press

press

Samarqand shahrida BMT Jahon turizm tashkilotining 25-Bosh Assambleyasi doirasida “Ta’lim bo‘yicha Global Forum: qurilish turizmining asosi” xalqaro ta’lim forumi o‘tkazildi.  Unda dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlaridan, shu jumladan Ozarbayjon, Belarussiya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Hindiston, Italiya, Eron, Ispaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Malayziya, Pokiston va boshqa davlatlardan 1200 dan ortiq xorijiy va mahalliy mutaxassislar va ekspertlar ishtirok etishdi.

Jahon sayyohlik tashkilotining ushbu forumi ta’lim va turizmni rivojlantirish o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikka urg‘u beradi. Butun dunyo hamjamiyatiga ta’lim turizm sanoatining kelajagi uchun barqaror rivojlanish va inklyuziv o‘sish vositasi sifatida hal qiluvchi ahamiyatini yana bir bor eslatdi. Forumda O‘zbekiston respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduxakimov, UNWTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Xilola Umarova va UNWTO ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha UNWTO  ijrochi direktori Natalya Bayona xonim ma’ruza qildi. Ma’ruzalarda bugungi kunda turizm sohasiga malakali mutaxassislar tayyorlashda ta’lim bilan turizm sohasining uzviyligini yo‘lga qo‘yish, bu borada davlatlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy, innovatsion yutuqlarni hayotga tadbiq qilish kabi dolzarb masalalar o‘rtaga tashlandi.

Xalqaro forum yakunida ko‘plab o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risida bir qator memorandumlar imzolandi.  

Payshanba, 19 Oktyabr 2023 14:35

E'lon

Joriy yilning 20-oktabr kuni soat 9:00 da "Ipak yo'li" turizm va madaqniy meros xalqaro universitetida SHHT turizm sanoatini rivojlantirishga bagʻishlangan qoʻshma ilmiy-amaliy konferensiya o'z ishini boshlaydi. Barcha soha mutaxassislarini taklif etamiz!

Joriy yilning 18-oktabr kuni Xitoyning Gongkong Politexnika universiteti dekani, professor Kaye Chon tashrif buyurdi. Mehmonni universitet Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov kutib oldi va oliygoh bilan ushbu Dunyoning Top 300 taligida o‘rin egallab turgan Gonkong Politexnika universiteti bilan turizm sohasida mutaxassislar tayyorlash borasida hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi. Gongkong Politexnika universiteti dekani, professor Kaye Chon ham turizm sohasida mutaxassislar tayyorlash, turli forumlar o‘tkazib borish ikki oliygoh uchun ham qilishdan manfaatdor ekanligini aytdi. 

Joriy yilning 18-oktabr kuni universitetimizga Pekin Xalqaro Tadqiqotlar universiteti kengashi raisining o‘rinbosari Wang Xiuyan boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi. Mehmonlarni oliygohimiz Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov kutib oldi va keyingi yillarda universitetda turizm sohasiga kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi.

Ma’lumki, bugungi kunda universitetimiz Xitoy Xalq Respublikasining bir qator nufuzli universitetlari bilan turizm sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Shuningdek o‘tgan o‘quv yilida 30 nafar oliygohimiz professor-o‘qituvchilari Xitoyda bo‘lib amaliyot o‘tab qaytishdi. Bundan tashqari Xitoydan kelgan professor-o‘qituvchilar ham talabalarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. O‘zaro muloqot davomida Pekin Xalqaro Tadqiqotlar universiteti bilan ham hamkorlik aloqalarini o‘rnatish xususida kelishib olindi. 

Joriy yilning 18-oktabr kuni “Ipak yo‘li” tirizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Kreativ taʼlim va innovatsiya – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi “InnoWeek.uz-2023” haftaligi doirasida loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda universitetimizning iqtidorli, bilimga intiluvchan  talaba yoshlari tomonidan o‘ndan ortiq “StartUp” loyihalar taqdimoti qilindi va tanlov yakuniga ko‘ra, munosiblar o‘rtasida uchta o‘rin aniqlandi va eng yaxshi deb topilgan loyihalar mualliflariga pul mablag‘lari va sertifikatlar topshirildi.

Joriy yilning 16-20 oktabr kunlari Samarqand davlat universitetida “Kreativ taʼlim va innovatsiya – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida “InnoWeek-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasidagi tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbirlarda “Ipak yo‘li” tirizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ham o‘zlarining yetuk innovassion loyihalari bilan faol ishtirok etib kelmoqda.

Joriy yilning 18-oktabr kuni universitetimizga taniqli xalqaro biznes jurnalist va CNN telekanali boshlovchisi Richard Kvest universitetimizga tashrif buyurdi. Richard Kvestni tanimagan u haqida bilmagan yoshlar juda kam bo‘lsa kerak. U o‘zining biznes haqidagi kreativ va teran fikrlari bilan ko‘pgina muxlislariga ega boshlovchi sifatida tanilgan. Richard Kvestning oliygohimiz professor-o‘qituvchilari va talabalari uchrashuvi juda qiziqarli bo‘lganligi bilan kreativ savol javoblarga boy bo‘lganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Tadbirni universitet prorektori J.Hoffman olib bordi va Richard Kvestga so‘z berdi. Richard Kvest talaba yoshlarga bugungi kunda turizm biznesini rivojlantirishning asosiy omillari nimalardan iborat bo‘lishi xususida savol bilan murojaat qildi. Talaba yoshlar, hatto professor-o‘qituvchilar ham muloqot jarayoniga kirishib ketishdi va savollarga javob berishga harakat qildi.

“Men ushbu turizm sohasiga mutaxassislar tayyorlab beradigan universitet talabalarining javoblaridan, ularning teran va kreativ fikrlaridan to‘g‘risi xursand bo‘ldim. O‘zbekiston mana bunday turizm sohasidagi bilimli yoshlar bilan yanada rivojlanishiga aminman”,- deydi Richard Kvest.

Chorshanba, 18 Oktyabr 2023 10:01

18-oktabr – Samarqand shahar kuni

Qariyb 3000 ming yillik tarixga ega bo‘lgan va butun dunyoni o‘ziga maftun eta olgan ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand bugun yana bir yoshni qarshi oldi. Mana shunday ulug‘ kunlarda universitetimizning barcha professor-o‘qituvchilarini, talabalarini hamda ishchi, xodimlarini 18-oktabr Samarqand shahar kuni munosabati bilan muborakbod etamiz.

Har bir kuningiz xayrli va omadli bo‘lsin deya professor-o‘qituvchilarimizga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida olib borayotgan ishingizda yuksalik, talaba yoshlarimizga ilm olishida qunt va sabot, ishchi xodimlarga esa ta’limga qo‘shayotgan hissangizdan qut-baraka topishingizni tilaymiz.

Seshanba, 17 Oktyabr 2023 17:15

Aziz talaba qizlar!

Universitetimizda “Xotin-qizlar orasida psixologik va xuquqiy maslahat kunlari” tashkil etildi.

Qabul kunlari: Har oyning juma kuni

Soat: 9:00 dan 18:00 gacha.

Xotin-qizlarimizning haq-huquqlari Yangilangan Konstitutsiyamizda

belgilab qo‘yilgan.

Seshanba, 17 Oktyabr 2023 16:07

Qozonlik mehmonlar tashrifi

Joriy yilning 17-oktabr kuni Qozon shahar turizmni rivojlantirish qo‘mitasi direktori Darya Sannikova boshchiligidagi delegatsiya a’zolari universitetimizga tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitetning Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov kutib oldi, tashrif doirasida Darya Sannikova va Qozon delegatsiyasi bilan ta’lim va turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.  Mehmonlar universitet kutubxonasi va mintaqamizning madaniy merosining boyligini namoyish etgan milliy liboslar galereyasini borib ko‘rdilar. Uchrashuvda turizm va turizm ta’limi sohasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish xususida kelishib olindi.

104 dan 123 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar