“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro univesitetida “Uch avlod uchrashuvi” va “Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 19-sentabr kuni, universitet talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi va “Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida o‘tkazilgan “Uch avlod uchrashuvi”da mehnat faxriylari Nasiba Farmonova, Oydinoy Kobulova, Esanboy Normatov va yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olgan mehmonlar, nuroniylar Vatanimiz ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotidagi, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tafakkuridagi o‘zgarishlar, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida olib borilayotgan ishlar, shuningdek ana shu jarayonlarda fidoyilik bilan mehnat qilayotgan zamonamiz qahramonlari haqida gapirdi.
Kelajagimiz egalari yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, bilimdon yoshlarni tarbiyalash, ularning qalbida ona Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimiz, istiqlol g‘oyalariga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash muhimligi alohida qayd etildi.
Joriy yilnig 10-14 sentabr kunlari Bishkek shahrida “MDH Ijodiy va ilmiy ziyolilari“ xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro forum yig‘ilishida, universitietimizning Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova ishtirok etdi. Quvonarlisi, oliygohimiz bo‘lim boshlig‘i N.Abduvaxidova ushbu forumda 2024-yilda Samarqand shahriga “Hamdo‘stlik Madaniyat poytaxti”, Toshkent shahriga “Hamdo‘stlik Yoshlar poytaxti” maqomi berilgani mavzusida ma’ruza qildi va taqdimot o‘tkazdi.
Forumda bugungi kunda O‘zbekistonda madaniy-ma’rifiy sohadagi yangilanishlar, yoshlarga ko‘rsatilayotgan ulkan e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar yaratish borasida olib borilayotgan islohatlar xaqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Joriy yilning 18-sentabr kuni universitetimizda bo‘lib o‘tayotgan “ORIENTATION DAYS” tadbirlari doirasida oliygohning xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarga berilayotgan ko‘plab imtiyozlar haqida tushunchalar berilishi bilan birga, “Xotin-qizlar va bolalar huquqlarining qonuniy kafolatlari”, “Xotin-qizlarga nisbatan taziyq va zo‘ravonlikni oldini olish” kabi mavzularida ma’ruza qildi.
Shuningdek tadbirda universitet xotin-qizlar kengash qoshida tashkil qilingan “Lider qizlar” klubi qizlari 1-bosqich talabalariga o‘zlarining taklif va tavsiyalarini berishdi. Shuni alohida qayd etish kerakki, ushbu o‘quv yiliga qabul qilingan talabalarning asosiy qismini qizlar tashkil qiladi. Shundan kelib chiqib oliygohimizning xotin-qizlar kengashi va uning qoshidagi “Lider qizlar” klubi a’zolariga ham qator vazifalar yuklanadi.
Joriy yilning 18-sentabr kuni Xitoy davlatining Shandun provinsiyasi partiya komiteti tomonidan Samarqand viloyat hokimligiga berilgan 9 tomdan iborat noyob qo‘lyozma nusxalaridan iborat kitoblar to‘plami universitetimiz kutubxonasiga topshirildi. Ushbu noyob manbalarni viloyat hokimi Erkinjon Turdimov nomidan viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov topshirdi. Kitoblarni universitetimiz Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov qabul qilib, ushbu qimmatli manbalar oliygohimiz professor-o‘qituvchilari hamda talabalar uchun zarur bilim manbai bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi va viloyat hokimiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
2023-yilning 7-oktabr kuni soat 10:30da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining katta anjumanlar zalida universitet huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti Xolbayev Shaxriyor Abdullayevichninging 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Turizm sohasida iqtisodiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.
Joriy yilning 18-sentabr kuni universitetimizda bo‘lib o‘tayotgan “ORIENTATION DAYS” tadbirlari doirasida oliygohning Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova 1-bosqich talabalariga “Odob-axloq kodeksi”, kiyinish qoidalari va madaniyati bo‘yicha to‘laqonli ma’lumotlar berib o‘tdi. Bundan tashqari mas’ul universitet xalqaro oliygoh sifatida faoliyat olib borayotganligi, ushbu ta’lim maskanida har bir talaba o‘z madaniyati bilan milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlashi lozimligi xususida gapirdi va yoshlarimiz universitetda kiyinish, tashqi ko‘rinish va yaxshi xulq-atvorga ega bo‘lgan holda odob-axloq tamoyillariga amal qilishi va ta’lim jarayonlarida faol ishtirok etishini ta’kidladi.
Joriy yilning 12-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti magistranti va xodimi Nigora Asadova Xitoy davlati poytaxti Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan “Xitoy-Markaziy Osiyo”-2023 inson huquqlarini rivojlantirish forumida ishtirok etdi. Ushbu forumda Markaziy Osiyo va Xitoyda inson huquqlari va hamkorlik sohasidagi yetakchi ekspert va faollar ishtirok etishdi. Ahamiyatlisi, universitetimiz magistranti Nigora Asadova mamlakatimizda inson huquqlarini yuksaltirish, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning yanada mustahkamlanishi haqidagi ma’ruzasi forum ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi va o‘zaro fikr almashishga xizmat qildi.
Forum doirasida Nigora Asadova 7-11-sentabr kunlari Xitoyning Chongqing shahrida inson huquqlari bo‘yicha mahalliy mutaxassislar va faollar bilan o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lish bilan birga, ushbu sohadagi ko‘plab madaniy-ma’rifiy tashabbuslar bilan tanishdi.
“Bu kabi yirik anjumanlar biz yoshlarni inson huquqlarini rivojlantirish sohasidagi bilimlarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi”-deydi universitetimiz xodimi Nigora Asadova.
Yangi o‘quv yili oldidan oliygohimizdagi barcha kafedralar, dekan va bo‘lim boshliqlari yangi o‘quv yiliga zarur bo‘ladigan tayyorgarlik ishlarini olib borishdi. Oliygohimizda “Orientation week” ya’ni tanishuv haftaligi uyushqoqlik bilan tashkil qilinib, uning doirasida ko‘plab ilmiy, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilindi.
Yangi o‘quv yili ochilish marosimida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov so‘z olib, barcha yoshlarni talabalik baxtiga muyassar bo‘lganligi bilan samimiy tabrikladi va o‘quv yilini rasman ochiq deb e’lon qildi.
Shuningdek tadbirda oliygohning o‘quv masalalari bo‘yicha prorektor prof. J.Hoffman, хorijiy o‘qituvchilardan R.Darius, Nargiz Nurulla va boshqalar ham yangi o‘quv yilida amalga oshiriladigan o‘quv jarayonlari xususida gapirdi.
2023-yil 31-avgust kuni Osiyoda hamkorlik va ishonch boʻyicha kengash Kotibiyatining faol koʻmagida Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin shahrida CICA-2023 Yoshlar taraqqiyoti forumi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur forumda Turizm menejmenti kafedrasi o‘qituvchisi Sanjar Mardonov onlayn tarzda faol qatnashib, o'z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Forumda mazmunli taqdimot nutqi hamda faol ishtirok etganligi hamda mazkur loyihani qo'llab-quvvatlaganligi uchun S.Mardonovga tashkilotchilar nomidan minnatdorchilik maktubi yuborildi. Tashakkurnoma xatida universitetimiz bilan turli shakl va sektorlarda yaqinroq aloqa va hamkorlik qilish istagi bildirilgan.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz