“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Sport klubi qoshida maktab o‘quvchilarini stol tennisi turi bo‘yicha o‘z iste’dodlarini yuzaga chiqarish, ular orasidan sport sohasida alohida iqtidor egalarini saralab olish maqsadida shaxmat, stol tennisi va suzish sport turlari bo‘yicha haftada 2 marta mashg‘ulotlar tashkil etilgan.
Ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun shahrimizdagi barcha maktab o‘quvchilarini taklif etamiz. Mashg‘ulotlarni yuqori malakali sport murabbiylari olib borishadi. Imkoniyatni boy bermang! Mashg‘ulotlar bepul amalga oshiriladi!
Mashg‘ulotlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan maktab o‘quvchilari ushbu raqamga +99890224-02-22 qo‘ng‘iroq qilishi va mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin!
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Sport klubi qoshida maktab o‘quvchilarini shaxmat, stol tennisi va suzish sport turlari bo‘yicha o‘z iste’dodlarini yuzaga chiqarish, ular orasidan sport sohasida alohida iqtidor egalarini saralab olish maqsadida shaxmat sport turi bo‘yicha haftada 2 marta mashg‘ulotlar tashkil etilgan.
Ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun shahrimizdagi barcha maktab o‘quvchilarini taklif etamiz. Mashg‘ulotlarni yuqori malakali sport murabbiylari olib borishadi. Imkoniyatni boy bermang! Mashg‘ulotlar bepul amalga oshiriladi!
Mashg‘ulotlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan maktab o‘quvchilari ushbu raqamga +99890224-02-22 qo‘ng‘iroq qilishi va mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin!
“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mas'ul xodimlari va tyutori D.Xusanova tomonidan TTJ da istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoitlari ko'zdan kechirildi. Sovuq havo kuzatilayotganligi tufayli, talabalarga gazpechlar hamda isitish tizimlaridan oqilona va to'g'ri foydalanish to'g'risida tushunchalar berildi.
Tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchilik va stajyor-tadqiqotchilikka qabul qilish bo'yicha 2023-yil uchun imtihon dasturlari
2022-yil 11-noyabr kuni 15-00da “Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar farovonligini ta’minlashning strategik modellari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi
2022 yil 24 noyabrdan 26 noyabrgacha V.G. nomidagi Qozon innovasion universitetida Timiryasov, “SAMARALI BOSHQARUV TIZIMLARI: BEQAROR SHAROITLARDA BARQAROR SIFAT ” mavzusidagi X Xalqaro ilmiy-amaliy yubiley forumi bo‘lib o‘tadi. Forum Rossiya biznes ta’limi assosiasiyasi (RABO), Osiyo universitetlari assosiasiyasi, Butunrossiya sifat tashkiloti va Kama innovasion ishlab chiqarish klasteri Innokam tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Forum xalqaro tadbir bo‘lib, beqarorlik sharoitida jamiyat barqaror rivojlanishining dolzarb masalalarini, samarali boshqaruv tizimlarini joriy etishning amaliy masalalarini, inqirozga qarshi choralar va zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo‘llashni, tashkilotlar va hududlarning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida yopiq-siklli iqtisodiyot rivojlanish tamoyillarini muhokama qilish uchun yaratilgan innovasion tarmoqlararo platformadir.
MUHOKAMA UCHUN MASALALAR:
O‘zgaruvchan xalqaro kontekstda ta’limni rivojlantirish ssenariylari;
Mintaqaviy rivojlanish - beqarorlik sharoitida harakat qilish;
Yangi haqiqatlarda sifat. Sharqqa nigohni qaratish;
Raqamli sanoat 4.0;
Inqirozga qarshi yechimlar: aylanma iqtisodiyot va tejamkor ishlab chiqarish;
Eng yaxshi rus va xorijiy tajribalar 2021/2022;
Xafvlarni boshqarish va biznesni barqaror rivojlantirish;
Mehnatni muhofaza qilish - asosiy o‘zgarishlar;
Zamonaviy voqelikda texnik tartibga solish va standartlashtirish;
Tibbiy faoliyatning sifati va xavfsizligini boshqarish;
Mehmondo‘stlik sanoati - yangi imkoniyatlar;
Madaniyatdagi sifat va innovasiyalar.
Forum bo‘lib o‘tish sanasi: 2022 yil 24-26 noyabr
Forum bo‘lib o‘tish formati – GIBRID (ONLAYN va OFFLAYN) KO‘RINISHDA
Forum ishida ma’ruzachi va ishtirokchi sifatida sanoat korxonalari, ilmiy, ta’lim va tibbiyot tashkilotlari, ijtimoiy-madaniy soha muassasalari rahbarlari va mutaxassislari taklif etiladi.
Forumda ishtirok etish bepul.
Arizalar 2022-yil 11-noyabrgacha qabul qilinadi.
Elektron pochta orqali: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Konferensiyada ishtirok etish bo‘yicha barcha savollar bo‘yicha tashkiliy qo‘mita bilan bog‘lanishingiz mumkin:
- Dmitriyeva Gulnaz Rafisovna, MNIPI ijrochi direktori +79053146081
- Hadiyeva Alsu Talgatovna, STI boshlig‘i +79872063753
- Muxametxanova Nelya Ildusovna, IBOiST direktori +79033431478
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy Markazi tomonidan “Inson huquqlari sohasidagi ta’lim va tadqiqotlar” mavzusidagi respublika tanlovi e’lon qilindi.
Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
Ishtirok etish uchun tanlov materiallarini 2022-yil 10-noyabrdan kechiktirmasdan Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga jo‘natish so‘raladi.
G‘oliblar 10-dekabr – Xalqaro inson huquqlari kunida e’lon qilinadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanadi.
Faxriy mehmonni birinchi prorektor J.Eltazarov kutib oldi.
Tashkillashtirilgan ekskursiya davomida Bratislava Universiteti jamoasi noyob smart-kampus va universitetning innovatsion kutubxonasi bilan tanishdi. O‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan boshqaruv modeli va ilg‘or texnologiyalar, shuningdek, Buyuk Ipak yo‘lining tarixini aks etgan galereyalar va universitet kutubxonasi mehmonda katta taassurot qoldirdi.
Tashrif davomida universitetlar aro hamkorlik masalalari ko’rib chiqildi, markazlar hamda ilmiy laboratoriyalarning ochilishi va yangi ta’lim dasturlari haqida suhbat olib borildi.
Qo‘ziboev Boxodir Azzamboy o‘g‘lining “Hududlarda inklyuziv turizmni samarali rivojlantirishning istiqbollari” mavzusidagi 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli ilmiy kengashning 2022 yil «26» noyabr kuni soat 10:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Samarqand shahri, Universitet hiyoboni, 17-uy. «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti. Tel: (998 90) 213-89-07; Faks:(998 66) 240-67-68, e-mail: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра., Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра..
Самарқанддаги «Ипак йўли» халқаро туризм ва маданий мерос университети талабалари Ёшлар туризм ассоциациясини ташкил этиш ташаббуси билан чиқишди. Бугун университет биносида ушбу ташаббус тақдимоти ўтказилди.
Ассоциация ёшлар ўртасида туризмни тарғиб қилиш, қизиқарли йўналишлар билан таништириш ва ҳамёнбоп хизмат турларини таклиф этиш билан машғул бўлади.
Ассоциациянинг ижтимоий тармоқларда саҳифалари мавжуд бўлади ва диққатга сазовор жойлар билан таништириб борилади.
Эътиборли томони, ташаббускор ёшлар юртимизнинг туристик потенциалини халқаро майдонда тарғиб этиб боришни мақсад қилган.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz