirish” mavzusida seminar o‘tkazdi. Ikki rahbar O‘zbekistondagi yagona va eng yaxshi tog‘-chang‘i kurorti – Amirsoyning rivojlanishi haqida gapirdi. Ular dam olish maskanining maqsadli bozorlari, bozordagi joylashuvi, obyektlari, faoliyati, xizmatlari va ishlashini tasvirlab berdilar va ikki menejer Amirsoyning mavsumiylik, barqarorlik va Amirsoy – O‘zbekistondagi jahon standartidagi tog‘ kurorti, zamonaviy talablarga javob beradigan mavsumiylik bilan bog‘liq biznes strategiyalarini bayon qildilar. Qulaylik, sifat va xavfsizlik standartlari, bu O‘zbekistonning turizm iqtisodiyotiga, ayniqsa mavsumning pastligida katta hissa qo‘shadi va Amirsoyning xizmat ko‘rsatish sifati va standartlari O‘zbekiston turizm sanoati uchun mezon bo‘lib xizmat qiladi. Prorektor Zou, shuningdek, ikki rahbar bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va “Amirsoy” dam olish maskani o‘rtasidagi hamkorlikni muhokama qildi, ikki tomon ham talabalar amaliyoti, dala tadqiqotlari, qo‘shma seminarlar, talabalarni ishga joylashtirish va ishlab chiqarish sohasida maslahatlashishda hamkorlik qilishga tayyor.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihonlarni topshiruvchi talabgorlar uchun hujjatlari qabuli boshlandi. Talabgorlar quyidagi hujjatlarni universitet Ilmiy tadqiqotlar bo‘limiga taqdim etishlari va Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron pochta manziliga yuborishlari zarur
Hujjatlar joriy yilning 5-mayiga qadar qabul qilinadi.
08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislik fanidan malakaviy imtihon O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 17-fevraldagi 220/2-son Qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan hamda 08.0017-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon dasturiga muvofiq o‘tkaziladi (dastur ilova qilinadi).
Malakaviy imtihonlarni o‘tkazilish sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha e’lon beriladi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi:
- 08.00.05- Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti
- 08.00.11 - Maketing
- 08.00.13- Menejment
- 08.00.17- Turizm va mehmonxona faoliyati
Hujjatlar 2023-yilning 15-maygacha qabul qilinadi.
Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 22-maydagi 304-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qo‘yilgan davlat talablari” va “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka o‘qishga talabgorlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida o‘qishga kirishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni universitetning Ilmiy tadqiqotlar bo‘limiga taqdim etishlari va https://phd.mininnovation.uz/ veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari talab qilinadi:
1) Ariza;
2) Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka)
3) Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
4) Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi, ilovalari bilan birgalikda;
5) Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (pdf);
6) Pasport nusxasi;
7) 3x4 rasm, 2 dona;
8) Taxminiy dissertatsiya mavzusi va asosnomasi;
9) Ish joyidan tavsifnoma
10) Til sertifikati
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim.
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida o‘qishga kirishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni universitetning Ilmiy tadqiqotlar bo‘limiga taqdim etishlari va undefined veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari talab qilinadi:
1) Ariza;
2) Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka)
3) Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
4) Falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
5) Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (pdf);
6) Pasport nusxasi;
7) 3x4 rasm, 2 dona;
8) Ish joyidan tavsifnoma
9) Til sertifikati
Mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) qabul suhbat natijalari asosida amalga oshiriladi. Suhbat mutaxassislik fanidan bo‘lib o‘tadi. Imtihon kunlari to‘g‘risida qo‘shimcha e’lon beriladi.
Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 17, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi
Murojaat uchun telefon: +998 90 603 55 23; +998 66 240 67 85
Elektron manzil: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Bugun, 2023-yil 17-aprel kuni Italiyaning bir qator yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi. Tashrif buyuruvchilar turizmni yoritishga ixtisoslashgan Centro Studi Eurasia e Mediterraneo, Voyager magazine, Trendsettimanale.it, Eurasianews.it nashrlari, shuningdek, Italiyadagi turizm yo‘nalishi OAVlari guruhi vakillari hamda blogerlari. Tashrif davomida Italiya ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlari universitetimizning ilmiy-pedagogik faoliyati, ta’lim shakli va turlari, shuningdek, universitet ichki tuzilishi va bo‘limlar tarkibi bilan yaqindan tanishdilar.
Shuni ta’kidlash kerakki, universitet kampusi mehmonlarga juda samimiy mehmondo‘stlik ko‘rsatdi va kelajakda Italiya talabalari uchun madaniy almashinuv dasturi bilan universitetimizga tashrif buyurishlarini aytib o‘tishdi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bugun universitet birinchi prorektori J.Eltazarov tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda universitet bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari va boshqa mas’ullar ishtirok etishdi. Yig‘ilishda J.Eltazarov 2023 yilning 11 aprel kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligidagi yig‘ilishda, yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan ma’lumot berdi.
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham sezilarli ishlar amalga oshirilgani, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi, uchinchi toifaga kiradigan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha har bir vazir, vazir o‘rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari, oliygoh rektorlari, Milliy gvardiya va harbiy qism komandirlariga uchinchi toifadagi 50 nafardan e’tiborga muhtoj yoshlar nomma-nom biriktirilishi, yoshlarni ishga qabul qilish tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqilishi, 1 iyundan boshlab “yoshlar daftari”ga kirgan talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan stajirovka tizimini joriy qilinishi, “Yangi O‘zbekiston yoshlari tashabbuslari” jamg‘armasi va elektron platformasi tashkil qilinayotgani, “yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini ishlatish tizimi ham o‘zgarishi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha yangi tizim tashkil etilayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni batafsil tushuntirdi.
Globallashuv sharoitida yoshlar tarbiyasi va ongiga tahdidlar tobora kuchayib borayotgani uchun, universitet talabalari uchun darsdan keyin ijodiy kechalar, sport o‘yinlari, madaniy tadbirlar bilan talabalarning bo‘sh vaqtini boyitish masalasi ko‘rildi.
Universitetdagi har bir xodim, professor-o‘qituvchilarga talaba-yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, bandligini ta’minlash, ularni IT, xorijiy til, zamonaviy kasblarga o‘qitish, sportga jalb qilish, xorijdagi yoshlar bilan ishlash, milliy va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga mas’ul ekanliklarini ta’kidladi.
Bugun, 2023-yil 17- aprel kuni Xitoyning Northwestern (shimoli-g‘arbiy) universiteti hamkorlarimiz bilan “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida ushbu rejalashtirilgan laboratoriya bazasi bilan tanishish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda Northwestern universitet vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida ilmiy-texnik arxeologiya va madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha Xitoy-O‘zbekiston xalqaro laboratoriyasini qurish bo‘yicha hamkorlik loyihasi muhokama qilindi.
Umid qilamizki, bu hamkorlik turizm va ta‘lim sohasida har ikki tomonga ko‘proq foyda keltiradi, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlaydi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan universitet xiyobonida ko‘chma kutubxona faoliyati tadbiri bugun ham davom etmoqda. Ushbu ko‘chma kutubxonaning asosiy maqsadi, yoshlar va aholi o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishdan iborat, chunki kitob o‘qish inson bilimini, tafakkurini, ma’naviyatini yuksaltiradigan yagona omil hisoblanadi. “Ochiq osmon ostidagi kutubxona” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda universitet talabalari va shahar yoshlari faol qatnashdilar. Universitet talabalari o‘tkazilgan tadbir haqida iliq fikr bildirdilar va bundan keyin ham mana shunday tadbirlar o‘tkazilish haqida aytib o‘tdilar. Axborot-resurs markazi direktori va xodimlari talaba-yoshlarni kitob o‘qishga jalb qilib, kutubxonada mavjud bo‘lgan adabiyotlar va kutubxona faoliyati bilan tanishtirdilar.
Shu bilan birga universitet talaba-yoshlari uchun shaxmat-shashka sport o‘yinlari tashkil etildi. Ushbu sport turlari yoshlar o‘rtasida keng ommalashib bormoqda va talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Talabalar teatr studiyalari” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida” 2022-yil 25-noyabrdagi 387-son buyrug‘i 1-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 10-bandiga asosan joriy yilning 13-aprel kuni tanlovning mintaqaviy bosqichini o‘tkazish belgilangan edi.
Xabaringiz bor ikki yildirki o‘z faoliyatini klub tarzida olib borayotgan “Ipak Yo’li” talabalar teatr studiyasi universitetimizning ma’naviy hayotida o’z sahna asarlari namoyishi va boshqa tadbirlarda ishtiroki bilan tanilib ulgurdi. Joriy yil mazkur studiya talabalari ilk bor Respublika tanlovida ishtirok etdi va 2-bosqichda “Eng yaxshi milliy an’analar namoyishi” nominasiyasida g‘olib bo‘lib 3- bosqichga taklif etildi. 12-13- aprel kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamoasi Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tgan 3-mintaviy bosqichda munosib ishtirok etdib qaytdi.
Tanlov davomida universitetimizning iqtidorli talabalar jamoasi tomonidan yig‘ilganlarga “Samariya” asari namoyish etildi. Tomoshabinlarda va ekspertlarda katta taassurot qoldirgan jamoa repertuarida allaqachon 3 ta asar borligini eshitgan mutasaddi tashkilotlar, xususan Xorazm viloyat turizm boshqarmasi yaqin kelajakda hamkorlik loyihalariga taklif etish rejasi borligini bildirishdi.
Eslatma! Talaba teatr studiyalari Respublika tanlovi davom etmoqda. Tanlovda 24 ta universitet qatnashmoqda. 3-bosqichning yakuni 19 aprelga belgilangan.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova, universitet shifokori S.Tosheva va Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi yetakchi mutaxassisi D.Vastayevalar tomonidan 2023-yil 14-aprel kuni unversitetga qarashli Samarqand shahar Bunyodkor маhаllasi xotin-qizlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Aytish joizki, ushbu mahallada istiqomat qilayotgan aksariyat aholi farzandlari unversitetimiz talabasi. Uchrashuvda “Oilada ota-ona va farzandlar o‘tasidagi muomala va hurmat”, “Talaba-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik va turli salbiy holatlarning oldini olish” kabi mavzular muhokama qilindi.
Universitet Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova so’zga chiqib, asrlar osha ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelgan va xalqning hurmat-ehtiromiga sazovor bo‘lgan o‘zbek milliy urf-odatlari, axloq va odob qoidalariga alohida ahamiyat qaratish lozimligi, jumladan kattalarga hurmat, yoshlarga mehr-shafqat, mehmondo‘stlik, bemorlarni borib ko‘rish va ko‘ngil kutarish, oila a’zolari orasida va jamoat joylarida muloqot madaniyati, andisha, sukut va sir saqlash qoidalari singari noyob urf-odatlarimiz haqida fikr yuritdi.
O’zbek oilasida farzand tarbiyasi o’ta muhimligini inobatga olgan holda, mahalla yoshlari bilan birgalikda “Oiladagi go’zal tarbiya tamoyillari” bo‘lmish masalalariga alohida e‘tibor qaratildi. Universitet shifokori S.Tosheva oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollar sog‘ligini mustahkamlash, yaqin qarindoshlar o’rtasidagi nikohlarning diniy, tibbiy tomondan salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi yetakchi mutaxassisi D.Vastayeva ham ma‘nan sog‘lom oilada barkamol farzandlar ulg‘ayishi to‘g‘risida tahliliy munosabat bildirdi. Uchrashuv davomida videorolik va taqdimot namoyish etildi. Yig‘ilish davomida ishtirokchilar ko`pgina savollarga javob olishdi. Ko‘rilgan masalalar yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi. Universitet vakillari olib borayotgan bu kabi ezgu harakatlar kelgusida xotin-qizlar faolligini oshirishda hamda farovon turmushida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz