Yangiliklar: Aprel 2023

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “The Journal of Silk Road Tourism Studies” jurnaliga maqolalar qabuli joriy yilning 10-may sanasigacha davom etmoqda.

Maqolalarga qo‘yiladigan talablarni quyida ko‘rish mumkin.

Kategoriya E'lonlar

Joriy yilning 13-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tomonidan talabala-yoshlarni O‘zbekistonning boy turizm salohiyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida, Xiva shahriga amaliy sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida talaba-yoshlar Xiva shahrining madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan yaqindan tanishdilar.

Universitet tomonidan tashkil etiladigan ommaviy turistik sayohatlar, mamlakatimiz ichki turizmini rivojlantirish bilan birga jamoada ish samaradorligini yanada oshirishga, universitet talaba-yoshlarini jipsligini, ahilligini  ta’minlashga xizmat qiladi.

Kategoriya Talabalar hayoti

Urbanizasiya jarayoni jadallashib, shaharlar kengayayotgan, aholi soni o‘sayotgani va uning ehtiyojini qondirish uchun millionlab turdagi tovarlar ishlab chiqarilayotgan bir paytda, chiqindilarni qayta ishlash va ularning utilizasiyasi eng katta ekologik muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.

Chiqindilar sektori iqlim o‘zgarishi, biologik xilma-xillikni nobud bo‘lishi xamda atrof muhitni ifloslanishga sabab bo‘lmoqda.

Shu munosabat bilan, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Ekologik namuna burchagi tashkil etildi. Ushbu burchakda 18 tadan iborat bo‘lgan jadval ya’ni atmosferaga va zarar yetqazadigan chiqindini qancha vaqt davomida yashashini ko‘rsatadi.

Ekologik namuna burchagi to‘g‘risida yosh talabalarga tanishtiruv, amaliy seminar va tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Bu boradagi tashabbuslar chiqindilarni to‘g‘ri boshqarishga, ularning hosil bo‘lishini minimallashtirish va ekologik inqirozning oldini olishga, inson salomatligi va farovonligini yaxshilashga yordam beradi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ayollar kengashi raisi M. Abbosova tashabbusi bilan universitet shifokori S. Tosheva bilan hamkorlikda universitetda ishlayotgan ayollarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rikda nevropatolog, kardiolog, akusher-ginekolog, jarroh, oftalmologning ishtiroki, ultratovush apparati yordamida tekshiruvlar sog‘liqni saqlash holatidagi o‘zgarishlarni, shuningdek yashirin kasalliklarni aniqlashga yordam berdi. Aniqlangan kasalliklar bo‘yicha aniq tashxis qo‘yildi. Tekshiruv davomida 85 ga yaqin xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ma‘muriyat, shuningdek, "Ipak yo‘li" universiteti ayollar kengashi raisi M. Abbosova Samarqand shahar 2-sonli poliklinikasi shifokorlariga D.A.Rasulovа (nevrolog), M.O.Hamdamovа (LOR), N.Sh.Davidova (ginekolog), B.A.Baykabaeva (oftalmolog), N.P.Rabbimov (jarroh) shuningdek, hamshiralar Z.A.Salimova, O.M.Bekmuxamedova, Sh.Murtazaeva, M.Kudratova, N.Xolikova, Yu.S.Fayzullayevalarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Kategoriya Yangiliklar

 Davom etayotgan “Referendum 2023 — Konstitutsiya seniki, meniki, bizniki, hammamizniki” shiori ostida siyosiy targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlar doirasida oliygohlar, turli ta’lim muassasalarida xalqimizning siyosiy faolligi va konstitutsiyamizga bo‘lgan e’tiborlarini oshirish maqsadida olib borilmoqda.

Shu jumladan, joriy yilning 13-aprel sanasida 1-kurs tyutori Dildora Husanova o‘ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan birgalikda amaliy seminar tadbiri Registon maydonida tashkillashtirildi.

Ushbu seminarda vatanimizda sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar ta’sirida yoshlarimizning muqaddas qomusimiz bo‘lmish konstitutsiyamizga o‘z hissalarini qo‘shishlari, yoshlarning mamlakatimiz ravnaqi yo‘lidagi o‘rni tushuntirib berildi.

Kategoriya Talabalar hayoti

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yilligi yubileyi hamda Farg‘ona vodiysida fan va texnologiyalar yo‘nalishlarini rivojlantirish muhokamasiga bag‘ishlangan konferensiya 2023 yil 11-12 may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Axborot xati ilova qilinadi.

Kategoriya E'lonlar
Payshanba, 13 Aprel 2023 13:48

Litsey bilan hamkorlik

Joriy yilning 13-aprel kuni Samarqand Davlat Chet tillari Instituti akademik litseyi  o‘quvchilari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida o‘quvchilar universitet hayoti bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, o‘quv xonalari, sport zallari, kutubxona hamda talabalarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratib berilgan imkoniyatlar bo‘yicha ma’lumot olishdi.  
Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Samarqand xalqaro aeroporti bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Universitetning logistika yo‘nalishida tahsil olayotgan 4-kurs talabalari Samarqand xalqaro aeroportida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashmoqda.

Ushbu malakaviy amaliyot universitet talabalariga kelgusida nimalarga ko‘proq e’tibor qaratish kerakligini  va o‘z sohasini yetuk mutahassisi bo‘lib yetishishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Samarqand xalqaro aeroporti va Air Marakanda kompaniyasi rahbariyatiga talabalarimizni amaliyot o‘tashga ruxsat bergani va yaqindan hamkorliklari uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz! 

Kategoriya Yangiliklar
Payshanba, 13 Aprel 2023 12:14

UNESCO loyihalariga grant tanlovi

UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra UNESCO tomonidan 2005-yil “Madaniy ifodalarni turfa-xil shakllarini muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi konvensiyasi doirasida Madaniy turfa-xillik Xalqaro jamg‘armasining ijrochilik san’ati, musiqa, kino/audiovizual san’ati, nashriyot, dizayn va media san’ati sohalari bo‘yicha ishlab chiqiladigan loyihalarga grant tanlovi e’lon qilingan.
Ma’lumot uchun: Jamg‘arma mablag‘lari asosan turli madaniy mahsulotlar, xizmatlarni yaratish, ishlab chiqarish, tarqatish, ulardan foydalanishga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan siyosat hamda strategiyalarni amalga oshirish yoki ishlab chiqjsh; rivojlanayotgan mamlakatlarda mahalliy, mintaqaviy madaniy sanoat va bozorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat sektori va fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun ajratiladi. Taqdim etilayotgan barcha loyihalar barqaror ijodiy ekotizmga va Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish ustuvor yo‘nalishlariga o‘z hissasini qo‘shishi kerak. Loyihalar davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan taqdim etilishi va 1-2 yil davomida amalga oshirilishi lozim. Taqdim etiladigan loyihaning budjeti 100.000 AQSH dollaridan oshmasligi lozim.
Madaniyat va turizm vazirligi mazkur jamg‘arma moliyaviy yordamini olish uchun sohaga oid munosib loyihalarni joriy yilning 16-may kuniga qadar ingliz yoki fransuz tillarida quyidagi veb-sahifa orqali taqdim etishingiz so‘raladi https://en.unesco.org/creativity/ifcd/apply

Kategoriya E'lonlar

Tanlovning asosiy maqsadi – respublikamizda xotin-qizlarni ilm-fanga jalb qilish, fan-ta’lim va iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarning yangi g‘oya va ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar natijalari bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolari, real ehtiyojlari hamda hududiy muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy hajmdor mahsulotlar va innovatsion texnologiyalarni yaratishdan iborat.

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar www.grant.mininnovation.uz davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali 2023-yil 5-mayiga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

Loyiha ijrochilarining tarkibi xotin-qizlardan iborat bo‘lishi , ilmiy jamoaning o‘rtacha yoshi 45 yoshdan oshmasligi, shuningdek ilmiy jamoada yosh olimalar, iqtidorli talaba va magistrantlar ishtirok etishi lozim.

Kategoriya E'lonlar
4 dan 8 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar