Yangiliklar: Aprel 2023

10-11 aprel kunlari “Ipak yo‘li” universiteti sport bazasida universitet talabalari jamoasi o‘rtasida talabalarimizning mahorat darajasini oshirish uchun badminton bo‘yicha master-klass o‘tkazildi. Master-klass Samarqand viloyati badminton Federatsiyasi raisi Timofeev Ulyan Petrovich ishtirokida o‘tkazildi. Ushbu tadbir yakunida universitet talabalari universitetda badmintonning yanada rivojlanishiga va universiadada ishtirok etish uchun jamoaning o‘yin darajasini oshirishga yordam beradigan yangi taktik texnikani o‘rgandilar.

Kategoriya Talabalar hayoti

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining muzey ishlari boʻyicha magistri Arezu Eslambolchi Mogʻadam xalqaro jurnalda maqola chop etdi. Uning maqolasida O‘zbekiston va xorijda yashovchilarning nomoddiy madaniy meros hisoblangan “Mavrigi” qo‘shiqlari sikli bilan tanishtirilgan va tegishli masalalar baholangan.

Article.pdf

Kategoriya Talabalar hayoti

"Bu talabamiz Jamshid Ashrapovning mehmondo‘stlik va turizmga bag‘ishlangan xalqaro jurnali uchun chop etishning so‘nggi bosqichida turgan ilmiy maqolasining yakuniy isbotidir. Bu ajoyib ish bakalavr talabasi bilan qanday natijalarga erishishingiz mumkinligiga misoldir. Bu uning 2022-yilgi bitiruv loyihasi edi. U, albatta, asosiy muallif, chunki bu uning loyihasi" . Ian Patterson

Final Proof.pdf

Kategoriya Talabalar hayoti
Seshanba, 11 Aprel 2023 13:40

Maktab bilan hamkorlik!

Joriy yilning 10-aprel kuni Jomboy tuman 23-maktab o‘quvchilari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida o‘quvchilar universitet hayoti bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, o‘quv xonalari, sport zallari, kutubxona hamda talabalarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratib berilgan imkoniyatlar bo‘yicha ma’lumot olishdi.  

Kategoriya Yangiliklar

Tarixga nazar tashlash, kelajakda yuqori marralarni ko‘zlash har qanday sohaning taraqqiy etishi uchun lozim jihatlardan biri hisoblanadi.

2023-yilning 10-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida  “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

Tashkil etilgan uchrashuv davomida talabalar yoshi ulugʻ insonlarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida toʻplagan boy tajribasi, yoshlik davridagi oʻziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar haqida samimiy fikrlarini bildirdi.

El-yurt ravnaqi yoʻlida mamlakatimizda olib borilayotgan yangilanishlarda kamarbasta boʻlish lozimligi uch avlodga mansub yurtdoshlarimiz oʻrtasida kechgan samimiy suhbatlar bosh mavzusiga aylandi.

Kategoriya Talabalar hayoti

Avlodlar orasidagi oltin zanjir, vatan ravnaqi va xalq manfaati yo‘lidagi birlik, ezgu maqsadlar sari hamkorlik va jipslikdagi harakat kishidan qahramonlik talab qilmaydi. Bu haqiqatni katta avlod vakillari yoshlarga nisbatan yaxshiroq anglaydilar, Negaki, ular hamma narsani o‘z boshidan o‘tkazgan, katta hayot tajribasiga ega. Aytish mumkinki, katta avlod tajriba, saboq, ibrat, o‘rnak va namuna maktabidir. O‘rta va yosh avlod bilan uchrashuvlarda, odatda samimiyat va maslahatlar ustuvorlik qiladi. Shu asnoda xulosalar qilinadi, boy
Joriy yilning 10-aprel sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Buvijonim maʼrifati va oʻgitlari” mavzusida talaba qizlar bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi.
Universitet xotin qizlar maslahat kengashi tomonidan reja asosida tashkil etilgan tadbirda Yoshlar ittifoqi yetakchisi, tyutorlar va talaba-qizlar ishtirok etishdi.
Ma'naviy-ma'rifiy tadbirda talaba qizlarga buvijonim hayoti biz uchun ibrat, milliy qadriyatlar va oiladagi sharqona odob, qizlarga xos muomala, o‘zaro hurmat va sabrli bo‘lish, mustahkam oila sirlari toʻgʻrisida o‘z fikrlarini bildirib, tushunchalar hamda oʻgitlar berishdi.
Uchrashuv davomida faxriylar hayot yo‘li, soha rivoji uchun amalga oshirgan ishlari, bu yo‘lda uchragan mashaqqatlar va qiyinchiliklari xususida yosh avlod vakillariga hikoya qilib berdi. Kishi o‘z oldiga maqsad qo‘yishi va kelajagini rejalashtirishi lozimligi, bu yo‘lda albatta unga muammolar uchrashi va bu muammolardan bilimi, salohiyati va intilishlari bilan yengishi lozimligi barchaga ibrat bo‘lgulik hayotiy misollar
Tadbir davomida oliygohning iqtidorli va iste'dodli talaba-qizlari tomonidan tayyorlangan she'rlar yig'ilgan mehmonlarda iliq taassurotlar qoldirdi.

Kategoriya Yangiliklar

2023-yil 10-aprel Samarqand viloyati madaniyat va turizm boshqarmasining birinchi o‘rinbosari D.Narziqulov “Hududda turizmni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ma’ruza qildi. Samarqandda turizmni rivojlantirish bo‘yicha hukumatning sa’y-harakatlarini muhokama qildi va madaniy va tarixiy obidalarni, mahalliy taomlar va hunarmandchilikni, ekoturizmni targ‘ib qilish kabi yanada rivojlantirish imkoniyatlarini ta’kidladi. Ushbu diqqatga sazovor joylarning infratuzilmasi va ulardan foydalanish imkoniyatini yaxshilash va barqaror amaliyotni rag‘batlantirish orqali mintaqa yanada ko‘proq tashrif buyuruvchilarni jalb qilishi va yanada xilma-xil va chuqur madaniy tajriba taqdim etishi mumkin. D.Narziqulov Samarqandda turizmni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilganlarning savollariga ham javob berdi. Seminarni professor Toni Zou olib bordi, turizm menejmenti yo‘nalishida tahsil olayotgan aspirantlar, doktorantlar va ayrim o‘qituvchilar ma’ruzani tingladilar.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5326-son Farmonida  belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda universitet talabalarini O‘zbekistonning boy turizm salohiyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida, joriy yilning 30-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari Surxondaryo viloyatida amaliy sayohat davomida Termez shahridagi buddaviylar ehromlari, Baqtriya va Kushon podsholigiga mansub qal’alari, o‘rta asrlarga oid tarixiy obidalari hamda masjidlariga borishdi. Sayohatning uchinchi kunida esa, magistrantlar Surxandaryo viloyatining betakror tabiatini ko‘rish maqsadida, Denov shahridagi Sangardak sharsharasiga borishdi.

Kategoriya Talabalar hayoti

"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Hot 219 guruhi talabasi Sultanova Maloxat va Marketing in tourism 119 guruhi talabasi Kholkhujaev Sanjar "Turizm menejmenti" kafedrasi o'qituvchisi Gulomkhasanov Erkin ustozligida hamda hammualliflikda "American journal of economics and business management " xalqaro jurnalida ilmiy maqolalarini chop etishdi!

Kategoriya Talabalar hayoti

"Mathematics for business" va "Business Statistics " fani o'qituvchisi Sanjar Mardonov o`z talabalarining 1-semestr bo'yicha faoliyatini inobatga olib Turizm menejmenti yo'nalishi 7 nafar talabalariga "Mathematics for business" va "Business Statistics" fanlarini yaxshi o'qiganligi va a`lo baholar bilan tugatganligi hamda namunali xulq-atvori uchun ularning ota-onalariga MINNATDORCHILIK sertifikatlarini taqdim etdi.
Hot-222-guruhining talabalariga esa alo o'qiganligi uchun va fan murakkabligiga qaramasdan, intilishi va tirishqoqligi, shuningdek, fanni yaxshi o'zlashtirganligi uchun Tashakkurnoma taqdim etdi.

Kategoriya Talabalar hayoti
6 dan 8 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar