Toshkent shahridagi Vestminster universitetida Britaniya kengashi hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziriligi bilan hamkorligida tashkil etilgan O'zbekiston-Buyuk Britaniya OTMlari forumida “Ipak yo‘li” turizm va mdaniy meros xalqaro universitetining Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Sardorbek Samaridinov va Ilmiy tadqiqotlar bo'limi yetakchi mutaxassisi Orzubek Inoyatovlar ishtirik etishdi.
Forum doirasida dunyoda o'z nufuziga ega Advance HE va University of Sunderland universitetlari bilan hamkorlik o'rnatish imkoniyatlari haqida muzokaralar olib borildi. Buyuk Britaniya universitetlari ham hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirib o'tishdi.
2024-yil 5-mart kuni soat 15:00da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faollar zalida Ilmiy va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektor Tong Qian Zou tomonidan “Qanday qilib tadqiqot o‘tkazish va eng yaxshi jurnallarda maqolalarini chop etish” mavzusida barcha kafedra o‘qituvchilari uchun seminar bo‘lib o‘tadi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2024-yil mart oyida o‘tkaziladigan ilmiy seminarlar ro‘yxati
UZBEK TILIDA
INGLIZ TILIDA
Tong_Qian_Zou
Joseph_Hoffmann
Tulkin_Sultanov
6-seminar
Spiker: Dr. Sun Yehong, Pekin Union universiteti turizm maktabi professori
Mavzu: “Madaniy meros turizmi: chegara nazariyalari va eng yaxshi amaliyotlar”
Moderator: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori, prof. Toni Zou
O‘tkazilish joyi: ma'ruzalar zali 229-xona
Seminar vaqti: 2024 yil, 7 mart soat 14: 00-15: 00 (payshanba kuni)
Joriy yilning 28-29 fevral kunlari Jomboy tumanidagi SOF EXPO markazida “World Edu 2024” ta’lim yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yarmarkada universitetimiz qabul va marketing bo‘limi mutasaddilari ham ishtirok etishdi. Ahamiyatlisi, yarmarkada Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan barcha oliy ta’lim muasassalari ishtirok etib, unda faoliyati, yo‘nalishi xususida ishtirokchilarga bir qator taqdimotlar o‘tkazdi. Xususan universitetimiz xodimlari ham turizm va madaniy meros sohasida kadrlar tayyorlash, xorijiy oliy ta’lim muasassalari bilan hamkorlik o‘rnatilganligi, imkoniyat va shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.
Yarmarkani viloyat hokimi yordamchisi N.Ibrohimov kirish bilan ochib bugungi kunda yetuk mutaxassislar tayyorlashda oliy ta’lim muasassalarining o‘rni va roli xususida gapirdi. Tadbirda barcha oliy ta’lim muasassalari kelgusi yil qabuli yuzasidan mutaxassisliklar kesimida targ‘ibot ishlarini o‘tkazdi.
29-fevral kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Buxoro viloyati turizm boshqarmasi bosh mutaxassisi Lazizbek Muxtorov onlayn tarzda ma'ruza qildi. Seminarni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori, prof. Toni Zou olib bordi, seminarda 30 dan ortiq magistr, doktorantlar va o'qituvchilar ishtirok etishdi.
Ushbu taqdimotda janob Lazizbek Muxtorov Buxoroda turizmni rivojlantirishni "Eski shahar uchun yagona sayyohlik zonasi" konsepsiyasi-Buxoro turizmidagi keskin o'zgarishlar mavzusi bilan tanishtirdi.
Lazizbek Muxtorovning tahlillarga boy bo‘lgan taqdimoti seminar ishtirokchilarida juda katta taassurot qoldirdi. Ishtirokchilar seminar mavzusi yuzasidan Lazizbek Muxtorovga savollar bilan murojaat qilishdi. Universitetimiz prorektori, prof. Toni Zou va ma’ruzachi Lazizbek Muxtorov tarixiy shaharlarda turizmni yanada rivojlantirish masalasida fikr almashdi.
4-mart kuni Bangladeshning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Dr.Mohammad Monirul Islam janoblarining Samarqand viloyatiga tashrifi davomida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo‘ldi. Mehmonni universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Toni Zou kutib oldi. Dastlab mehmon bilan o‘zaro hamkorlik yuzasidan muloqot o‘tkazildi. Muloqotda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, hamkorlik aloqalari xususida so‘z bordi. Shundan so‘ng Bangladeshning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Dr.Mohammad Monirul Islam oliygohimizning ilmiy va badiiy adabiyotlarga boy bo‘lgan kutubxonasida bo‘lib, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi va universitetning faxriy mehmonlar kitobiga o‘zining samimiy tilaklarini yozib qoldirdi. Shuningdek mehmon universitetdagi rasmlar ko‘rgazmasi va milliy liboslar galeriyasi bilan yaqindan tanishdi.
YUNESKO Bosh direktori Azoulay “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida YUNESKOning “Ipak yo'li bo'ylab barqaror meros turizmi kafedrasi”ni ishga tushirish to'g'risidagi shartnomani imzoladi.
Ahamiyatlisi, universitetimiz rektori A.Abduhakimov va prorektor Tongqian Toni Zou ariza berishdagi barcha jarayonlarda bosh-qosh bo‘lishdi. Hurmatli rektorimizning sa’yi harakati bilan ushbu jarayon amalga oshirildi. Murojaat qilish jarayonida Birinchi prorektor
J.Eltzarov, kafedra mudiri M.Siddiqova, bo‘lim boshliqlari
A.Tuxtamishev, N.Mansurovalar faol bo‘lishganligini alohida e’tirof etish lozim. Shuningdek ushbu jarayonda jamoa a'zolari, F.Akramova, S.Jumaev, Lizhen Yang, Zhixin Lin, Shixin guanin, Zaidong Li va Yuanlan Zhong kabi professor-o‘qituvchilarimiz ham o‘z hissasini qo‘shishdi.
Ushbu kafedrani tashkil qilishdan ko‘zlangan maqsad Markaziy Osiyoda madaniy meros va madaniy yodgorliklarni saqlash va targ'ib qilishni kuchaytirish, uni raqamlashtirish va turizm yo‘nalishida keng foydalanishni takomillashtirish belgilangan. O'zbekistonda turizm qishloqlari va sayyohlikni rivojlantirish, kambag'allikni kamaytirish, xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish va YUNESKOning boshqa kafedralari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ham e’tibor qaratiladi.
Kafedra faoliyatini olib borishda va YUNESKOning madaniy merosini saqlash, targ'ib qilish va turizm sohasida keng foydalanishda ustuvor yo'nalishlarini ilgari surishda universitetimiz prorektori prof. Tongqian Zou, dotsent Mustura Siddiqova o‘zaro hamkorlikda ish olib borishadi.
Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda turizm sohasida ta’lim olayotgan yoshlarni sohadagi yangiliklar va tashabbuslar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida yurtimizning eng so‘lim va tog‘li go‘shasi bo‘lgan Jizzax viloyatining Zomin dam olish zonasiga sayohat tashkil qilindi. Sayohat davomida tog‘da sayr qilinib, maxsus kanat yo‘llariga chiqildi.
Ushbu sayohat universitetimizning mahalliy va xorijlik talabalar uchun bir umrlik taassurotlarga boy bo‘lganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Joriy yilning 29-fevralidan 1-martiga qadar universitetimizning bir guruh professor-o‘qituvchilari Toshkent shahridagi Inter Continental mehmonxonasida bo'lib o'tgan “Hotel Business Forum”ida ishtirok etishdi. Biznes dasturining ikki kuni soha mutaxassislari, tarmoq qo'mitalari va vazirliklar vakillari, investorlar, xorijiy hamkorlarning taqdimotlari, muhokamalari va fikr almashishlari bilan o‘tdi.
Shuningdek forum doirasida mehmondo'stlik sohasida ta'lim bo'yicha yig'ilish o‘tkazildi va unda tomonlar yangi ta'lim dasturlari va amaliyotga yo'naltirilgan modullarni yanada rivojlantirish bo'yicha umumiy fikrga kelishdi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz