Joriy yilning 30-sentabr kuni viloyat musiqali drama teatrida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbirda viloyatda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatayotgan faol ustoz va murabbiylar viloyat hokimligining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. Ular orasida universitetimiz “Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi Sanjar Mardonovning ham borligi oliygohimiz jamoasini xursand qildi.
Jamoa nomidan universitetimiz Birinchi prorektori, prof J.Eltazarov ham Sanjar Mardonovni qizg‘in qutladi va u kishining ta’lim tarbiya berish yo‘lida olib borayotgan ishlariga omad yor bo‘lishini tiladi.
Joriy yilning 3-oktabr kuni Istanbuldagi Turkistonliklar jamiyati a’zolaridan iborat 40 nafardan ortiq sayohatchilar guruhi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov kutib oldi va ularni bugungi kunda oliygohdagi talabalarga ta’lim-tarbiya berish jarayonlari, turli adabiyotlarga boy bo‘lgan kutubxona, Turk Dunyosiga oid liboslar galeriyasi bilan yaqindan tanishtirdi.
Ma’lumki, keyingi yillarda O‘zbekiston bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yuqori sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
Turkiyada bugungi kunda zamonaning zayli bilan Anadoluga borib qolgan o‘zbeklarning bir million nafarga yaqin avlodlari yashaydilar. Bu insonlar o‘zlarining ota yurtini, bu yerlardagi qadimiy va go‘zal madaniyatini, ona tilini unutmaganlar.
“Ota yurt O‘zbekistonga tashrif buyurgan Istanbul Turkistonliklar jamiyati a’zolari ichida olimlar, san’atkorlar, muhandislar va vrachlar bor. Ular “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga qilgan tashriflaridan juda mamnunlar. Bu oliy ta’lim dargohida ta’lim jarayonlari, ta’limiy infrastruktura va muhtasham san’at asarlari galeriyasi bizni mamnun etdi. Ota yurtimizda shunday dunyo standartlari darajasidagi To‘rizm universiteti mavjudligidan behad xursandmiz”, dedi Istanbul Turkistonliklar jamiyati raisi Akbar Yassaviy.
Istanbuldagi Turkistonliklardan iborat turistlar guruhining o‘lkamiz bo‘ylab sayohati davom etmoqda.
Joriy yilning 29-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami keng nishonlandi. Tadbirda bayram dasturxoni yozilib, unga oliygohimiz professor-o‘qituvchilari taklif qilindi va bir guruh fidoyi professor-o‘qituvchilarga rahbariyat tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son farmoni, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2023-yil 26-iyuldagi 56-son bayoni va 7-sentabrdagi 160-son bayoni ijrosini ta’minlash hamda universitetimizda tahsil olayotgan ona tili o‘zbek tili bo‘lmagan xorijlik talaba-yoshlarning o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishini orttirish maqsadida 2023-yil sentabr oyida universitetimizda tahsil olayotgan ona tili o‘zbek tili bo‘lmagan xorijlik talaba-yoshlari oʻrtasida “Oʻzbek tili – qalbim tarjimoni” mavzusida respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi.
Ko‘rik-tanlovning oliy ta’lim muassasasi bosqichida ishtirokchilar o‘zi haqida 3-5 daqiqalik tanishtiruv videolavhasi tayyorlash va O‘zbekiston tarixi, madaniyati, o‘zbek xalqi qadriyatlari, ijtimoiy hayotiga oid mavzularda esse yozish shartlari bo‘yicha bellashishdi.
Ko‘rik-tanlovning yakuniy natijasiga ko‘ra, universitetning Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha) magistratura bosqichi magistranti Farishta Qayumiy tanlovning mutlaq g‘olibi deb topildi va respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
Joriy yilning 28-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan kengash qoshidagi “Qizlarjon” klubi va “Lider qizlar” klublari faollarining birinchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda “Qizlarjon” klubining rahbari “Turizm menejmenti” fakulteti boshlig‘i R.Toshniyozova tomonidan klub nizomi va ushbu o‘quv yilida amalga oshiriladigan ishlar rejasi bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Shuningdek, klubda tashkil etilgan hamda rejalashtirilgan to‘garaklar haqida to‘liq ma’lumotlar berilib, ushbu to‘garaklarga talaba-qizlarni jalb qilish masalalari bo‘yicha kerakli topshiriqlar berildi. Yig‘ilishda klub sardori tomonidan yangi loyihalar va startaplar uchun innovatsion g‘oyalar taqdimotini tashkil etish bo‘yicha e‘lon berildi.
Davra suhbati o‘zaro fikr-mulohazalarga boy bo‘lish birga, keyingi rejalarni, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish haqida suhbatlashishdi. Ishtirokchilarga sovg‘alar taqdim etildi. Uchrashuv yakunida qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Joriy yilning 29-sentabr kuni Samarqand shahridagi Cambridge international nodavlat maktabi o‘quvchilari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan yaqindan tanishish maqsadida kelishdi. O‘quvchilar oliygohning turizm laboratoriya xonalari, o‘quv auditoriyalari hamda kutubxonasi va sport zali bilan yaqindan tanishdi. O‘quvchilarning universitetimiz hayoti bilan tanishishi ularning oliygohimizga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Joriy yilning 20-27 sentyabr kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Besh tashabbus” va “Talabalar ligasi” dasturlari doirasida universitetning birinchi bosqich talabalari ishtirokida sportning voleybol, futbol, stol tennisi, shaxmat kabi turlari boʻyicha ommaviy sport tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda talaba yoshlar jamoalarga bo‘lingan holda o‘zaro bellashayapti. Sport tadbirlari davom etmoqda.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi bilan 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasida fidokorona faoliyat yuritib, yoshlarning sifatli taʼlim olishi va kasb-hunar egallashida oʻzining samarali mehnati bilan namuna boʻlayotgan, tizim rivoji uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan bir guruh soha fidoyilari “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Ular orasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi Zakirova Dilnoza Sharifovna ham bor.
Universitetimiz jamoasi ham Zakirova Dilnoza Sharifovnani ushbu muvaffaqiyat bilan chin yurakdan qutlab, u kishining kelgusidagi ishlarida omad yor bo‘lishini tilaydi.
Joriy yilning 28-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi va “Tarix va madaniy meros” kafedrasi hamkorligida “Xon atlas” festivali o‘tkazildi.
Azaldan atlas, adras matolari xalqimiz madaniyati ko‘zgusi, milliyligi belgisi bo‘lib kelgan. Ulardan tikilgan zamonaviylik hamda milliylik uyg‘unlashgan bejirim kiyimlar esa hatto xorijliklar diqqatini tortmoqda. Universitetimiz talaba-qizlari uchun bunday festivallarni tashkil etish an’anaga aylangan. Darhaqiqat bu kabi madaniy merosimiz mahsulotlari, ularning tarixi va buguni haqidagi bilimlar talaba yoshlarda mehr, g‘urur, iftixor tuyg‘usini o‘yg‘otish bilan birga, ularni asrab-avaylash, an’anani davom ettirish istagini shakllantirishi shubhasizdir.
2023-yilning 20-sentabr kuni Samarqand Konsert zalida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro univesiteti o‘qituvchilari hamda talabalari uchun “Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida universitet professori K.Mustaev rahbarligidagi “Musiqa to’garagi” jamoasi hamda Moskvadan taklif etilgan san’atkorlar bilan hamkorlikda “ Jazz-blyuz jam” konserti tashkil qilinib unda bir biridan ajoyib taronalar ijro etildi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz