Ma’lumki, bugun mamlakatimizda beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish, aholining keng qatlamlarini bepul donorlikka jalb etish, bemorlarni xavfsiz qon komponentlari bilan ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu bois, 2023-yilning 5-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talaba-yoshlari uchun, “Ezgulik albatta qaytadi” yoki Beg‘araz donor bo‘ling! –shiori ostida mamlakatimiz yoshlari orasida beg‘araz donorlik harakatini ommalashtirish maqsadida tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida Samarqand Qon qo‘yish markazi sayyor guruh bo‘lim mudiri Jabborova Aziza Mansurovna, Biologik nazorat bo‘limi mudiri Qosimova Zarina Sobirovnalar tomonidan yoshlarimiga qon topshirish nima uchun kerakligi, qon topshirish jarayoni, qon topshirish muolajalari va beg‘araz donorlar to‘g‘risida ma’lumotlar berishdi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti barcha professor-o‘qituvchi, xodim va talabalarni donorlik harakatini rivojlantirish maqsadida o‘tkazilayotgan “Mehr ulash” kabi xayriya aksiyalarida faol ishtirok etishga va beg‘araz donor bo‘lishga hamda yordamga muhtoj bemorlarga ko‘mak berishga chaqiradi.
“Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi Muxammadieva Nodira talabalarga amaliy dars tashkil qilish maqsadida “Business Portfolio” mavzusida tajribali tadbirkor Xurshid To‘rayev ishtirokida biznes trening tashkil qildi. Bu treningda tadbirkor biznesni tashkil qilishishda o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Dastur so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob topishdi. Tadbirkor Xurshid To‘rayev intiluvchan talabalarimizga birga ishlash taklifini ham bildirdi.
“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori J.Eltazarov boshchiligidagi universitet vakillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2023-yildagi 135-sonli qarori ijrosi doirasida Buxoro davlat universitetida 7-8 oktabr kunlari o‘tkazilayotgan “Turizm ta’limi beruvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi”da ishtirok etishdi.
Forum davomida mehmonlar Buxoro davlat universitetida professor-o`qituvchilari hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va oliygohda olib borilayotgan yangiliklar bilan tanishishdi.
Shuningdek tadbir ishtirokchilari talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar ularlarning bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazish uchun tashkil etilgan "Besh tashabbus" xonalari, “Zakovat” burchagi, "My office" kovorking markazini ko`zdan kechirishdi. Mehmonlar universitetning 500 ming adabiyot sig‘imiga ega Axborot resurs markaziga tashrif buyurib, o`quv zallari, har-bir foydalanuvchiga istalgan axborot resursdan foydalanish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi. "Biznes Akselerator" hamda uning tarkibidagi Robotexnika markazi faoliyatini o`rganish bilan birga, Buxoro Davlat universitetdagi Uniwork tizimi haqida ma'lumotlarga ega bo`lishdi.
Forumning so’ngi kunida Buxoro viloyati, Romitan tumanida joylashgan “BUKHARA DESERT OASIS & SPA” turizm klasteriga tashrif buyurib, klasterda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Forum yakunida bildirilgan takliflar asosida rezolyutsiya qabul qilinishiga kelishib olindi.
Joriy yilning 5-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori J.Eltazarov hamda yoshlar siyosati va mahallabay ishlash bo‘limining xodimlari Samarqand shahridagi “Furqat” mahallasida bo‘lib, bu yerdagi ijtimoiy- ma’naviy muhitni o‘rgandi. “Mahalla beshligi” va mahalla ahli vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvlarlarda OTMlar bilan birgalikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni va aholini turmush farovonligini, mahallaga tegishli ko‘cha va xiyobonlarni obodonlashtirish va tartibga keltirish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi.
Bugungi kunda ushbu mahallada turli millat vakillari istiqomat qilishi bilan birga, aksariyati ziyoli oilalar hisoblandi. Shu bois bu yerda ijtimoiy va ma’naviy muhit ancha namunali. Uchrashuv davomida mahalla raisi, hokim yordamchisi va profilatika inspektori bilan yaqindan muloqot o‘tkazilib, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqarolar muammolari bo‘yicha ishlash xususida amaliy tavsiyalar berildi.
Joriy yilning 26-29-sentabr kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov Xitoy Xalq Respublikasining Shandung provinsiyasi Chufu shahrida tashkil etilgan “2023-Nishan ananaviy tamaddunlar forumi va Konfutsiyni xotirlash marosimi” da ishtirok etdi. Ushbu nufuzli forumda prof. J.Eltazarov “Markaziy Osiyodagi qadimgi Turkiy tamaddun va uning eski Xitoy tamadduni bilan aloqasi” mavzusida ma’ruza qildi. Shandong viloyati ma’muriyatining taklifiga ko‘ra anjumanda maxsus ma’ruza bilan chiqish qilgan notiqning qadimgi Turklar va Xitoy tamadduni o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga oid muhim tarixiy voqealarni xronologik tadqiq va tahlil qilishga asoslangan ma’ruzasi anjuman ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Forum mobaynida turli mamlakatlardan kelgan madaniyat turizmi hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan so‘zlashuv hamda muloqotlar amalga oshirildi.
Ushbu sana BMT tomonidan dunyo hamjamiyati e’tiborini qizlarning ijtimoiy muammolari va tengsizligiga qaratish maqsadida joriy etilgan. Ayolning jamiyatdagi o‘rni ortib borayotganini hisobga olib, har birimiz bolalikdan qizlarning ta’lim olishi, ularning o‘z salohiyatlarini to‘liq namoyon etishiga e’tibor qaratmog‘imiz, eng asosiysi - ularga o‘z qadr - qimmatini hurmat qilishini singdirishimiz lozim.
Mening aziz qizlarim! Ushbu kun bilan sizlarni tabriklaymiz. Doimo esingizda tuting, sizlarning huquq va manfaatlaringizni ta’minlash, bilim olishingiz, kasb-hunarli bo‘lishingiz davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishidir. Bilim va salohiyatingizni doimiy ravishda oshirgan holda o‘z ustingizda ishlashdan tolmasligingizni istardim. Oldingizdagi to‘siqlarni yengishga, yuqori cho‘qqilarni zabt etishga intiling, bu yo‘lda yuzaga keladigan qiyinchiliklardan qo‘rqmang. davlatimiz sizni doimo qo‘llab-quvvatlaydi.
Cheksiz mehr bilan universitet xotin-qizlar kengashi.
Rus adabiyotini chuqurroq o‘rganishni istagan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari uchun!
Klubimizga xush kelibsiz! Sizni har oyning 2 va 4-haftasining dushanba kunlarida soat 14:30 da kutamiz.
So‘zlashuv tili: rus
Murojaat uchun klub a’zosi: @dilfuza_davronovna
Koreys tili va madaniyatini o‘rganishni xohlovchi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari diqqatiga!
Sizni har oyning 1- va 3- haftasining seshanba kuni soat 14:30 da Korean Speaking Club to‘garagiga taklif qilamiz.
Telegram havolasi: undefined
206-xona
☎️ 66) 240-67-83
Hurmatli abituriyentlar, Respublikamizning davlat oliy ta’lim muassasalari ichida bir yilda ikki marta talabalikka qabul qiluvchi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha quyidagi bakalavirat ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayoni davom etayotganligini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz:
- 60212200: Madaniy meros ob’yektlarini asrash
- 60220400: Arxeologiya
Buning uchun admissions.univ-silkroad.uz onlayn platformasi orqali
joriy yilning 1-noyabrigacha (shu kuni ham) ro‘yxatdan o‘tishingizni so‘raymiz.
Eslatib o'tamiz, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib boriladi. Shu sababli qabul jarayonida ingliz tili bo‘yicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga, shu jumladan IELTS bo‘yicha kamida 5,0 ball va undan yuqori, Common European Framework of Reference for Languages (CEFR) bo‘yicha kamida B1 va undan yuqori ball bilim darajasi ko‘rsatkichi bilan xalqaro sertifikatlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi bilim va malakalarni baholash agentligi (Davlat test markazi) tomonidan taqdim etilgan ingliz tilini bilish darajasi (B1 va undan yuqori) to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarning hujjatlari qabul qilinadi.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingizni soʻraymiz:
+998662406770
+998662408616
+998662406786
+998662408606
+998933483380
+998902241442
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini tanlab, Siz ishonchli kelajakni tanlaysiz!
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining https://my.uzbmb.uz/ platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan va o‘tkazilgan test sinovlarida minimal saralash ball (56,7)ni to‘plagan, biroq to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish chizig‘i chegarasigacha yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlarni universitet qabul kvotasi doirasida bo‘sh qolgan o‘rinlarga ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etamiz.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining platformasida ro‘yxatdan o‘tishda o‘zining tanlovi sifatida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini ko‘rsatgan bo‘lishi shart)
Abituriyentlar tomonidan murojaat etishning soʻnggi muddati 2023-yil 1-noyabr.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling:
+998662406770
+998662408616
+998662406786
+998662408606
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini tanlab, Siz ishonchli kelajakni tanlaysiz!!!
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz